2 Freym mundarijalari
Xar qanday freym quyidagi nom va mundarijalardan tashkil topadi:
1.Freym nomi. Bu freymga aloqador identifikatordir. Freym berilgan freym sistemasida unikal nomga ega bo‘lishi kerak.
2. Slot nomi. Bu slotga aloqador identifikatordir. Slot o‘zi tegishli bo‘lgan freymda unikal nomga ega bo‘lishi kerak.
Odatda slot nomi xech qanday yuklash ma’nolarini olib kelmaydi va berilgan slotning identifikatoridir, lekin ba’zi xollarda u maxsus ma’noga ega. Bu nomdagilarga strukturalashgan ob’ektlarni tasvirlash uchun ishlatiladigan IK-A, DDEKENDANTA, FINEDBY, COMMENT va xokazalarni kiritish mumkin. Bu slotlar sistemali deyiladi va bilimlar bazasini taxrirlash va chiqarishni boshqarishda ishlatiladi
3 Meros ko‘rsatkichi. Bu ko‘rsatkichlar faqat “abstrakt-konkret” muomalasiga asoslangan ieararxik tipdagi freym sistemalarga tegishlidir, ular past darajadagi xuddi shunday nomli freymlarga ega bo‘lgan yuqori darajadagi freymdagi slot atributlari xaqidagi qandaydir informatsiyani ko‘rsatadi. Tipik meros ko‘rsatkichlari: Unique(U:- unikal ), Kame (K:- xuddi shunday), Range (R:- chegarani o‘rnatish), Override (O:- e’tiborga olmaslik ) va xokazo. U freymning xar xil qiymatli slotga ega bo‘lish mumkinligini ko‘rsatadi, K – xamma slotlar bir xil qiymatga ega, R – quyi darajali freym slotining qiymati, yuqori darajadagi freym slotining qiymatilari bilan ko‘rsatilgan oraliqda bo‘lish kerak, O – yuqori darajadagi freym slotining qiymati ko‘rsatilmaganda past darajadagi freym slotining qiymatini qo‘yish, lekin pastki darajadagi freym slotining yangi qiymati aniqlanganida slot qiymatining sifatini ko‘rsatadi.
4. Ma’lumotlar tipi ko‘rsatkichi slotning son qiymatiga egaligini ko‘rsatadi yoki boshqa freymga ko‘rsatkich bo‘lib xizmat qiladi. Ma’lumotlar tipiga quyidagilar kiradi:
FRAME(ko‘rsatkich), INTEGER(butun), REAL (xaqiqiy), BOOL (bul toifa), LIKT(bolangan protsedura), TEXT(matn), LIKT(ruyxat), TABLE(jadval), EXRREKKION (ibora) va boshqalar.
5. Slot qiymati. Slot qiymatini kiritish punkti. Slotning qiymati bu slot ma’lumotining ko‘rsatilgan toifasi bilan ustma-ust tushishi kerak, bundan tashqari shajara shartlarini bajarishi kerak.
6. Demon. Bu yerda IF-NEEDED, IF-ADDED, IF-REMOVED va xokazo demon tiplarini aniqlashni beradi. Demon deb, bir qancha shartlarni bajarganda avtomatik yuklanadigan protseduraga aytiladi. Demonlar mos slotlarga murojaatda yuklanadi. Bundan tashqari demon boglangan protseduralarning turli xilligidir.
7. Bog’langan protseduralar. Slotning qiymati sifatida protsedura tipidagi programmani ishlatish mumkin. Freym qiymatlarini ko‘rsatish modelida protsedurali va deklarativ qiymatlar birlashadi deganimizda demonlar va boglangan protseduralarni protsedura qiymatlar deb hisoblaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |