Intellektual tizim (IT) - bu dasturiy ta’minotga ega bo'lgan texnikaviy qurilma (kompyuter) bo'lib, tashqi holat va ta’sirlarga qarab o‘z parametrlarini sozlab, masalani yechish qobiliyatiga ega bo‘lgan qurilma hisoblanadi.
Sun’iy intelekt (SI) – bu dasturiy muhitning shunday tizimiki, unda inson tafakkuri kompyuter jarayoniga imitatsiyalangan. Sun’iy intelekt atamasi 1956-yilda Stanford universiteti tomonidan taklif qilingan. Sun’iy intelekt tizimi rivojlanishining quyidagi bosqichlarini ko‘rib chiqishimiz mumkin:
XX asrning 70 yillari masalalarni yechish metodlarini izlash va ularni universal dasturlarni qurishda foydalanish bilan xarakterlanadi.
XX asrning 80 yillari axborotlarni tasavvur qilishning umumiy metodlarini izlashga va ularni maxsus dasturlarga qo‘llash usullarini qidirish bilan xarakterlanadi.
XX asrning 90 yillari bir qancha fan sohalari bo‘yicha maxsus dasturlarni yaratish uchun katta hajmli yuqori sifatli maxsus bilimlarni qo‘llanishi bilan xarakterlanadi.
XX asrning 90-yillari boshlarida butunlay yangi konsepsiya qabul qilindi. Intelektual dasturni tuzish uchun, izlanish fan sohasining yuqori sifatli maxsus bilimlari bilan ta’minlash kerak. Shuning uchun loyihalashtirilayotgan Sun’iy intelekt tizimi yuqori bosqisdagi bilimlari bazasiga ega bo‘lishi kerak. Hozirgi vaqtda eng ko‘p tarqalgan konsepsiya bu ekspert tizimlarini (ET) loyihalashtirishdir.
Ta’rif. Ma’lum fan sohasidagi Sun’iy intelekt tizimi ekspert deb ataladi.
Ekspert tizim – bu aniq fan sohasidagi mutaxassislarning bilimlarini to‘plovchi va kam ixtisoslashgan foydalanuvchilarga konsultatsiya uchun empirik tajribasini tirajlashtirvchi (nusxalovchi) murakkab dasturlar kompleksi.
Ekspert tizim uchun bilimlarni qabul qilishda shu fan sohasidagi ekspertlar xizmat qiladi.
Ekspert tizimlarning asosiy xususiyatlari: Ekspert tizim masalani yechish uchun yuqori sifatli tajriba va bilimni qabul qiladi;
Ekspert tizimdagi bilimlar doim to‘planib va yangilanib boriladi;
Ekspert tizim oldindan aytib berish qobilyatiga ega bo‘ladi.
Ekspert tizim ishchilarga va mutaxassislarga o‘quv qo‘llanmasi sifatida foydalanilishi mumkin.
Ekspert tzimini loyihalashda va ishlab chiqish jarayonida quyidagi qatnashuvchilarni aytib o‘tish mumkin:
Ekspert tizimni loyihalash instrumental muhitini ishlab chiquvchilar;
Ekspert tizimni yaratishdagi instrumental muhit;
Ekspert tizimning o‘zi;
Ekspert;
Bilimlar injeneri va bilimlar bazasi administratori;
Foydalanuvchi.
Instrumental muhit - Ekspert tizimining dasturlash tili va uni qo‘llab quvvatlovchi muhit (u orqali foydalanuvchi ekspert tizim bilan o‘zaro ta’sirlashadi) dan iborat.