Rossiyada gulday qizlarni
Tutqunlikda saqlamas erlar.
Sarmast etar bo'sa bizlarni
Bexanjar-u bemakr-u bezar.
Bu tong yuzli dildor qoshimda
Bir bor xirom etsa noz bilan,
Shohi ro'mol solgum boshiga,
Yo‘llariga sheroziy gilam.
Mezbon,
choy quy menga lolagun,
Shoir senga so‘ylamas yolg‘on.
Ehtiyot bo‘l o‘zingga bugun,
So‘ngra mendan qilmagin gumon.
Eshikka ko‘p qarayberma san,
Gulbog'ingga, baribir, yo‘l bor...
Oqshom menga niqob ostidan
Ohu ko‘zin suzdi gulruxsor.
She’r yetti banddan tashkil topgan. Bu xuddi aksar g‘azallar
yetti baytli bo‘lishini eslatadi. Chunki bu ham Sergey Yeseninning
«Fors taronalari» turkumidan.
Mavzu ham o‘sha-o‘sha — rus yigitining Eron go‘zaliga sevgisi
kuylanadi. Buni ocliiq bildirish uchun
«Tehron», «sheroziy gilam»,
«Rossiya», «rus»
so‘zlari maxsus qo‘llanadi. Bundan tashqari, she’r
mazmunida Eron bilan Rossiyada ayollarga munosabat masalasidagi
farqlar aytib o‘tiladi ham.
Satrlardagi
«choyxona», «choy», «tong
yuzli dildor», «shohi ro'mol», «ohu k o ‘z», «lolagun»
so‘z-timsol-
lari ham Sharqni eslatib turadi.
Birinchi bandda oshiq ko‘ngildan dog‘lar ketgani, mast vasvasa
bezovta qilmayotganiga sabab ko‘rsatiladi: u choyxonada Tehron
gulidan darmon topgan. Bu yerda gul sevikli yorni ifodalab kelgan.
Ikkinchi bandda choyxona atroflicha tasvirlanadi. Choyxonachi
rus choyimga qoyil qolsin deb unga o‘tkir aroq, may o‘rniga ham
achchiq-achchiq choy tutadi.
Uchinchi bandda
«gullar»
timsoli
yana tilga olinadi-da, endi
buning zamirida nima ko‘zda tutilayotgani oslikor etiladi — oqshom
niqob ostidan bir gulruxsor ohu ko‘zini suzgan!
Shu niqob ajnabiy lirik qahramonni qiyosga chorlaydi. Rossiya
bunday emas, erlar gulday qizlarni tutqunlikda saqlamaydi, ya’ni
niqobga o‘ramaydi, bizlami bo‘sa xanjarsiz, makrsiz, zar-zevarsiz
mast etadi...
Lekin lirik qahramon ishqining zo‘ridan o‘z yurtidagi qoidalardan
voz kecliib, bu yeming talablariga ko‘nmoqchi. Mayli, deydi u, agar
bu tong yuzli dildor noz bilan qoshimda bir bor xirom etsa, bosliiga
sholii ro‘mol solib, yo‘llariga Sheroz gilamlaridan to ‘shar edim...
Choyxonachi esdan cliiqqan emas.
Keyingi band bevosita unga
«mezbon»
deb murojaat qilishdan boshlanadi. Lolagun choy quy,
shoir senga yolg‘on gapirmaydi, faqat o‘zingga ehtiyot bo‘l-da,
keyin mendan gumon qilib yurma, deydi.
Xo‘sh, bu bilan nima demoqchi? Aytmoqchiki, eshikka ko‘p
qarayverma, baribir, gulbog‘ingga yo‘l bor, chunki gulruxsor ko‘z
suzgan.
She’r uchinchi band oxiridagi ikki misra takrori bilan tugaydi:
Oqshom menga niqob ostidan
Ohu ko‘zin suzdi gulruxsor.
Bu she’r lirikaning eng yuksak talablariga javob beradi. Holat,
manzara, makon va zamon bor. Ularning bari lirik qahramon his-
tuyg‘usi, tasawuroti,
kayfiyati, ruhidagi o‘zgarislilar, uning istagi
va niyatiga yetish ilinji orqali ifodalanadi.
Satrlar mag‘ziga ijtimoiylik ham singdirilgan. Bu Sharq va G ‘arb
qiyosi, xotin-qizlarga munosabatning, ayollar erkining turlichaligini
solishtirish orqali aks etgan. Shular zamirida umuminsoniylik ham
bor. Shoiming g‘oyasiga ko‘ra, sevgi-muhabbat uchun bu tafovutlar
to ‘siq bo‘lolmaydi. Axir, bu — dil mulki, ko‘ngilning ishi.
Do'stlaringiz bilan baham: