Sultonmurod Olim, Sunnat Ahmedov, Rahmon Qo‘chqorov



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/134
Sana14.07.2022
Hajmi5,53 Mb.
#797747
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   134
Savol va topshiriqlar
1. G ‘azal hajmi va mavzusi, ulardagi an ’anaviylik va o‘ziga xoslik 
haqida so‘zlab bering.
2. Lirik qahramon ishqqa mubtalo bo‘lganini nimaga to ‘nkayapti va 
bunga sabab nima?
3. Asar vazni, qofiyasi va radifini tahlil qilib bering.
4. G ‘azal baytlarini ketma-ketlikka amal qilgan holda sharhlang.
5. Bu g‘azalning keyingi shuhrati haqida nimalar deya olasiz?
6. G ‘azalni yodlang.
«AYOQINGG‘A TUSHAR HAR LAHZA G ISU...» G‘AZALI
Ayoqingg‘a tushar har lahza gisu,
Masaldurkim:1 «Charog‘ tubi qorong‘u».
Tuturmen ko‘zki, ko'rsam orazingni, —
Ki derlar: «Oqqan ariqqa oqar su(v)».
Yuzungni tuttum ortuq o-yu kundin,
«Kishining ko'zidur, ore, tarozu».
Ko‘zing qonimdin iymanmas, ajabtur, —
Ki: «Qo‘rqar, qaydakim qon ko‘rsa, hindu».
1 Masai —
maqol.


Tilar vaslingni Lutfiy, qil ijobat, —
Ki ayturlar: «Tiloganni — tilogu».
Lutfiy — yozma adabiyot vakili. Biroq so‘z san’ati tarixidan 
yaxslii bilamizki, dastlab og‘zaki adabiyot yuzaga kelgan. Yozma 
adabiyot ana shu folklor zaminida paydo bo‘lgan. Shuning uchun 
o‘zbek mumtoz she’riyati taraqqiyotini xalq og‘zaki ijodi ta ’siridan 
ayri tasavvur qilish aslo mumkin emas.
0 ‘qiganingiz g‘azal buning yorqin bir isboti yanglig‘ jaranglaydi. 
Uni muallif tamoman o‘zbek xalq maqollari asosiga qurgan. Har 
bir baytda shoir bittadan maqol qo‘llaydi. Maqollar go‘yo baytlar 
birinchi misrasida aytilgan fikrga bir isbotdek keltiriladi. Shuning 
uchun barcha baytlaming ikkinclii satri maqol bilan tugaydi. 
Shundan ham bilib oldingizki, shoir beshta bir-biriga qofiyadosh 
so‘z bilan tugaydigan maqol topgan. Demak, g‘azal besh baytdan 
iborat ekan.
G ‘azal hazaji m usaddasi m ahzuf (yoki m aqsur), y a’ni 
«
mafoiylun—mcifoiylun—faulun
(yoki 
mafoiyl)»
vaznida (taqte’si: 
V --------/ V -------- / V ------) yozilgan.
M atla’ nihoyatda go‘zal, Lutfiyga xos lutf bilan qog‘ozga 
tushgan: har laliza socliing oyog‘ing ostiga tushadi, shuning uchun, 
maqolda aytilganidek
«Chirog‘ tubi qorong‘u».
Bu yerda yoming 
yuzi aytilmasdan turib oppoq nur taratib yonib turgan cliiroqqa 
qiyoslanyapti. Baytda keltirilgan maqol — juda mashhur. Biroq 
hozirgi zamonda shamcliiroq deyarli islilatilmagani uchun bu maqol 
kam qo‘llanadi. Holbuki, sham yoqilganda kuzating, rostdan ham 
uning tubiga nur tuslimaydi, shuning uchun u yer qorong‘i bo‘ladi.
Ikkinclii baytda lirik qahram on yorning yuzini (orazini) 
ko‘rishga ko‘z tutayotganini aytadi, axir, maqol bor-ku: 
«Oqqan
ariqqa oqar su(v)».
Bu maqol hozir ham ko‘p ishlatiladi. Faqat 
endi u 
«Oqqan daryo oqadi»
shaklini olgan.
Uchinchi baytda ham yuz tasviri izchil davom etadi. Shoir 
uni Oy bilan Quyoshdan ham ortiq deb ta ’riflaydi, chunki 
«Kishi-
ning ко ‘zi tarozi»
degan maqol bor-ku.
Shu tariqa to ‘rtinchi baytda tasvir yuzdan ko‘zga o‘tib oladi. 
Lirik qahramonning yor ko‘zi osliiq qonidan iymanmayotgani, 
ya’ni qo‘rqmayotganiga ajablanayotgani bejiz emas, axir: 
«Hindi
qayda qon k o ‘rsa, qo'rqadi»
degan maqol bor edi-ku! Bu yerda 
«ко
‘zing hindi»
deyilayotgani yo‘q, lekin ko‘z tasviri bilan maqolda 
«hindi»
so‘zi kelishi zimdan shuni yuzaga chiqazgan.


Lutfiyning dardi — yor vasliga yetish, sababi u 
«Tiloganni
tilogu» (« Tilagan kishi tilagiga у etadi»)
degan maqolga umid 
bog‘layapti.
Ko‘rinib turganidek, asarda boshdan-oxir irsoli masal san’ati- 
dan mahorat bilan foydalanilgan. Buning badiiy-tab’iy (badiiy- 
estetik) jozibasi bor. Bir qofiya tizimiga tushadigan shuncha ma- 
qolni topib, ularni ustalik bilan qo‘llashi shoirning yuksak maho- 
ratidan dalolat beradi.

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish