Sultonmurod Olim, Sunnat Ahmedov, Rahmon Qo‘chqorov



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/134
Sana14.07.2022
Hajmi5,53 Mb.
#797747
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   134
Savol va topshiriqlar
1. To‘ra Sulaymon taijimayi holiga oid muhim voqealami gapirib bering.
2. Maktabingiz kutubxonasida shoiming qaysi kitobi borligi bilan qiziqing. 
Undagi asarlami sinfdoshlaringiz bilan birgalashib mutolaa qiling.
3. To‘ra Sulaymonning xalqona ohanglarda yozuvchi ijodkor ekanini 
qaysi she’riari asosida isbotlasa bo‘ladi?
4. «Iltijo» she’riga nega bunday sarlavha qo‘yilgan?
5. Shoir bahoming o‘z bog‘idan ketmasligini nimaga bunchalar istaydi?
6. 
«Qirlarda lola sayli, qishlovlarda yilboshi»
qachon boshlanadi?
7. Nega «
o ‘langa oshiqligim» —
«
o ‘lmaslikka ishora»
deyilmoqda? Bu 
yerda qanday o lim to‘g‘risida gap boryapti?
8.
«Bog‘siz, bog‘bonsizyerda ne ham qilsin ezgulik...»
misrasini izohlashga 
harakat qiling. Bog‘ va bog‘bomiing ezgulikka hamroh ekanini qanday 
isbotlash mumkin?
9. 
«Yoz bo ‘yi qorga zorrnan, qishda bahorga zorman»
misrasida inson 
xarakterining qanday xususiyatiga ishora qilinyapti?
10. «Iltijo» she’ridan o‘zingiz tanlagan ikki bandni yod oling.


ARMON
Bobomning orzulari amalga oshmas bo'lsa,
Yurgan yo‘limda o‘lan, qo‘shiq qalashmas bo‘lsa,
Qo‘shiqlarim bog‘lardan, tog‘lardan oshmas bo'lsa,
El-yurt baxtini kuylash menga yarashmas bo‘lsa,
Ko‘nglimda armon yotar 
Cho'kib qolgan nor misol.
Bemavrid xeshlarimning ko‘zlarida yosh ko‘rsam,
Bir mard bilan nopokning taqdirin tutash ko‘rsam,
Qaysi bir begunolmi keng yo'lda adash ko‘rsam,
Bir betayin kimsaning oyog‘ida bosh ko‘rsam,
Ko'nglimda armon yotar 
Terskaydagfqor misol.
Aro yo'lda qolguday bo‘lsa biror yo'ldoshim,
Manzilga yetmay turib, qoqilsa qayg‘udoshim,
Muhtoj bo‘lsa kimgadir, jon ayamas qurdoshim,
Badkor degan nom olsa biror bir vatandoshim,
Ko‘nglimda armon yotar 
Ulab bo'lmas tor misol.
Gulzorni alaf bossa, zog‘ bossa bog'bon turib,
Muallaq qolsa kimdir, yer turib, osmon turib,
Bir gazanda toptasa tuproqni posbon turib,
Bir yo'rtoq yo‘l boshlasa, qudratli karvon turib,
Ko‘nglimda armon yotar 
Buzilgan ro‘zg‘or misol.
Tuyg‘u va tushunchalami har bir odam o‘zicha — o‘z darajasi, 
ehtiyojidan kelib cliiqib anglaydi, talqin qiladi. Masalan, kimningdir 
o‘zini baxtli liisoblaslii uchun unchalik ko‘p narsa kerak emas. 
Boshqalaming havasini keltiradigan hovli-joy, betashvish yashaslini 
ta’minlaydigan mol-dunyo bunday odamlar uchun baxt manbasi 
hisoblanadi. Boshqa bir odam uchun esa bu narsalaming bari — bor- 
yo‘g‘i qulay yashash sharoitidan boshqa narsa emas. Bunday insonlar 
baxt tushunchasiga juda katta ma’no yuklaydilar. Bu ma’naviy-ruliiy 
ehtiyojlar bilan bog‘liq bo‘lib, ulami qondirish oson keclimaydi.
\ Nor —
tuya.
~Terskay —
quyosh nuri tushmaydigan joy.


To‘ra Sulaymon lirik qahramoni bu his, bu tushunchaga juda 
jiddiy talab bilan yondashadi. Uning ko‘nglini hayotning mayda- 
chuyda ho-yu havaslari, o‘tkinclii manfaatlari amionga to ‘ldirol- 
maydi. Bu lirik qahramon o‘ziga hayotda nihoyatda katta talablar 
qo‘yadi. 0 ‘sha talablarga loyiq bo‘lolmaslik uni xavotirga soladi, 
cho‘chisa shundan cho‘chiydi.
She’ming har bir misrasida faqat lirik qaliramon taqdiriga emas, 
balki xalq va millat, kelajak va insoniyat taqdiriga daxldor muammo- 
lami lirik qaliramon o‘z muammolari deb bilishi ochila boradi.
Keling, shu katta armonga sabab b o ‘ladigan holatlarning 
ayrimlariga to ‘xtalaylik:
«El -yurt baxtini kuylash menga yarashmas bo ‘Isa...»
Shu birgina misrada bir necha m a’no nazarda tutilayotganiga 
e’tibor beraylik.
X o‘sh, shoirga el-yurt baxtini kuylash qachon yoki nega 
yarashmaydi?
— agar el-yurt aslida baxtsiz bo‘lsa-yu, uni «baxtli» deya kuylash— 
cliinakam shoirga yarashmaydi;
— agar o ‘zini shoirman deb yurgan odam el-yurt baxtini 
samimiy, ishonarli va ta’sirli kuylay olmasa — bu ham yarashiqsiz 
qiliqdir;
— agar shoir el-yurt baxtini kuylaslmi oddiy maddohlik deb 
o‘ylab, o‘ziga ep ko‘rmasa, bu — ijodkor samimiyatidan emas, 
balki takabburligidan nishonadir;
— agar shoir o‘z ijodida nuqul muammobozlik, hasrat bilan 
shug‘ullanib, baxt qo‘shiqlarini kuylashdan qolgan b o ‘lsa, bu 
zo‘rma-zo‘rakilik yaraslimasligi bilan darrov o‘zini oslikor qiladi...
Shu o‘rinda ijodiy jarayonning bir muhim sirini oshkor qilib 
ketish kerak. Gap shundaki, iste’dodli shoir har bir misraga falon 
qatlamli m a’no singdiraman, deya oldindan reja qilishi shart emas. 
Ilhom mahsuli bo‘lmish quyma misralar shoir ixtiyoridan ayri 
holda o‘zining ming bir jilvasi va ming bir m a’nosini bag‘riga jo 
qilib dunyoga keladi. (Cliinakam she’rning dunyoga kelishini 
bolaning tug‘ilishiga o‘xshatganlarini ko‘p esliitgansiz. Ona o‘z 
bag‘ridagi, hali o‘zi ham ko‘rmagan bolasining to ‘rt muchasi sog‘, 
barcha a’zolari mukammal tug‘ilishini alohida rejalashtirishi 
mumkin emas. She’r ham xuddi shunday!)
Endi mana bu misraga diqqat qilaylik: 
«Muallaq qolsa kimdir,
yer turib, osmon turib...»
Matndan olib qaraganda, «yer turib» tayanchsiz — muallaq 
qolishni tasawur qilish va qoralash mumkin. Zamindan oyog‘i
19 — Adabiyot, 8 - s i n f ___ ~
9 S Q


uzilgan — kibr zabtiga olib xalqdan uzoqlashgan, bosar-tusarini 
bilmay «ucliib yurgan» kimsalar aks ettirilgan bu holat hammaga 
tanish. Lekin nima uchun shoir «muallaq qolsa kimdir ... osmon 
turib» ham deydi? Axir osmonda tayanch nuqtasi yo‘q-ku! Nima, 
shoir hayot haqiqatiga zid boryaptimi? Mantiqsizlikka yo‘l qo‘yyap- 
timi?
Aslo!
Bu yerda gap boshqa yoqda. Awalo, inson o‘zini ko‘ldarga ko‘targan 
xalqning osmon qadar yuksak ishonchiga tayanislii, bu tayanch — 
ishonchni boy berib qo‘ymasligi lozim. Ikkinclii ma’no — ishora 
shuki, agar insonning im on-e’tiqodi mustahkam bo‘lsa, u har 
qancha yuksalib borsa-da, iymon tayanchini — Xudoni yoddan 
cliiqarmaydi. Unga suyanadi. Shoir, odam bolasi ikki dunyo orasida 
muallaq qolmaslikni istasa, Yerga — o‘zi singari odamlarga va 
Osmonga — o‘zini yaratgan qudratga suyanmog‘i lozimligini birgina 
misrada ifoda etadi.
Shunday qilib, yuqorida ta’kidlanganidek, «Armon» she’rining 
har bir misrasidan ruliiyatga oziq bo‘luvclii m a’nolami ko‘plab 
topish mumkin.

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish