Miloddan avvalgi 525-yili Eron qo`shinlari Pelusiya yonidagi bo`lgan jangda Misr qo`shinlarini tor-mor etganlar. Eron shohi Misrni istilo qilgan va o`ziga tobe qilib olgan. Shu vaqtdan boshlab Kalibiz 27- sulolaga asos solib o`zini ham Eron podshosi, ham Misr fir`avni deb e`lon qiladi. 28, 29 va 30-sulola vakillari misrliklardan bo`lgan.
Miloddan avvalgi 332-yili Misr Iskandar davlati tarkibiga kirib, Iskandar vafotidan keyin bu yerda Ptolemeylar davlati qaror topgan. Keyinchalik esa Misr Rim saltanati tarkibiga qo`shib olingan. Milodiy 395-yildan Misr Vizantiya ta`siriga tushib qolgan. Shu bilan Qadimgi Misr tarixi o`z nihoyasiga yetgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |