81
Jadval ko’rsatkichlaridan anglanganidek, ma’naviy-axloqiy sifatlar yuqori
darajada 26- sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchi o’smirlarining chorak qismi
(25, 3 foizi)da shakllangan bo’lsa, nazorat guruhlarida esa
mazkur sifatlarning past
darajada shakllanganligi jami respondentlarning yarmi (50,2 foizi) tomonidan
namoyish etilgan xatti-harakatlarda, ularning muomalalarida,
shuningdek,
atrofdagilarga bo’lgan munosabatlarida ko’zga tashlandi. Respondent-
tarbiyalanuvchilarda bilim olishga bo’lgan qiziqishning yuqoriligi, yurish-turishda,
xatti-harakatlari va atrofdagilar bilan muloqotga kirishishda axloq me’yorlariga
amal qila olishlari, muhtojlarga yordam ko’rsata olishlari, ta’lim muassasasi
jamoasi, shu
jumladan, tengdoshlari bilan samimiy munosabatda bo’la olishlari,
ijtimoiy-foydali mehnat jarayonida faol ishtirok etishlari, o’z dunyoqarashlarini
o’stirishga intilishlari, o’zgalarni hurmat qilishlari, tabiat boyliklari va ta’lim
muassasasi mulkini asrashga intilishlari, milliy istiqlol g’oyasi mohiyatini yetarli
darajada anglay olishlari hamda e’tiqodga ega ekanlik
kabi holatlarning namoyon
bo’lganligi ijobiydir.
Shunga ko’ra statistik tahlilning olti yo’nalishdan biri bo’yicha amalga
oshirish maqsadga muvofiqdir. Statistik tahlil uchun so’nggi – tarbiyalanuvchilarni
oilaviy hayot va oila xo’jaligini boshqarishga tayyorlash yo’nalishi bo’yicha qo’lga
kiritilgan natijalar qabul qilindi. Mazkur yo’nalish bo’yicha qayd etilgan
ko’rsatkichlar Stьyudent-Fisher metodi (kriteriysi)ga muvofiq statistik tahlil qilindi
[34].
Matematik nuqtai nazardan bu holatda natija X>Y ga teng bo’lishi
maqsadga
muvofiqdir. Metod mohiyatiga ko’ra bayon etilgan g’oyaga qarshi antig’oya
(teskari g’oya) ilgari surilishi kerak. “Mehribonlik” uylaridan tajriba guruhlariga
jalb etilgan tarbiyalanuvchilarda oilaviy hayot va oila xo’jaligini boshqarish
borasidagi nazariy bilim hamda amaliy ko’nikmalarning shakllanganlik darajasi
nazorat guruhlari respondentlariga teng, degan xulosa muqobil g’oya mazmunini
ifodalaydi. Bu holat matematik nuqtai nazardan bu holatda natija X=Y ga teng
bo’ladi.
82
Shunday qilib, ta’kidlovchi tajriba natijalariga ko’ra
Student-Fisher metodi
bo’yicha amalga oshirilgan tahlil mehribonlik uylari tarbiyalanuvchi o’smirlarida
ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllanirishga oid maxsus dastur bo’yicha olib
borilgan tajriba-sinov ishlarining samarali kechganligini tasdiqladi. [35]
Darsdan tashqari faoliyat jarayonida mehribonlik uyi tarbiyalanuvchi
o’smirlarni ma’naviy- axloqiy sifatlarini shakllantirish yuzasidan amalga oshirilgan
tajriba-sinov ishlarining natijalariga muvofiq darsdan tashqari faoliyat jarayonida
mehribonlik uyi tarbiyalanuvchi o’smirlarni ma’naviy- axloqiy sifatlarini
shakllanganligi borasida fikr to’la tasdiqlandi. Uning tasdiqlanishi mehribonlik uyi
tarbiyalanuvchi o’smirlarni ma’naviy- axloqiy sifatlarini shakllantirishda samarali
va muvaffaqiyatli shakllantirishga xizmat qilish ehtimoli ko’zda tutilgan
metodikaning pedagogik jihatdan to’g’ri asoslanganligini isbotladi va muammo
yuzasidan kerakli xulosalar va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Do'stlaringiz bilan baham: