Sug‘urta tashkiloti haqida tushuncha, ularning turlari Sug‘urta kompaniyasining tashkiliy tuzilishi


Sug‘urta kompaniyasining tashkiliy tuzili



Download 81,5 Kb.
bet2/4
Sana21.10.2022
Hajmi81,5 Kb.
#854886
1   2   3   4
Bog'liq
Sug\'urta kompaniyasining tashkiliy tuzilishi

Sug‘urta kompaniyasining tashkiliy tuzilishi

Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday mulkchilik shakllaridagi sug‘urta tashkilotlari o‘zining tashkiliy strukturasi, xodimlari mehnatiga haq to‘lash va rag‘batlantirish tartibini mustaqil belgilaydilar.


Rivojlangan dunyoning barcha sug‘urta kompaniyalari boshqarish usuli va faoliyat sohalari bo‘yicha tashkiliy strukturalarga bo‘linadi.
Jahonda «Hamkorlikka mos rahbarlik» deb nom olgan boshqarish (menejment) usuli keng tarqalgan. U quyidagi tamoyillarga tayanadi:

  1. Sug‘urta kompaniyasining qarori bir tomonlama, ya’ni yuqoridan, sug‘urta tashkiloti rahbariyatining o‘zi tomonidan qabul qilinmaydi.

  2. Sug‘urta kompaniyasining xodimlari faqatgina rahbariyatning topshiriqlarini bajaribgina qolmay, balki vakolat bilan o‘z harakat sohalari va rejalariga ham ega bo‘ladilar.

  3. Mas’uliyat sug‘urta kompaniyasi boshqaruvining faqat yuqori pog‘onasigagina tegishli emas. U faoliyat sohalari bo‘yicha boshqa xodimlar kompetensiyasining ham bir qismidir.

  4. Sug‘urta kompaniyasining rahbariyati faqatgina quyi instansiyalar qabul qilishi mumkin bo‘lmagan qarorlarnigina qabul qilish huquqiga ega.

  5. Menejment (boshqarish) strukturasining bosh tamoyili vakolat va javobgarliklarni yuqoridan quyigacha taqsimlanishi hisoblanadi.

Mazkur tamoyilning amalga oshirilishi quyidagilarni bildiradi:

  1. Sug‘urta kompaniyasining xodimiga ma’lum faoliyat sohasi topshiriladi. U mazkur soha chegarasida harakat qilish va mustaqil qaror qabul qilishga majbur hisoblanadi hamda bu uchun to‘liq javobgarlikni oladi.

  2. Tarkibiy bo‘linma (boshqarma, bo‘lim, sektor) rahbari jiddiy muammolar paydo bo‘lish holatidan boshqa hollarda o‘z qo‘l ostidagilar faoliyat sohasiga aralashish huquqiga ega emas. U asosan o‘z xodimlari ishi ustidan nazoratni amalga oshirishi zarur.

Boshqarishning bunday tashkiliy tuzilishida har bir xodim, u qanday darajada ishlayotganligidan qat’iy nazar, u faqatgina o‘z vakolatlari doirasida qilgan va qilmagan ishlarigagina javob beradi.
Xodimning xatosi uchun boshliq faqatgina o‘zining rahbarlik majburiyatlarini bajarmagan hollardagina javob beradi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, agar rahbar, birinchidan, xodimlarni yetarlicha o‘rganib tanlamaganda, ikkinchidan, xodim bilan tegishli instruktaj o‘tkazmagan bo‘lsa, uchinchidan, o‘z xodimlari harakatini nazorat qilmagan bo‘lsa, to‘rtinchidan, xodimni o‘z vaqtida tartibga chaqirmagan bo‘lsa.
Rahbarlik va harakat uchun mas’uliyatlarni aniq taqsimlanishi xatolik uchun kim javob berishini aniqlashda muhim omil hisoblanadi.
Barcha darajalardagi xodimlar faoliyatining tahlili sug‘urta kompaniyasining intelektual potensial (salohiyat)ini aniqlab beradi.
Sug‘urta kompaniyasining yuqori rahbariyati bajarishi lozim bo‘lgan funksiyalari quyidagilar hisoblanadi:

  1. Sug‘urta kompaniyasining har bir bosqichdagi umumiy maqsadlarini belgilash.

  2. Sug‘urta kompaniyasi faoliyatining tegishli strategiyasini ishlab chiqish va rejalashtirish.

  3. Boshqarish (menejment) strukturasini ishlab chiqish.

  4. Marketing konsepsiyasini ishlab chiqish.

  5. Moliyaviy siyosatni belgilash.

  6. Faoliyat sohalarini (shaxsiy sug‘urta, mulkiy sug‘urta. javobgarlik sug‘urtasi, qayta sug‘urtalash) shakllantirish.

  7. Faoliyat sohalarini o‘zaro muvofiqlashtirish.

  8. Kadrlar va ijtimoiy masalalarni xal etish.

Sug‘urta kompaniyasini faoliyat sohalari bo‘yicha tashkiliy strukturasi shuni bildiradiki, sug‘urta kompaniyasining funksiyalari xodimlarning qobiliyatlaridan (malakalaridan) kelib chiqib emas, balki mazkur tashkiliy tuzilmaga mos ravishda shakllantiriladi.
Sug‘urta faoliyatida uzoq va katta tajribaga ega bo‘lgan Rossiyaning aksioner sug‘urta jamiyatlari tashkiliy tuzilmasining tarixiy tajribasi e’tiborga molikdir (1827-1917). Har bir aksionerlik sug‘urta jamiyati ichki ishlar vaziri tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat yuritgan. Aksiyalar bo‘yicha dividend miqdori 7 % qilib chegaralangan. Sug‘urta jamiyatlarining aksiyalari fond birjalarida erkin muomalada bo‘lgan. Qoida bo‘yicha, aksiyadorlar sug‘urtalanuvchilar bo‘lganlar. Aksionerlik sug‘urta jamiyatining oliy organi aksionerlarning yillik yig‘ilishi bo‘lib, Boshqaruv xay’ati va direktorlar Kengashini 5-yil muddatga saylagan.

Download 81,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish