23-modda. Sug‘urtalovchilarlar buxgalteriya hisobining o‘ziga xos xususiyatlari
Sug‘urtalovchilar sug‘urta brokerlari va qayta sug‘urta brokerlari maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda qonun hujjatlariga muvofiq buxgalteriya hisobini yuritadilar.
24-modda. Monopolistik faoliyatga yo‘l qo‘yilmasligi
Sug‘urta bozorida raqobatni cheklash yoki bartaraf etishga, bir sug‘urtalovchilarga boshqalariga qaraganda asossiz afzalliklar berilishiga yoki olinishiga, sug‘urta qildiruvchilar va boshqa shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishiga qaratilgan faoliyatga yo‘l qo‘yilmaydi.
Sug‘urtalovchilar va sug‘urta vositachilariga o‘z uyushmalari (ittifoqlari) va boshqa birlashmalaridan sug‘urta bozorini monopollashtirishga qaratilgan bitimlarga erishish yo‘lida foydalanish taqiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |