Sug‘urta brokeri yoki makleri - yuridik shaxs bo‘lib, ular sug‘urtalanuvchi uchun sug‘urta kompaniyasini uning operatsiyalarini moliyaviy barqarorligi, sug‘urta shartlarini sug‘urtalanuvchi uchun qulayligi va boshqa omillardan kelib chiqib tanlashdagi maslahatchi.
Sug‘urta shartnomasi – sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi o‘rtasidagi sug‘urta turi shartlariga mos ravishda ularning o‘zaro majburiyatlarini tartibga soluvchi kelishuv (huquqiy bitm).
Sug‘urta himoyasi – konkret obyekt tomonidan ko‘rilgan zararni bartaraf qilish yoki qoplash bo‘yicha munosabatlar.
Sug‘urtalovchi – sug‘urtani amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan tashkilot.
Sug‘urta qildiruvchi – sug‘urta badallarini to‘lovchi va konkret sug‘urta munosabatlarida qatnashuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs.
Sug‘urtalanuvchi – hayoti, sog‘ligi yoki mehnatga layoqati sug‘urta obyekti bo‘lgan shaxs.
Do'stlaringiz bilan baham: |