27-modda. Chet el sug‘urta tashkilotlarining faoliyati
Chet el sug‘urta tashkilotlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik shaxslar – sug‘urta bozori professional ishtirokchilarining muassislari (ishtirokchilari) bo‘lishlari mumkin.
Chet el sug‘urta tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi hududida qayta sug‘urta qilishni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqib ketayotgan transport vositalari va boshqa o‘ziyurar mashinalar hamda mexanizmlar egalarining fuqarolik javobgarligini sug‘urtalashni amalga oshirishga haqlidirlar. Bunda ana shunday sug‘urta shartnomalarini tuzish sug‘urtalovchilar va sug‘urta vositachilari – O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari orqali amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |