Sug’oriladigan maydonlarning grunt suvlari rejimi
Shuning uchun atrof-muhit ko’rinishi ularni itarib chiqarishga yoki “hazm qilishga”, yangicha shakllantirishga intiladi. Shu munosabat bilan atrof-muhit ko’rinishiga kiritilayotgan antropogen ta’sirlar barqaror emas, ular odamni doimiy ravishda qo’llab turolmaydi. Chunonchi, madaniy o’simliklar parvarish qilinmasa, qayta ekilmasa, «yovvoyilari» tomonidan siqib chiqariladi, natijada haydalgan yerda yovvoyi o’tlar o’sib chiqadi. Buning oqibatida, birinchidan, inson doimiy ravishda bunday elementlarni qo’llab-quvvatlash uchun mehnat va xom ashyolarni ishga solib turishi ularga qarab turishi, tuzatishi, qayta tuzishi, ikkinchidan esa, kiritilayotgan elementlarning turg’unligini oshirish uchun inson ularning atrof-muhitga “begonaligini” maksimal ravishda kamaytirish lozim. Texnogen ta’sirining chuqurligi va tabiatini baholash uchun, mumkin bo’lgan ta’sirining chegarasini aniqlash yoki geotizimga mumkin bo’lgan antropogen bosimlarni, qaysilaridan keyin tuxtatib bo’lmasligi natijasida istalmagan o’zgarishlar bo’lishi mumkinligini aniqlash zarur. Ularning har birini a’lohida holatda geotizimning texnogen bosimlarga chidamliligini aniqlash lozim. Har qanday geotizim, hattoki kuchli tashqi tabiiy faktorlar ta’sirida ham turg’un va normal faoliyat ko’rsatish chegaralarida qandaydir sharoitlarga moslashgan bo’ladi. Texnogen ta’sirlar ko’pincha tabiiylardan o’tib ketadi, ular ko’proq turlarga ega, bir xil turlari tabiatda umuman yo’q, masalan tabiiy bo’lmagan moddalar bilan ifloslanish. Shularning hammasi tabiatdan foydalanish va tabiatni shakllantirish loyixalarining asosiga qo’yilishi kerak bo’lgan geotizimning har bir tashqi ta’sirga bo’lgan javobi, bu ta’sirni aniqlashda maxsus izlanishlarni olib borishni talab etadi. Bu yerda texnogen ta’sirlarning turli variantlarda geotizimlarning o’zini tutishi bo’yicha uzoq muddatli sonli bashoratlari zarurligini ta’kidlab o’tamiz. Geotizimlarni tabiiy turg’unligining umumiy belgilarini keltiramiz. Eng asosiysi bu har qanday tartib jadal ishlab turishi va geotizimlar funktsiyalarining uyg’unligi bularga tabiiy hosildorlik va o’simlik qatlamining qayta tiklanishi ham kiradi. Bu sifatlar iliq harorat va namlikning optimal nisbati bilan aniqlanadi. O’zining aksini esa tuproq qatlamning rivojlanishi darajasida topadi. Oxir oqibatda esa tuproqning hosildorligida tundraning iliq harorat yetishmasligi sababli yer qatlami yaxshi rivojlanmaydi. Ular texnogen bosimlarga chidamsiz, tez yaroqsiz xolga keladi va qiyinchilik bilan qayta tiklanadi, iliq iqlimning yetishmasligi biokimyoviy jarayonlarning maishiy chiqindilardan o’zini tozalashining sustligini ta’minlaydi. Suv melioratsiyasi (sug’orish va zax qochirish) iliq harorat va namlikni eng mutanosib holatga keltirib geotizimlarni chidamliligini oshiradi, lekin ko’paytirilib yuborganda aks ta’sir ko’rsatishi mumkin. Buzilgan komponentlarning tiklanishi, ifloslanishdan tozalash, ya’ni yerlarni qayta ishlash ham chidamlilikni oshirishga yordam beradi. Geotizimlarning chidamliligi komponentlar xossalarining ichki turliligiga bog’liq, turli xillarga ega bo’lgan birlamchi yaylov o’tlari kamroq xilli o’tlardan ko’ra yaylovni ko’proq chidamli qiladi. Geotizimlarning chidamliligi ularning navi sifatlari ko’tarilishi bilan o’sadi. Bu ma’noda eng chidamsiz fatsiya hisoblanadi - joylashuvi va yashash joyining bir xil sharoitlari bilan va bitta biotsenoz bilan xarakterlanadi. Fatsiyalar ayniqsa tashqi tabiiy sharoitlarning o’zgarishiga, hamda inson faoliyatiga javob qaytaradi. Fatsiyalar tabiatdan foydalanilganda ayniqsa tubdan o’zgaradi. Yirikroq geotizimlar o’zgarishlariga kamroq ta’sirchan. Atrof-muhit manzarasini belgilovchi asosiy, birlamchi sharoit hisoblanadi, insonga ularni o’zgartirish qiyin, lekin buning misollari bor: xom ashyolarni ochiq yo’l bilan qazib olish, bunda karerlarning chuqurligi 100, 200 va undan ko’proq metr bo’lishi mumkin, rejada esa ular o’nlab kilometrlarda o’lchanadi. Inson ikqilamchi komponentlarni osonroq o’zgartiradi: o’simlik qatlamiga, tuproqqa, yuzali suvlarga kuchli ta’sir o’tqazadi, lekin ikkilamchi komponentlar osonlikcha tiklanadi ham. O’zgartirilgan geotizimni ichiga texnogen tabiat uchun begona bloklar kiritilgan a’lohida texnotabiat tizimi sifatida ko’rish kerak: qishloq xo’jalik ekinlari ekish, imoratlar, inshoatlar; tizimlar va hakozo. Bunday tizimda texnogen va tabiiy bloklar tabiat qonunlariga bo’ysungan holda faoliyat ko’rsatadi. Shu bilan birga, texnogen bloklarning o’zaro harakatini, ularning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga bog’liqligini, masalan shaxsiy mulk misolida ko’rib chiqsa bo’ladi; yer bir sub’ektga qarashli, unda qurilgan inshoatlar esa - boshqasiga. Texno-tabiiy tizimlarning turg’unligi o’zgartirilgan tabiiy tizimning turg’unligi bilan qarama-qarshilikkakirishadi. Agar yuqorida aytilgandek tabiat tizimi “ibtidoiy” holatiga qaytmoqchi bo’lsa, unda insoniyat texnotabiiy tizimlarning turg’unligiga qiziqish bildiradi. Turg’unlik ko’rsatkichlari ikkala holatda qaramaqarshi xarakterga ega. Agar chopiq yerni o’t-o’lan bosib ketishi tabiiy birlashma sifatidagi geotizimning turg’unligi ko’rsatkichi bo’lsa, xuddi shu jarayon texno-tabiiy tizimning noturg’unligi dalili sifatida qaraladi, bu holda - agrotizim, vazifasi - ishlov berilgan yerning berilgan xususiyatlarini ma’lum bir ekinlarning mo’l hosilini olish uchun qo’llab turishi. Yana misol: quritish tizimi inson ta’sirisiz yaroqsiz holga keladi. Kanaldagi suvlar kamayib ketadi, suvlar ifloslanadi, ichida ildizlar ko’payib ketadi va hakozo. Tabiiy geotizim o’zining quritilguncha bo’lgan tabiiy suv zahirasini qayta tiklaydi, ana shu uning turg’unligining ko’rsatkichi hisoblanadi. Texno-tabiiy tizim nuqtai nazaridan bu holat noturg’unlik alomati hisoblanadi. Oldindan takomillashtirilgan unga kiritilgan texnogen blokli geotizim (texno-tabiiy tizim)ning mustahkamligi berilgan ijtimoiy- iqtisodiy funktsiyasini bajarish qobiliyati bilan o’lchanadi. Inson tomonidan o’zgartirilgan genotizimlar, odatda, birlamchisidan ko’ra uncha mustahkam emas, chunki tabiiy o’z-o’zini to’g’rilab borish mexanizmi ularda buzilgan. Shuning uchun tabiiy tizimda «o’chiriladigan» tashqi muhit ko’rsatkichlarining favqulodda o’zgarishi antropogen turi uchun o’ta zararli bo’lib chiqishi mumkin: bir sovuq tushishi butun ekin-tekinni muzlatib qo’yishi mumkin, ishlov berilgan yerning chang to’zoni bir necha kunda tuproq qatlamini buzib yuborishi mumkin. Melioratsiya tizimining tarkibi melioratsiya qilinadigan yerlar turi, melioratsiya tartibini nazorat qiluvchi ko’rsatkichlar yig’indisiga bog’liq. Xullas melioratsiya tizimi o’z ichiga meliorativ ta’sirlarni bevosita amalga oshiruvchi, o’tkazuvchi va himoya qiluvchi elementlarni, jalb etilgan zahiralar o’chog’larini oladi.Masalan, suvlar, melioratsiya qilingan hududlardagi texnologik yuvindilarni qabul qiluvchi uskunalar, bundan tashqari tizimning tarkibiga boshqaruvchi ta’sir va boshqariluvchi ob’ekt o’rtasidagi ikki tomonlama aloqani ta’minlovchi energiyani yetkazib beruvchi ob’ektlar, melioratsiya qilinadigan va uning atrofidagi hududlarning monitoringi, hamda tabiatni muhofaza qilish inshoatlari, ishlab chiqarish omborlari, yerdan foydalanuvchi va melioratorlar orasida uzviy bog’liklikni amalga oshiruvchi maslahatxona va foydalanish xizmatlarining xizmat va boshqa inshoatlari kiradi. Melioratsiya tizimlari ularning kattaligi, muhimligi bo’yicha a’lohida yerdan foydalanuvchilarga tegishli bo’lishi mumkin: fermerga, qorxonaga, yerdan foydalanuvchilarning bir guruhiga, davlatniki bo’lishi mumkin: iqtisod uchun muhim ahamiyat kasb etadigan yirik tizimlar sub’ektlarga tegishli mulk yoki davlat mulki bo’lishi ham mumkin. Melioratsiya qilinadigan yerlarga melioratsiya tizimi tomonidan xizmat ko’rsatiladi, lekin uning tarkibiga mulk sifatida kirmaydi. Melioratsiyaning ishonchli va unumdor texnik jihozlanishidangina emas, balki uning to’g’ri qo’llanilishi, texnologik jarayonlarga amal qilish, obhavoning qiyin sharoitlarda uning to’g’ri boshqarish san’atiga ham bog’liq. Bu o’zidan mavhum sharoitlarda, faqat iqtisodiy zarar emas, avariya buzilishlar xavfi boshqa tadbirlarga nisbatan melioratsiya tizimining boshqarishida ko’proq xavf tug’dirishi bilan birga qaror qabul qilishi shart. Gidromelioratsiya tizimi boshqarishdagi xatolar yerlarni haddan tashqari sug’orilishi yoki quritilishga olib kelishi mumkin, damba va suv omborlarini buzib yuborishi, yerlarni suv bostirishi va boshqalarga olib kelishi mumkin. Yerlarni melioratsiyalash tabiiy sharoitlarni yaxshilash, qayta tuzishning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.Inson melioratsiya bilan doimo, o’troq hayotga o’tgan davrdan boshlab shug’ullanib keladi. Melioratsiya - bu yerlarnining ist’emol qiymatini (foydaliligini) oshirish uchun tabiat komponentlarini tubdan o’zgartirishdir. Yerlarni yaxshilash bo’yicha vaqtinchalik tadbirlardan (yuzasini tozalash, haydash, o’g’it kiritish va b.q.) farqli ravishda, melioratsiya tabiiy sharoitlarni o’nlab, yuzlab yillar saqlovchi fundamental, uzoq muddatli o’zgartirishlarga olib keladi. Melioratsiya ko’pchilik tabiiy jarayonlarni o’zgartiradi, masalan, qishloq xo’jalik yerlarni melioratsiyalash tuproq shakllanishi jarayonini kuchli o’zgartiradi, uni qo’llash natijasida tuproq shakllanishining bir qator elementlari yo’qoladi va boshqalari: chirish, sho’rlanish, torf paydo bo’lish yuzaga keladi. Melioratsiya azonal tuproqlarni (sohilli, botqoqli, sho’rlangan) zonal tuproqlarga aylantirishga qodir, shuningdek zonal tuproqni shakllanishini sezilarli modifikatsiyalaydi. Shunga o’xshash chegarani melioratsiya va o’rmon va suv fondi yerlarini, aholi punktlari, sanoat, rekratsion va boshqa maqsadlar uchun qo’llaniladigan yerlarni madaniy ishlatish orasida ham topish mumkin. Melioratsiya yerdan foydalanishdan geotizim komponentlarini qayta o’zgartirish chuqurligi bilan ajralib turadi, melioratsiya natijasida yer yangi sifatga o’tadi, ya’ni uning sezilarli xossalari funktsional birligining yangi baholi harakteristikaga, yangi ichki va tashqi aniqlikga, nisbiy mustahkamlikka, bir xil yer uchastkalaridan farq qilishga va boshqalarga o’xshashlikga o’tadi. Melioratsiya yerlardan, ularning qo’llaninilishini o’zgartirmasdan, samaraliroq foydalanish uchun sharoit tug’diradi, ularning ishlatilishini o’zgartirishga imkon yaratadi, odamlar hayotining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni yaxshilaydi, katta maydonlarni madaniylashtiradi va sog’lomlashtiradi, masalan, Mirzacho’lni sug’orish bu o’lkaning qiyofasini keskin o’zgartirdi va h.k. Melioratsiya muayyan buyurtmachiga ega, uning oldida aniq maqsad qo’yiladi, bu tabiatga juda kuchli ta’sir etuvchi, qimmatbaho tadbirdir. U ayrim maydonning foydaliligini anchagacha oshirishga imkon yaratadi. Shuning uchun melioratsiya to’g’risida amaliy jihatdan gapirganda, landshaftning, geotizimning melioratsiyasi haqida emas, balki, muayan yerlarning melioratsiyasi to’g’risida gapirish lozim. Shu bilan birga, melioratsiyalanadigan yerlar geotizimning har xil pog’onalarida joylashganligiga va melioratsiyani amalga oshirganda butunlilik printsipiga amal qilishi zarur. Melioratsiyaning ikkinchi darajasi shu bilan aniqlanadiki, yerlarning ishlatilishiga ko’ra, tabiiy jarayonlarning qaysi birini yoki geotizim faoliyatining qaysi bir tashkil etuvchisini modifikatsiyalash zarur. Masalan, qishloq xo’jalik yerlarini kimyoviy melioratsiyalash yoki o’rmon fondi yerlarini suv melioratsiyasi. Suv, kimyoviy, fizik, issiqlik melioratsiyasini har xil usullar bilan amalga oshirish mumkin, odatda ular madaniy texnik, agrotexnik, o’rmon melioratsiyasi va meliorativ tadbirlari bilan to’ldiriladi. Zamonaviy melioratsiya kompleks qo’llaniladi, ya’ni, ko’pincha birgalikda suv, kimyoviy issiqlik va boshqa melioratsiyalarini qo’llash zarur, bunda ularni a’lohida qo’llashga nisbatan katta samara olinadi. Melioratsiya samaradorligi tabiatdan foydalanishning keyingi intensivligiga ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi, u melioratsiyalangan yerlarda ma’lum bir xususiyatga ega, masalan, qishloq xo’jalik yerlarida maxsus dexqonchilik tizimi qo’llaniladi: maxsus navlar, ishlov berish tizimi va o’g’itlar. Zaxi qochirilgan o’rmon o’simliklari o’rmonchilikning maxsus uslublarini talab qiladi. Yerlarni melioratsiyalashda, avvalambor, geotizim komponentlari xususiyatlariga nisbatan yerdan foydalanuvchilarning talablari bilan aniqlashtirish zarur: ma’lum bir ekinlarni yetishtirishda tuproq xossalari qanday bo’lishi shart, yoki gruntlar - inshootlar, yo’llar uchun poydevor, suv xossalari ta’minoti yoki baliq yetishtirish uchun qanday bo’lishi zarur va h.k. Bunda melioratsiyaning bosh ob’ekti yoki meliorator mexnat predmeti tushunchalari bo’ladi. Qishloq xo’jalik yerlarini yaxshilashda bu tuproq bo’lib, u dexqon uchun eng muhim ishlab chiqarish vositasi yuzaga chiqadi. Ta’kidlash joizki, tuproq boshqa ishlab chiqarish vositalari (mashinalar, o’g’itlar, kasallik v zararkunandalar bilan kurashish vositalari, o’g’itlar) unikal hususiyatga-emirilmaslikga ega. Tuproqqa mos miqdorda va sifatda tirik va moddiylashtirilgan mehnat sarf etilganda tuproq ist’emol qiymatini, ya’ni unumdorligini saqlash va yanada oshirish qobiliyatiga ega. Ushbu holat qishloq xo’jaligi yerlarini melioratsiyalash bosh maqsadini - tuproq unumdorligini kengroq to’ldirish, qayta ishlab chiqarishni shakllantiradi. Ushbu maqsadga erishish, maksimal hosilni qanday qilib bo’lmasin olish emas, shu jumladan, tuproqning sifatlari yo’qolishi ham, yerdan foydalanuvchilarning uzoq muddatli hohishlarini ta’minlaydi. Maqsadning bunday ta’riflanishi agrogeosistema mustahkamligini ham ta’minlaydi, chunki unumdor tuproqlar mustahkamliroq, demak, melioratsiyani tabiiy tejamkor qiladi. Shunisi ravshanki, inson tuproqning unumdorligini faqat unumdorlik uchun oshirmaydi. Uni oshirish bilan inson ma’lum bir ekinlardan yuqori hosil olish haqida ham harakat qiladi, bu ham shuningdek, melioratsiya maqsadiga kiritilishi lozim. Bunda shuni nazarda tutish kerakki, ekin talablari va tuproq talablari har doim ham bir-biriga mos kelmaydi, ular qarama-qarshi bo’lishi mumkin. Masalan, ekinlar hamma vaqt tuproqning mumkin qadar yuqori namliligini talab etadi, ammo tuproqning o’zi uchun oshiqcha namlik to’g’ri kelmaydi, chunki bunda uning yuviluvchanligi oshadi, gumus to’planish yomonlashadi. Ushbu qarama-qarshilikni yechishning oddiy bo’lmagan muammosi yuzaga keladi. Ekin va tuproq talablarini tuproqning unumdorligini saqlash va oshirish ma’nosida optimallashtirish yoki muvafiqlashtirish tajribasi shuni ko’rsatadiki, eng yuqori hosilga nisbatan kamroq hosil olishni nazarda tutish lozim. Bu nafaqat agrosisteama mustahkamligini oshiribgina qolmasdan, sug’orma dehqonchilikdahammasidan oldin sug’orish me’yorlarini kamaytirish, natijasida melioratsiyalangan geotizimga ham, yonveridagi maydonga ham tushadigan yuklama kamayadi. O’zbekiston Respublikasi jami yer maydoni 447,7 ming km2 bo’lib, ulardan 4,25 mln. gektari sug’oriladi.
Insoniyat jamiyatining dastlabki taraqqiyoti yer yuzida oqar suvlarning geografik joylashuvi, undan qishloq xo’jaligida foydalanilishi bilan uzviy bog’liq. Qadimgi Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Xitoy davlatlari ham daryo bo’ylari tsivilizatsiyasining markazlari bo’lgan. Ko’pchilik mamlakatlarning poytaxtlari va yirik shaharlar ham daryo bo’ylarida joylashganligini ko’rish mumkin. Daryo bo’ylarida ko’proq sug’orma dehqonchilik rivojlangan bo’lib, bu esa albatta qaysi geografik kenglikda joylashganligiga ham bog’liq. Issiq mintaqalarda tabiiy namlik yetishmasligi, o’simliklar vegetatsiya davrining uzoq davom etishi, quyoshli kunlarning ko’p bo’lishi sun’iy sug’orishni talab qilgan. Sun’iy sug’orishda suv taqsimoti va suv boshqaruv inshootlarini bunyod etishni taqozo qilgan. Bularni amalga oshirish uchun matematik, astronomik, muhandislik, geodezik, geologik, geografik bilimlar va tadqiqotlarni talab qilgan. Sug’orish inshootlarini yaratish bo’yicha ko’p olimlar, jumladan Ahmad al-Farg’oniy (797-861), Muhammad al-Xorazmiy (783-850), Abu Nasr Forobiy (873-950), Abu Rayhon Beruniy (973-1048)lar ilmiy tadqiqotlar olib borishlari natijasida ishlanmalar yaratishgan. Sharqning ulug’ allomasi Ahmad al-Farg’oniy Nil daryosining suvini o’lchaydigan astronomik asbob «Miqyosi jadid»ni yaratdi. Hozirda Qohiradagi muzeyda saqlanmoqda. 861 yili al-Farg’oniy Nil daryosining Sayyolat ul-Rod degan irmog’ida Misrning Al-Manyal tumani Ar-Rod mavzeyida suv sathini o’lchaydigan gidrotexnika inshootini qurgan va hozirga qadar ishchi holatda saqlanib keladi. Xitoy sayyohi va elchisi Chjan Tsyan Xitoy imperatoriga yozgan xatida- yangi eradan 138 yil oldin O’rta Osiyoning Farg’ona vodiysida 70 ta shahar (shahar-qal’a) mavjud bo’lib, aholisi 300 mingdan ortiq, ular uzum, bug’doy, sholi, beda va boshqa ekinlar yetishtirishini aytib o’tgan. Bu Farg’ona vodiysida o’sha vaqtdayoq sug’orish ishlari rivojlanganligini ko’rsatadi. Xorazmda ham sug’orish madaniyati yuqori cho’qqiga ko’tarildi. Bejizga xitoyliklar «Kanguy»-kanallar mamlakati deb yuritishmagan. Shoir va davlat arbobi, shox Bobur ham Hindistonda hukmronligi davrida 1387 yilda mashhur “Qizil qal’a”da suv qudug’i qurdirgan bo’lib, uning chuqurligi 145 m dan ortiq bo’lib, hozirgi kungacha ham saqlanganligi ma’lum. XVIII-XIX asrlarda esa Samarqand shahri hududidan oqib o’tuvchi Obirahmat arig’i, Zarafshon daryosidan Mingdona arig’ini Muhammad Latif o’g’li Hasan tomonidan qazdirilgan va 445 ga yerga suv chiqarilgan. G’uzordagi lalmi yerlarga koriz qazdirilib, 800 tanob yerni o’zlashtirgan. Bu qadimiy ishlarda quyidagi suv inshootlari yaratilgan va ishlatilgan: Koriz – yer osti suvlarini yig’ish va ularni yer yuzasiga chiqarish uchun quriladigan yer osti inshooti bo’lib, aholini suv bilan ta’minlash va sug’orish maqsadlarida qo’llaniladi. Korizlar Yaqin Sharq, Janubi-G’arbiy Osiyoda tarqalgan. O’rta Osiyoning tog’li va tog’ oldi zonalarida uchraydi. Turkmaniston, O’zbekistonda Buxoro, Samarqand, Navoiy, Jizzax viloyatlarida 200 yaqin korizlar qazilgan. XX asrning 20-yillariga qadar O’rta Osiyoda koriz suvlaridan ekinlarni sug’orishda foydalanilgan. Korizlar kavlash yer osti suvlari
sathida ro’y beradigan o’zgarishlar va joy relefidagi nishablikni aniq belgilashni talab etgan. Koriz trassasi belgilab chiqilgach, shu trassa bo’ylab har 5-40 m da quduqlar kavlangan. Quduqlarning chuqurligi 14-15m dan ba’zan 80 m gacha borgan. Quduqlar suvli qatlamga tutashadigan lahim (tunnel) orqali bir-biriga birlashtirilgan.
Lahimning balandligi 1,5 m, eni 1 m bo’lib, devorlari yog’och yoki toshlar bilan mustahkamlangan, uzunligi joy nishabligiga qarab bir necha km gacha cho’zilgan. Nurotadagi Maston nomli korizning 280 ta qudug’i bo’lib, bosh qudug’ining chuqurligi 14 m va lahimning uzunligi 3 km bo’lgan. Koriz qurilishi davrida bu quduqlar tuproq-shag’alni chiqarib tashlashga, korizni ishlatish davrida esa kuzatish (nazorat), tiklash, tuzatish va havo almashtirish uchun xizmat qilgan. Sardoba (fors-tojik, sard - sovuq va ob - suv) - suv tanqis hududlarda uni to’plash va saqlash uchun maxsus qurilgan gumbazli hovuz. O’rta Osiyo va boshqa ko’pgina SHarq mamlakatlarida qurilgan. Sardobaning devori tsilindr shaklida, diametri 12-13 m, chuqurligi 10-15 m, hovuz yuzasi yer sathi bilan bir tekis bo’lgan. Sardoba gumbazi sifatli g’isht va ganchdan ishlangan, tepasi tuynukli, atroflarida hovuzga tushadigan teshiklar qilingan. Kirish uchun sardobaga eshik ham o’rnatilgan, uning oldi suvni toza saqlash maqsadida devor bilan o’ralgan. Sardoba yoniga mollarni sug’oradigan oxur qilinib, unga hovuzdan maxsus tarnov orqali suv oqizilgan. Ba’zi sardobalarda ularni nazorat va tozalab turuvchi miroblar uchun xonalar ham bo’lgan. Sardobalar geografik joylashuvi, joyning tabiati, relefiga ko’ra, bir necha xil (qor-yomg’ir, anhor-ariq, yer osti suvlari (korizlar)dan yig’iladigan sardobalar) bo’lgan. Tarixiy ma’lumotlar ko’ra, Movarounnahrda 44 ta sardoba bo’lgan. Ulardan 29 tasi Qarshi cho’lida, 3 tasi Mirzacho’lda, 3 tasi Toshkent bilan Farg’ona o’rtasidagi qadimgi savdo yo’lida, 1 tasi Karmana yaqinida - Cho’li Malikda qurilgan. Chig’ir - suv sathi sug’oriladigan yer sathidan pastda bo’lgan joylarda suvni yuqoriga ko’tarib beradigan qadimgi eng oddiy gidravlik moslama bo’lib, uy hayvonlari, odam yoki oqar suv kuchi bilan harakatga keltirilgan. Qadimgi Misr, Hindiston, Xitoy, O’rta Osiyo va boshqa o’lkalarning sug’orish tizimlarida qo’llangan.
Foydalanilgan abadiyotlar ro’yxati
Irrigatsiya Oʻzbekistana; t. 1 —4, T., 1975— 1981;
Korjavin B.D., Oʻzbekistonda sugʻorish ishlari T., 1976;
Mamedov A.M., Irrigatsiya Sredney Azii, M., 1969;
Mirzayev A., Sugʻorish va zax qochirish melioratsiyasi, T., 1979;
Muhammadjonov A.R., Oʻzbekistonning qadimgi gidrotexnika inshootlari, T., 1997;
Muhammadjonov A.R., Quyi Zarafshon vodiysining sugʻorilish tarixi. T., 1972;
Orosheniye zemel v Sredney Azii i Kazaxstana, M., 1980.
Do'stlaringiz bilan baham: |