Ilmiylik prinsipi o'qituvchidan o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqiga alohida e'tibor berishni, u yoki bu masalalarni ilmiy asosda tushunishdan hech qanday chekinishga yo'l qo'ymaslikni, ilmiy tushunchalarni va so'zlarni to'g'ri qo'llashni talab qiladi. Tabiat hodisalarini (momaqaldiroq, chaqmoq, shamol, qor, yomg'ir va hokazolarni), shuningdek, jamiyat hayotida eng muhim o'zgarishlarni ilmiy jihatdan aniq bayon qilish katta ahamiyatga molikdir. Biz o'quvchilarimizni hayotga, jamiyat qurilishida qatnashishga tayyorlaymiz. Shuning uchun ta'lim amaliy hayot bilan bog'lanishi kerak. Hozirgi paytda nazariyani amaliy hayot bilan bog'lash prinsipi alohida ahamiyatga ega. Shunga ko'ra, uni ta'lim-tarbiya ishining hamma yo'nalishlarida amalga oshirish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |