Sharqshunos olim Kindiyning fikricha, insonda ijobiy sifatlarni tarkib toptirishning eng zarur omili uning aql kuchini rivoj-lantirishdir. Aql kuchi rivojlanmasa, inson umr bo'yi Arastuning kitoblarini o'qisa ham, ularda ifodalangan fanlarning birontasini o'zlashtira olmaydi. Bunday odam har qancha urinsa-da, faqat boshqalaming gaplarini takrorlab bera oladigan bo'ladi. U hech narsaning mohiyatini tushunmaydi va o'zlashtira olmaydi. Kindiy ana shu fikrlarini bayon qilar ekan, o'qitishning ilmiyligi va ongliligi qoidasini nazarda tutgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |