Судралиб юрувчиларнинг экологик хусусиятлари


Biologiyasi va ekologiyasi



Download 343 Kb.
bet12/17
Sana10.06.2022
Hajmi343 Kb.
#652217
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
korxonalarda qilinadigan xarajatlar ularning turkumlanishi maxsulot tannarxi va uni pasaytirish yo\'llari

Biologiyasi va ekologiyasi. Dengiz sathidan 1000m balandlikkacha bo‘lgan joylarda: tog‘larda, yantoq, galofit va efemer o‘simliklar o‘sib yotgan gil tuproqli cho‘llar, saksovul va boshqa butalar o‘sadigan qumliklar, daryo yaqinidagi jarliklar va xarobaga aylangan imoratlarda hayot kechiradi. Sharoit qulay bo‘lgan yerlarda 1 ga yerda 7 ta individ uchrashi mumkin. Bu ilon yerdagi har xil teshiklar va kovaklar, kemiruvchilar ini, toshlar orasi va qoyatoshlar yorig‘ida yashaydi. Yoz faslida kun issiq bo‘lganidan pana joylarga yashirinadi. Oktabr oyida qishki uyquga ketadi. Quyosh chiqib turgan qish kunlari kunduzgi vaqtlarda kulcha bo‘lib, oftobda isinib yotadi. Surxondaryo viloyati sharoitida qum charxiloni fevralning ikkinchi dekadasida qishki uyqusidan uyg‘onadi.
Fevraldan iyungacha kunduzgi paytlarda, yozda esa tunda faol bo‘ladi. Sichqonsimon kemiruvchilar, mayda qushlar, qurbaqalar, baqalar, ayrim hollarda boshqa ilonlar va kaltakesaklar bilan oziqlanadilar. Yosh charxilonlar esa umurtqasizlar: skolopendralar,
chayonlar, chigirtkasimonlar, qo‘ng‘izlar va kaltakesaklarni yeydi. Juftlashish mart-aprel oylarida bo‘lib o‘tadi. Charxilonning urg‘ochisi iyul-avgustda urg‘ochisi uzunligi 10-16 sm keladigan 3-16 ta bola tug‘adi. Tinch holatda harakatlanganda bu ilon boshini yon
tomonga tashlab, yon tomoni bilan harakat qiladi. Bezovtalangan ilon bir joyda turib gavdasini sirtmoqqa o‘xshab qayishtiradi, bunda sirtmoqlari bir-biriga qattiq ishqalanadi, natijada charx toshiga o‘xshash tovush chiqadi. Shuning uchun ham unga charxilon deb nom berilgan. Boshini biroz yuqoriga ko‘targan holda dushmanini chaqib olishga qulay fursat poylab, birdaniga hujumga tashlanishi mumkin.
Tarqalishi. Shimoliy va Sharqiy, Shimoli-G‘arbiy Afrika, Arabiston Yarimoroli, Eron, Iroq, Afg‘oniston, Pokiston, Kaspiy dengizi sharqidan Orol dengizigacha bo‘lgan hududlarda, Turkmaniston, Tojikistonda uchraydi. O‘zbekistonda Buxoro va Surxondaryo viloyatlarida, Qizilqum sahrosida uchraydi.
Zaharlanish manzarasi. Zaharlanish gemorragik shishlar, jarohatdan, burundan, tish milklaridan qon ketishi, teri ostiga qon quyilishi, ichki a’zolarda gemorragiya rivojlanishi, gematuriya, nafas qisishi, yurakning tez urishi, mushaklar og‘rishi bilan boradi.
Birinchi yordam. Polivalent ilonlarga qarshi zardob ishlatish tavsiya qilinadi.
Zaharning kimyoviy tarkibi va ta’sir mexanizmi. Zahar proteolitik faollikka ega fermentlar, shuningdek, L-aminokislota oksidazasini, fosfodiesterazani, gialuronidaza, AO‘O , fosfolipaza A, tutadi. Proteinaza va esteraza orasida kazeinni gidrolizlovchi fermentlar, arginin efirlari, kininogenaza va arilamidazalar topilgan. Zaharni sichqonlar uchun toksikligi (DL 50 ) venaga kiritish uchun 0,72 mg/kg, qoringa kiritish uchun esa 5,4 mg/kg ni tashkil etadi. Zaharlangan hayvonlarda harakatlar koordinatsiyasini boshqarish buziladi, titrash, shilimshiq qavatdan qon ketishi kuzatiladi. Zahar buyrakni po‘st qavatining nekrozga uchrashiga sabab bo‘ladi. AB pasayishiga periferik qarshilik kamayishi va organizmda kininlar hosil bo‘lishi sabab bo‘ladi. Qon ivishi tizimidagi buzilishlar og‘ir oqibatlarga olib keladi. Zaharni proteolitik ta’sirga ega bo‘lgan va koagulopatiyaga olib keluvchi fraksiyasi eng toksik miqdor hisoblanadi (DL50 0,6 mg/kg). Zahar fermentlari protrombinni trombinga transformatsiyalab, uni bevosita faollanishiga olib keladi. Bundan tashqari, zahar antirombin III ni inaktivatsiyalaydi. Natijada hosil bo‘Igan trombin faollanmaydi, balki fibringa adsorbsiyalanadi (yutiladi). Shuning uchun charxilon zahari ta’sirida hosil bo‘ladigan DVS-sindromda geparinoterapiya qo‘llash maqsadga muvofiq emas.

Download 343 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish