Sudralib yuruvchilar sinfi sistematikasi


Toshbaqalar (Chelonia) turkumi



Download 18,62 Kb.
bet3/3
Sana11.11.2022
Hajmi18,62 Kb.
#864259
1   2   3
Bog'liq
Sudralib yuruvchilar sinfi sistematikasi

4. Toshbaqalar (Chelonia) turkumi vakillarining asosiy xususiyatlaridan biri tanasi ustida joylashgan suyak qalqonlarining bo`lishligi ularning asosiy xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Boshi, bo`yni, oyoqlari va xavf tug`ilganda dumi ma'lum darajada qalqon ichiga tortiladi. Qalqoni yoki panseri ustki bo`lim karapaksdan va pastki bo`lim plastrondan tashkil topgan. Karapaks teri hisobidan rivojlangan suyak plastinkalar hamda qobirg`alar va umurtqalarning asosiy qismining qo`shilishidan hosil bo`lsa, plastron qoplovchi suyak plastinkalar, to`sh va o`mrov yupqa shox plastinkalar bilan qoplangan.
Bosh skeletida ma'lum darajada ikkilamchi suyak tanglay hosil bo`ladi. Jag`larida tishlari bo`lmaydi. Jag` suyaklari qirrasi o`tkir shox qin bilan qoplangan. Og`iz bo`shlig`ining tagi goh ko`tarilib, goh tushib, havoni tortishda nasos rolini o`ynaydi. Nafas olish mexanizmi yana bo`yin va oyoqlarining harakati orqali ham yuzaga keladi, chunki toshbaqalarda ko`krak qafasi yo`q.
Toshbaqalar asosan nam tropik hududlarda va jazirama cho`l zonalarda tarqalgan. Tinch va Hind okean orollarida og`irligi 200 kg ga yetadigan fil toshbaqasi yashaydi. O`rta Osiyoda cho`l toshbaqasi, Qrim va Kavkazda botqoq toshbaqalari tarqalgan. Ular yashirin bo`yinli toshbaqalar sinfiga kiritiladi. Og`irligi 450 kg gacha boradigan sho`rva yoki yashil toshbaqa hamda undan kichik karetta tropik dengizlarda yashaydi. Oyoqlari eshkakka aylanganligi va qalqon ichiga tortilmaganligi sababli ular dengiz toshbaqalari deyiladi. Uzoq Sharq va Xitoyda ussuriy yumshoq terili toshbaqalar yashaydi. Ularda shox plastinka bo`lmaydi. Suyak plastinkalari ancha kichik bo`lib, teri ostida joylashgan. Umuman, toshbaqalar turkumiga 250 ga yaqin tur kiradi.
Sudralib yuruvchilar amfibiyalarga nisbatan turlicha sharoitlarda yashaydi. Bu sudralib yuruvchilarning yuqori taraqqiy etganligi bilan bog`liq. Sudralib yuruvchilarning quruq muhitda yashashga moslashishi ham katta rol o`ynaydi. Shu sababli ular Arktika va Antarktikadan tashqari yer yuzining deyarli hamma qismida tarqalgan.
Shu bilan birga sudralib yuruvchilarning gavda harorati o`zgaruvchan bo`lganligi tufayli nisbatan yuqori haroratli muhitda yaxshi hayot kechiradi. Masalan, ilonlar 10 Co da kam harakatchan bo`lib qoladi, 6 8 Co da esa harakatdan to`xtaydi, 2 3 Co da karaxt bo`ladi. Gavdasi -4 Co yoki -6 Cga sovusa, halok bo`ladi.
Ushbu aytilganlarga ko`ra, sudralib yuruvchilar tropik zonada ko`p sonli bo`lib, qutbga borgan sari kam uchraydi. Yana tog` cho`qqilariga chiqib borganda ham bularning soni kamayib boradi. Shuningdek, haddan tashqari yuqori harorat ham sudralib yuruvchilar uchun halokatlidir. Muhit harorati 55 Co bo`lganda, kaltakesaklar 1,5-4 daqiqada halok bo`ladi. Bunday vaqtda sudralib yuruvchilar yer kovaklariga yashirinadi yoki daraxtga chiqib oladi.
Sudralib yuruvchilar uchun optimal harorat 20 40 Catrofida bo`ladi. O`rta mintaqalarda yashovchi ko`pchilik sudralib yuruvchilar kunduz kuni, gekkonlar esa tunda faol bo`ladi. Tropik sahrolarda esa ko`pchilik sudralib yuruvchilar kechasi faol bo`ladi.
Mavsumiy (fasl) siklliligi tropik o`lkalarda namoyon bo`lmaydi. O`rta mintaqalarda haroratning pasayishi bilan sudralib yuruvchilarning hammasi uyquga ketadi.
Sudralib yuruvchilar yashash sharoitiga qarab yerda, suvda, yer tagida va daraxtlarda yashovchi ekologik guruhlarga bo`linadi.
Yerda yashovchi sudralib yuruvchilar cho`l, zich o`tzor, o`rmon va botqoqliklarda yashaydi. Bu guruhga sudralib yuruvchilarning aksariyat ko`pchiligi kiradi. Masalan, ilonlar, kaltakesaklar, echkiemarlar, ba'zi toshbaqalar va boshqalar.
Ba'zi sudralib yuruvchilar suvda yashashga moslashgan. Masalan, dengiz toshbaqalari, yumshoq terili toshbaqalar, dengiz ilonlari va timsohlar.
Sudralib yuruvchilarning kam sonli guruhi yerni kavlab hayot kechiradi. Bularga ko`r ilonlar kiradi. Cho`l toshbaqalari va to`garak boshlar esa ma'lum vaqtlarini yer tagida o`tkazadi.
Nihoyat, ba'zi sudralib yuruvchilar, masalan, xameleonlar, ayrim tur kaltakesaklarning ayrim turi, agamalar va ilonlar daraxtlarda yashashga moslashgan.
Sudralib yuruvchilar suvda yashovchi umurtqasiz va quruqlikda yashovchi hasharotlar hamda umurtqali hayvonlar bilan, ba'zi birlari (cho`l toshbaqalari)gina o`simliklar bilan oziqlanadi. Sudralib yuruvchilar odatda o`ljalarini butunlay yutadi. Timsohlar va dengiz toshbaqalari bo`lak-bo`lak qilib uzib oladi. Zaharsiz ilonlar o`ljalarini tiriklayin yutadi. Zaharli ilonlar esa avval o`ljasini zaharlab o`ldiradi, keyin butunlay yutadi.
Sudralib yuruvchilar quruqlikda ko`payishga moslashgan. Hatto, suvda yashovchi dengiz toshbaqalari, dengiz ilonlari va timsohlar suvda yashasalar ham ko`payish uchun quruqlikka (qirg`oqqa) chiqadi.
Ko`pchilik sudralib yuruvchilar terisimon yoki qattiq ohak po`st bilan qoplangan tuxum qo`yib ko`payadi. Tuxumlarini yerga, qumga, daraxt po`stloqlari ostiga qo`yadi. Ular 15 30 Co atrofida 2-3 oy davomida rivojlanadi.
Sudralib yuruvchilar ichida tirik tug`uvchi turlari ham bor. Oddiy holda urug`langan tuxum ona organizmining jinsiy yo`llarida to`xtab qoladi va embrion rivojlanadi. Tirik tug`ish hodisasi yana shimolga yaqinlashib borgan sari yoki toqqa ko`tarilgan sari ko`payib boradi.
Sudralib yuruvchilarning deyarli hammasi foydali hayvonlar hisoblanadi. Kaltakesaklar, ilonlar qishloq va o`rmon xo`jaligi zararkunandalari hisoblangan hasharotlar hamda kemiruvchilarni qiradi. Ko`pgina kaltakesaklar tulki, sassiqqo`zan kabi ovlanadigan hayvonlarga ovqat bo`ladi. O`rta Osiyoda yashaydigan cho`l toshbaqasi maysazorlarga zarar keltiradi. Suv ilonlari ovlanadigan baliqlarning ikralarini, chavoqlarini yeb, aholiga jiddiy zarar yetkazadi.
Ba'zi mamlakatlarda zaharli ilonlar insonga jiddiy zarar yetkazadi. Shu bilan birga, ilon zahari tibbiyotda ishlatiladigan nihoyatda qimmatbaho xom-ashyo ekanligini ham unutmasligimiz kerak. Zaharli ilonlardan (ko`zoynakli ilon, qora ilon, charx ilon) zahar olish uchun O`rta Osiyo respublikalarida ilon boqish fermalari tashkil qilingan.
Timsohlar, ilonlar, echkiemarlarning terisidan chamadon va portfellar tayyorlanadi. Ba'zi mamlakatlarda ularning tuxumi, timsoh va ilonlarning go`shti oziq-ovqat mahsuloti sifatida ishlatiladi. O’zbekiston “Qizil kitobi”ga sudralib yuruvchilarning 16 ta turi kiritilgan. Bular qatoriga Xentov to’garakboshi, Rustamov gekkoni, echkiemar, Hind boygasi, Kapcha ilon va boshqalar kiradi. Xulosa qilib aytganda, sudralib yuruvchilarni har tomonlama himoya qilish kerak.

Download 18,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish