2. Суд ҳужжатларини ижрога қаратишда адвокат қанадай ҳаракатларни амалга оширади? Odil sudlovlikni amalga oshirish maqsadida fuqarolar va tashkilotlarning huquqlarini qo'riqlash maqsadida chiqarilgan qarorlarni ijro etish fuqarolik protsesining yakunlovchi bosqichidir. Agar sudning hal qiluv qarorlariga yuqoriga shikoyat (protest) berilmasa, qaror sudlarda tasdiqlanganidan so'ng qonuniy kuchga kiradi. Bu qarorlar, shuningdek fuqarolik ishlari to'g'risida boshqa organlarning qarorlari odatda ixtiyoriy ravishda ijro etilishi belgilangan. Amaldagi FPKda ijro bilan bog'liq bo'lgan ayrim harakatlar sud faoliyati va ish yuritish bilan bog'liq bo'lmaganligi sababli bu bob birmuncha qisqartirilganligi va shu tufayli qator huquqiy me’yorlar sud ijrochisining faoliyatida o'z aksini topadi. Bundan tashqari, ijro harakatlari «Sud hujjatlari va boshqa organlar xujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasining 2001 yil 29 avgustdagi qonuni bilan tartibga solinadi. Sud hujjatlarini ijro qilish protsessida odatda ikki taraf: hal qiluv
qarorining ijro qilinishini talab etuvchi taraf-undiruvchi va sud qarorlarini ijro qilishga majbur bo'lgan taraf-qarzdor ishtirok etadi. Sud ijrochisi majburiy ijroga kirishganida taraflarga ularning protsessual huquq va burchlarini tushuntirishga majbur. Qarzdor va undiruvchi ijro qilish protsessida yuqorida aytilganidek, o'zlarining vakillari orqali ham ijro qilish huquqlariga egadirlar. Vakil va ishonch bildiruvchi o'rtasidagi munosabatlar moddiy huquq, ya’ni Fuqarolik kodeksi normalari bilan tartibga solinadi. Vakillarga qo‘yiladigan bosh talab — ularning vakolatlari qonunga muvofiq berilgan va rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan tasdiqlangan bo'lishi shartligidir1. Ijro qilish protsessida vakillikning barcha turlari: ixtiyoriy vakillik, qonuniy, ustav bo'yicha vakillik amalga oshirilishi mumkin. Muomalaga layoqatli fuqaro tomonidan saylangan vakillikning va ijro protsessidagi yuridik shaxs vakilining vakolatlari notarial yoki vakolat beruvchining ish joyidagi ma'muriyat tomonidan guvohlantirilgan, yozma shakldagi, ishonchnoma yoki vakolat berilganligini tasdiqlovchi hujjat bilan rasmiylashtirilgan bo'lishi lozim. Qonuniy vakillardan alohida vakolatnoma talab etilmaydi. Ijro ishi yuritishda vakilning vakolatlari umumiy va maxsus vakolatlarga bo‘linadi. Umumiy vakolatlar — bu ijro ishi yuritishda qatnashayotgan vakilning vakil qiluvchi nomidan ishonchnomada maxsus ko‘rsatilgan yoki ko`rsatilmaganligidan qat’iy nazar amalga oshirishga haqli bo`igan harakatlardir. Maxsus vakolatlar — bu aniq vakolatlar bo`lib, vakil ularni ishonchnomada maxsus ko'rsatilgan hollardagina amalga oshirishga haqli. Ijro harakati vaqtida kelishuv bitimi tuzish, mulk va pul olish huquqlari maxsus ravishda ko'rsatilishi lozim. Bunday ko'rsatma bo'lmaganida ixtiyoriy saylangan vakil yuqorida aytilgan huquqlarni amalga oshira olmaydi.2 Bundan tashqari vakil quyidagi holatlar bo`yicha sudga iltimosnoma berishi mumkin:
qarorning ijrosini keyinga qoldirish,
ijro hujjatlarini olish yoki uni keyinga qoldirish,
ijroga qaratish bo'yicha o`tib ketgan muddatni tiklash,
qarzdorning umumiy mulkidagi hissasini belgilash,
taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlash,
qarorningi jrosini to'xtatish va bekor qilish,
ijro varaqasining dublikatini berish
Ishonchnoma vakil tomonidan sud ijrochisiga taqdim etiladi yoki bevosita vakil qilayotgan shaxs (ishonch bildiruvchi) tomonidan yuboriladi. Ishonchnomaning muddati 3 yildan oshmasligi kerak. Agar ishonchnomada muddat ko'rsatilmagan bolsa, u berilgan kundan boshlab bir yil davomida kuchda bo‘ladi. Berilgan sanasi ko‘rsatilmagan ishonchnoma o‘z-o‘zidan haqiqiy emasdir. Ijro ishi yuritishda yuridik shaxsning vakili vakolatlari unga qonunga muvofiq berilgan va rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan tasdiqlanadi. Yuridik shaxs nomidan berilgan ishonchnoma uning rahbarining imzosi va yuridik shaxsning muhri bilan tasdiqlanadi. Ijro ishi yuritishda jismoniy shaxsning vakiliga berilgan ishonchnoma Fuqarolik kodeksining qoidalariga ko‘ra notarial yoki unga tenglashtirilgan tartibda tasdiqlanadi. Ijro ishi yuritishda qatnashayotgan advokatning vakolatlari yuridik maslahatxona, firma yoki advokatlik byurosi tomonidan berilgan order bilan tasdiqlanadi. Order ko‘rsatilgan tashkilotlar rahbarlarining imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi. Qonuniy vakillarning (ota-onalar, farzandikka oluvchilar, vasiylar yoki homiylar) vakolatlari sud ijrochisi tomonidan ularning tegishli hujjatlari (pasport, farzandlikka olish to‘g‘risidagi guvohnoma, vasiylik belgilash to ‘g‘risidagi qaror yoki guvohnoma va boshqalar) asosida aniqlanadi.
1 Ijro ishi yuritish: darslik/ U. Tuxtasheva; taqrizchilar: Z. T. Inog'omjonova, R. T. Haqberdiyeva; muharrir H. Yusupova; 0’zbekiston Respublikasi oliy va 0’rta-maxsusta’lim vazirligi. -Toshkent: Musiqa, 2010. - 61 b.
2 Ўзбекистон Республикасининг Фуқаролик процессуал ҳуқуқи. (Дарслик). –Т.: “Адолат”,2001. -512 -бет