Sud-huquq tizimidagi islohotlar aholining sud hokimiyatiga bo‘lgan ishonchini yanada oshiradi


G'alaba bog'iga tashrif talabalarga nima beradi?



Download 1,2 Mb.
bet3/7
Sana25.01.2022
Hajmi1,2 Mb.
#409439
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Документ

G'alaba bog'iga tashrif talabalarga nima beradi?


15 Yanvar 2022, 11:27

2005

© 2020 “Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati» DUK



Biz haqimizdaMualliflarMurojaat uchunVakansiyalarMateriallardan foydalanish

Sayt materiallaridan foydalanishda saytga faol havola ko'rsatilishi shartSayt yaratuvchisi: Online Service Group
















































  • O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

  • O`zbekiston Respublikasi Kodekslari

  • O`zbekiston Respublikasi qonunlari

  • Yangi normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati

Bosh sahifa » Vazirlik faoliyati » Maqolalar va nashrlar » Sud-huquq tizimini demokratlashtirish yo‘lida yangi qadam

 

SUD-HUQUQ TIZIMINI DEMOKRATLASHTIRISH YO‘LIDA YANGI QADAM


Sud-huquq tizimini demokratlashtirish yo‘lida yangi qadam

Mustaqillikning ilk kunlaridanoq inson manfaatlari, jamiyatimizning barcha sohalarini demokratlashtirish uchun g‘amxo‘rlik Prezident Islom Karimov yuritayotgan oqilona siyosatda ustuvor ahamiyat kasb etib kelmoqda. Istiqlol yillarida Yurtboshimiz rahnamoligida mamlakatimizda huquqni muhofaza qilish idoralari faoliyatida qonuniylikni ta’minlash, inson huquqlarini samarali himoya qilishning eng muhim kafolati sifatida sud hokimiyatining nufuzini mustahkamlash, sudlarning chinakam mustaqilligini ta’minlash, ularning demokratik huquqiy davlat, kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishdagi rolini kuchaytirish borasida muhim ishlar amalga oshirildi. Prezidentimizning joriy yilning 1 avgustida qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risida"gi Farmoni sud-huquq tizimini liberallashtirish yo‘lidagi bosqichma-bosqich islohotning yaqqol samarasidir.

Davlatimiz rahbarining shu yil 8 avgustdagi "Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqni sudlarga o‘tkazish to‘g‘risida"gi Farmoni bu yo‘ldagi yana bir yangi qadam bo‘lib, ushbu dasturiy hujjat insonning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari, avvalo, asossiz jinoiy ta’qib va xususiy hayotga aralashishdan himoyalanish, shaxsiy daxlsizlik huquqlari hamda adolatli sud muhokamasiga bo‘lgan huquqi samarali muhofaza etilishini ta’minlashga qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Bo‘ritosh MUSTAFOYEV bilan Farmonning mohiyati va ahamiyati, shuningdek, unda belgilangan vazifalarning ijrosi xususida suhbatlashdik.

Bo‘ritosh Mustafoyevich, O‘zbekistonda sud-huquq tizimini isloh etishdan qanday maqsadlar ko‘zda tutilgan va tizimni liberallashtirish jarayonida qanday natijalarga erishildi?

— Avvalo shuni ishonch bilan qayd etish joizki, ­mamlakatimizda istiqlol yillarida demokratik tamoyillarga mos odil sudlov tizimi yaratildi. Haqiqatan ham, sud yaqin o‘tmishda sobiq kommunistik tuzumning qatag‘on va jazo quroli hisoblangan bo‘lsa, endilikda u bosqichma-bosqich hokimiyatning chinakam mustaqil, nufuzli, i inson huquq va erkinliklarini ishonchli tarzda muhofaza eta oladigan institutiga aylanib borayotganini hayotning o‘zi ko‘rsatmoqda. Yana bir muhim jihat — fuqarolarimizning ham sud hokimiyatiga nisbatan ishonchsizligi barham topmoqda. Bularning barchasi Prezidentimiz tashabbusi va rahnamoligida tadrijiy asosda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar samarasidir.

1993 yilda qabul qilingan "Sudlar to‘g‘risida"gi dastlabki qonundayoq aybsizlik prezumpsiyasi, himoyaga bo‘lgan huquq, sud jarayonidagi tortishuv va oshkoralik kabi bir qator umume’tirof etilgan prinsiplar mustahkamlab qo‘yilgan edi. Ular keyinchalik Jinoiy-protsessual, Fuqarolik-protsessual kodekslarida va boshqa qonun hujjatlarida yanada keng aks etdi. Islohot davomida qabul qilingan "Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risida", "Advokatura to‘g‘risida", "Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida" kabi qonunlar fuqarolar, yuridik shaxslar huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini sud orqali himoya qilishni kuchaytirish bilan birga, butun sud tizimini demokratlashtirishga ko‘maklashdi.

Yangi tahrirdagi "Sudlar to‘g‘risida"gi Qonun joriy etilgan o‘zgarishlarning barcha ijobiy tajribasini o‘ziga qamrab oldi. Bu bilan sudlar faoliyatini yanada demokratlashtirish va takomillashtirish uchun qulay imkoniyatlar, keng shart-sharoitlar yaratildi. Eng muhimi, qonunda hokimiyatlar bo‘linishi konstitutsiyaviy prinsipini ro‘yobga chiqarish va hokimiyatning chinakam mustaqil tarmog‘i sifatida sud erkinligini ta’minlashning samarali mexanizmlari o‘z aksini topgan.

Aytaylik, ilgari adliya vaziri zimmasiga yuklatilgan sudyalarni lavozimga tayinlash uchun taqdimnoma kiritish, ularning vakolatlarini to‘xtatish va muddatidan oldin bekor qilish kabi ishlar bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi oliy malaka komissiyasi vazifasiga kiradi. Sudyalik lavozimiga nomzodlarni muqobillik asosida ko‘rib chiqish bilan shug‘ullanadigan ushbu xolis komissiya tarkibida obro‘-e’tiborli va tajribali sudyalar, Oliy Majlis deputatlari, huquqshunos olimlar, huquqni muhofaza qilish idoralari va nodavlat tashkilotlari vakillari bor.

Qonunda shuningdek, umumiy yurisdiksiya sudlarining ixtisoslashtirilishi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik ishlari bo‘yicha mustaqil sudlarni tashkil etish mexanizmi belgilangan, sudyalarni ixtisoslashtirish ko‘zda tutilgan. O‘z navbatida, bularning barchasi ko‘rilayotgan ishlarning sifatini oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarining yanada kuchayishiga xizmat qilmoqda.

Sud-huquq sohasida alohida o‘rin tutadigan mazkur qonunga muvofiq, jinoyat-protsessual va fuqarolik-protsessual qonunchilikka zarur o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Sud yo‘l qo‘ygan xatolarni o‘z vaqtida tuzatish, sud ishlarini yuritishda sansalorlikka yo‘l qo‘ymaslikning muhim kafolatlaridan biri bo‘lib xizmat qilayotgan samarali chora — ishlarni ko‘rib chiqishning apellatsiya tartibi joriy etildi. Endilikda apellatsiya instansiyasidagi sud quyi sudga ishni qayta ko‘rish uchun yubormay, balki uning mohiyati bo‘yicha ko‘rib chiqish huquqiga egadir. Shuningdek, o‘tgan davrda kassatsiya instansiyasi ham isloh qilindi. Aytaylik, fuqaro qonuniy kuchga kirgan sud qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda o‘z huquqlarini mazkur instansiyada shaxsan va bevosita himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bunda ayblov bilan himoyaning huquqiy tengligi prinsipial jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi. Shu o‘rinda e’tiboringizni yana bir masalaga qaratishni istardim: sud qaroridan norozi bo‘lgan fuqarolar o‘z huquqlarini apellatsiya yoxud kassatsiya tartibida muhofaza qilish huquqini ixtiyoriy ravishda tanlaydilar.

Qisqasi, sud tizimi islohotining hozirgi bosqichida ishlarni sudlarda ko‘rib chiqishning imkon qadar mukammal protsessual tartibi, sud jarayoni ishtirokchilarining tengligi tamoyili amal qilishi ta’minlanmoqda. Bularning barchasi — fuqarolarimiz huquq va manfaatlarini himoya qilishning eng muhim kafolatlari, demakdir.

Bo‘ritosh Mustafoyevich, davlatimiz rahbarining "Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini sudlarga o‘tkazish to‘g‘risida"gi Farmonida ko‘zda tutilgan, mamlakatimiz sud-huquq tizimidagi hayotbaxsh islohotning amaldagi bosqichida keng tatbiq, etiladigan muhim qoidalar haqida so‘zlab bersangiz.

— Avvalo, bu masala inson huquqlari bilan bog‘liq konstitutsiyaviy normalar nuqtai nazaridan kelib chiqib yondashishni taqozo etadi. Chunki O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida insonning yashash, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik, sha’ni va obro‘siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi, e’tiqod va vijdon erkinligi kabi umume’tirof etilgan huquqlari mustahkamlab qo‘yilgan. Konstitutsiyamizning 25, 26 va 27-moddalariga ko‘ra, hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emas. Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, o‘zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta’minlab berilgan holda, oshkora ko‘rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. Hech kim qonun nazarda tutgan hollardan va tartibdan tashqari birovning turar joyiga kirishi, tintuv o‘tkazishi yoki uni ko‘zdan kechirishi, yozishmalar va telefonda so‘zlashuvlar sirini oshkor qilishi mumkin emas.

1994 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida ana shu konstitutsiyaviy qoidalarni ro‘yobga chiqarishga qaratilgan normalarga keng o‘rin berildi. 2001 yili "Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi Qonun qabul qilingani ham muhim qadam bo‘ldi. Ushbu qonunning sud jarayonida ayblov bilan himoyaning huquqiy jihatdan tengligini ta’minlash, protsessual majburlov choralarini qo‘llash tartibini belgilash, xususan, qamoqqa olish chorasini qo‘llash sohalarini cheklash, dastlabki tergov muddatlarini kamaytirish va sudlarda jinoyat ishlarini ko‘rib chiqish muddatlarini aniqlashtirishga doir qoidalari, hech shubhasiz, ayblanuvchi yoki gumondorning himoyaga bo‘lgan huquqi kafolatdir.

Sir emas qamoqqa olish, vaqtincha bo‘lsa-da, kishiga kuchli ruhiy ta’sir ko‘rsatadi, uning erkinligini cheklab qo‘yadi. U protsessual majburlashning eng radikal chorasi hisoblanadi. Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini sudlarga o‘tkazish uchun qaror qabul qilishda ayni shu jihatlar inobatga olingan. Bu fuqarolarning adolatli sud muhokamasiga bo‘lgan huquqi, shaxsiy daxlsizlik kabi konstitutsiyaviy huquqlarini ro‘yobga chiqarish, shuningdek, sudlarning nufuzini qat’iy oshirish uchun sharoit yaratadi. Dastlabki tergov yoki surishtiruv bosqichida sud nazoratining ta’minlanishi evaziga dastlabki tergov ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlari tizimi tubdan o‘zgarishga yuz tutadi. O‘z navbatida, sud mustaqil organ sifatida bunday chorani qo‘llash ehtimolini baholashga xolislik bilan yondashmog‘i lozim.

Bundan tashqari, qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini sudlarga o‘tkazish xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalariga to‘liq mos keladi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi rezolyutsiyasiga muvofiq 1966 yil 16 dekabrda qabul qilingan Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning 9-moddasiga ko‘ra, har bir inson ozodlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. Hech kim qonun bilan belgilanganidan boshqacha asos va tartibda ozodlikdan mahrum etilishi mumkin emas. Jinoiy ayblov bilan qamoqqa olingan yoki hibsda ushlab turilgan har bir shaxs zudlik bilan sudya yoki qonun bo‘yicha sud hokimiyatini amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan boshqa mansabdor shaxs huzuriga keltiriladi va ayblanayotgan kishi muayyan muddat ichida ishi sudda ko‘rilishi yoki ozod qilib yuborilish huquqiga ega.

Prezident Farmonida. qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi 2008 yilning 1 yanvaridan sudlarga o‘tkazilishi belgilanganining sabablarini izohlab bersangiz? — Avvalambor, bu tadbir bir qator tashkiliy-tayyorgarlik ishlarini amalga oshirishni taqozo etadi. Jumladan, Jinoyat-protsessual va Jinoyat-ijroiya kodekslari va boshqa qonunchilik hujjatlariga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilganidan keyin qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini sudlar vaholatiga o‘tkazish mumkin. Ushbu chorani qo‘llashning mutlaqo yangicha tartiblari ishlab chiqilishi darkor. Bu sohadagi xorijiy tajribani ham o‘rganish, uning O‘zbekiston uchun maqbul ijobiy jihatlarini aniqlash kerak bo‘ladi.

Bularning barchasini inobatga olgan holda, Prezidentimiz Farmoniga muvofiq, alohida qonun loyihasi ishlab chiqiladi, unda mazkur mexanizm puxta o‘ylangan, jinoyat protsessi har qaysi ishtirokchisining o‘rni aniq belgilangan bo‘lishi darkor

Qamoqqa olishning sanksiya berish huquqi sudlarga o‘tkazishga tayyorgarlik jarayonining keyingi bosqichi sud va huquqni muhofaza qilish organlari tizimi kadrlarini tegishlicha tayyorlash va qayta tayyorlashdan iborat. Buning uchun maxsus o‘quv materiallari va qo‘llanmalar ishlab chiqish, dastur tayyorlash va o‘quv ishlarini tashkil etish zarur

Sudlar qanday asoslarga tayangan holda qamoqqa olish to‘g‘risida qaror chiqarishi mumkin?

— Bunday asoslar Jinoyat-protsessual kodeksining 236 va 242-moddalarida ko‘zda tutilgan. Ayblanuvchi, sudlanuvchi surishtiruv, dastlabki tergov va suddan yashirinishi mumkinligiga oid asosli taxmin ham shunday qaror chiqarishga turtki bo‘la oladi. Qamoqqa olish chorasi odatda qasddan sodir etilgan va uch yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi ko‘zda tutilgan jinoyatlar hamda ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan va besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanadigan jinoyatlar uchun ehtiyot chorasi sifatida qo‘llanadi.

Shu bilan birga, Farmonda ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish qonunda belgilangan boshqa ehtiyot choralarini qo‘llash samarasiz bo‘lgan alohida holatlarda amalga oshirilishi lozimligi ta’kidlanganiga e’tiboringizni qaratishni istardim. Qamoqqa olish to‘g‘risidagi qarorlar faqat jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar yoki harbiy sudlar tomonidan chiqariladi.

Prezidentimiz Farmoni talablarini ro‘yobga chiqarish borasida Adliya vazirligi zimmasiga qanday vazifalar yuklatilgan?

— Tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda vazirligimizga uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual, Jinoyat-ijroiya kodekslariga, "Sudlar to‘g‘risida", "Prokuratura to‘g‘risida"gi qonunlariga qamoqqa olishga sanksiya berish, qamoqda saqlash muddatlarini uzaytirish tartibi va jarayonlarini belgilovchi, shuningdek, sudgacha ish yuritish bosqichida insonning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga rioya etish, uning daxlsizligini ta’minlash borasida qo‘shimcha kafolatlarni belgilovchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida takliflar tayyorlash vazifasi topshirilgan.

Nainki qonunlar va qonunosti hujjatlarini, balki idoraviy huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan norma va normativlarni ham qayta ko‘rib chiqish darkor. Bundan tashqari, sudyalar va prokuratura organlari, IIV va MXX tergov bo‘linmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish kerak bo‘ladi.

Bugungi kunda "Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqining sudlarga o‘tkazilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonun loyihasi Konsepsiyasi yaratildi. Bu hujjatni tayyorlash, muhokamalarni tashkil etish va ko‘rib chiqishga taqdim etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi vakillaridan iborat ishchi guruh tashkil etilgan.

Prezidentimiz Farmonini hayotga tatbiq etish jarayoni boshlandi, u reja asosida, bosqichma-bosqich olib borilayotir. Sud-huquq tizimidagi islohotlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli o‘zgarishlarning uzviy qismi bo‘lib, bu yangilanishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan har bir fuqaroning, huquqiy demokratik davlat barpo etayotgan butun xalqimizning farovonligini ta’minlashdan iboratdir.


Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish