87-modda. Davlat ijrochisining talablarini bajarishning majburiyligi
Davlat ijrochisining o‘z vakolatlari doirasidagi talablari O‘zbekiston Respublikasi hududida
barcha organlar, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Davlat ijrochilari o‘z vakolatlarini amalga oshirishi uchun zarur bo‘lgan axborot, hujjatlar va
hujjat nusxalari ularning talabiga ko‘ra bepul va davlat ijrochisi tomonidan belgilangan muddatda
taqdim etiladi.
Davlat ijrochisining talablarini bajarmaslik, uning zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarishiga
monelik qiluvchi xatti-harakatlar sodir etish qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |