Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘G‘risida 1-bob. Umumiy qoidalar


-modda. Xatlangan mol-mulkni realizatsiya qilish



Download 285,33 Kb.
Pdf ko'rish
bet64/98
Sana13.02.2022
Hajmi285,33 Kb.
#446512
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   98
Bog'liq
258-II-сон 29.08.2001. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida

56-modda. Xatlangan mol-mulkni realizatsiya qilish
Qarzdorning xatlangan mol-mulkini realizatsiya qilish, agar qonunchilikda boshqacha hol
nazarda tutilgan bo‘lmasa, xatlash asoslari va mol-mulk turlaridan qat’i nazar, xatlangan kundan
e’tiboran ikki oy ichida uni sotish orqali amalga oshiriladi, qonunga muvofiq muomaladan
chiqarilgan mol-mulk bundan mustasno.
Qarzdorning mol-mulkini realizatsiya qilish shartnoma-vositachilik asoslarida yoxud elektron
onlayn-auksionlarda amalga oshiriladi, ushbu moddaning 
uchinchi qismida 
ko‘rsatilgan hollar
bundan mustasno.
Avtomototransport vositalarini, ko‘chmas mulkni, shu jumladan yer uchastkasini, qurilishi
tugallanmagan obyektlarni, ko‘chmas mulkni uzoq muddatli ijaraga olish huquqlarini, yer
uchastkasiga nisbatan mulkiy huquqlarni, intellektual faoliyat natijalariga va xususiy alomatlarini
aks ettiruvchi vositalarga bo‘lgan mulkiy huquqlarni realizatsiya qilish qonunchilikda belgilangan
tartibda vakolatli operator tomonidan elektron onlayn-auksionlarda amalga oshiriladi.
Mol-mulkni shartnoma-vositachilik asoslarida realizatsiya qiladigan savdo tashkilotlarini
tanlash O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan belgilangan tartibda
o‘tkaziladigan tanlov asosida amalga oshiriladi.
Agar savdo tashkilotlariga realizatsiya qilish uchun topshirilgan mol-mulk u topshirilgan
kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida realizatsiya qilinmasa, mazkur mol-mulk davlat ijrochisi
tomonidan quyidagi tartibda arzonlashtirilishi kerak:
davlat soliq xizmati organi va moliya organi vakillari ishtirokida mol-mulk qiymatining 10
foizidan oshmagan miqdorda — davlat daromadiga undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari
bo‘yicha;
mol-mulk qiymatining 10 foizi miqdorida — boshqa ijro hujjatlari bo‘yicha.
Mol-mulk arzonlashtirilganda davlat ijrochisi belgilangan tartibda dalolatnoma tuzadi,
shundan so‘ng arzonlashtirilgan mol-mulk savdo tashkilotlariga takroran realizatsiya qilish uchun
topshiriladi. Qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti sifatida turgan mol-mulkni ushbu
mol-mulk bilan ta’minlangan qarzni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bo‘yicha realizatsiya qilish
chog‘ida mol-mulkni arzonlashtirish amalga oshirilmaydi va ushbu mol-mulk birinchi marta
baholangan narx bo‘yicha savdo tashkiloti tomonidan qayta realizatsiya qilish uchun topshiriladi.
Mol-mulk takroriy elektron onlayn-auksionlarda realizatsiya qilinmaganligi munosabati bilan
vakolatli operator tomonidan qaytarilgan taqdirda yoki takroran realizatsiya qilish uchun savdo
tashkilotlariga topshirilgan boshqa mol-mulk o‘ttiz kun mobaynida realizatsiya qilinmagan
taqdirda, u mol-mulk narxining 10 foiziga arzonlashtirilgan narxda undiruvchiga taklif qilinadi,
davlat daromadiga ijro hujjatlari bo‘yicha undirish qaratilgan mol-mulk esa ushbu moddada
belgilangan tartibda yana arzonlashtirilishi va realizatsiya qilishga topshirilishi lozim. Qarzdorning
majburiyatlari bajarilishining ta’minoti sifatida turgan mol-mulk ushbu mol-mulk bilan
ta’minlangan qarzni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bo‘yicha realizatsiya qilinmagan taqdirda,
davlat ijrochisi undiruvchiga takroriy auksion savdosidagi yoki savdo tashkilotlari tomonidan qayta
realizatsiya qilish chog‘idagi boshlang‘ich sotish narxidan 10 foiz kamroq summadagi mol-mulkni
o‘zida qoldirishni taklif qiladi.
Qimmatli qog‘ozlar qimmatli qog‘ozlarning birja bozorlarida va uyushgan birjadan tashqari
bozorlarida realizatsiya qilinishi kerak. Ular davlat ijrochisi bilan tuzilgan shartnoma asosida faoliyat
yurituvchi investitsiya vositachisi — broker tomonidan kimoshdi savdosiga qo‘yiladi. Qimmatli
qog‘ozlar arzonlashtirilmaydi va ikki oy mobaynida bir necha marta kimoshdi savdosiga qo‘yiladi.
Qimmatli qog‘ozlar mazkur muddatda realizatsiya qilinmagan taqdirda, davlat ijrochisi


undiruvchiga ushbu qimmatli qog‘ozlarni ularning broker tomonidan kimoshdi savdosiga
qo‘yilgan oxirgi kimoshdi savdosi kunining oxirgi kimoshdi savdosi soatidagi o‘rtacha narxida o‘zida
qoldirishni taklif etadi.
Davlat ijrochisining realizatsiya qilinmagan mol-mulkni o‘zida qoldirish haqidagi ushbu
moddaning 
yettinchi
va 
sakkizinchi qismlarida 
nazarda tutilgan taklifi davlat ijrochisi tomonidan
tegishli mol-mulk realizatsiya qilinmaganligi to‘g‘risidagi xabarnoma olingan kundan e’tiboran uch
ish kunidan kechiktirmay undiruvchiga yuborilishi kerak. Bir navbatdagi talablar bo‘yicha bir nechta
undiruvchi mavjud bo‘lgan taqdirda, takliflar ijro hujjatlarining O‘zbekiston Respublikasi Bosh
prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlariga kelib tushish navbatiga muvofiq,
qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti sifatida turgan mol-mulkka nisbatan esa
qonunda belgilangan navbatga muvofiq davlat ijrochisi tomonidan undiruvchilarga yuboriladi.
Agar mol-mulkning davlat ijrochisi tomonidan taklif qilingan bahosi ijro hujjati bo‘yicha
undiruvchiga to‘lanishi lozim bo‘lgan summadan ortiq bo‘lsa, undiruvchi realizatsiya qilinmagan
mol-mulkni o‘zida qoldirishga tegishli farqni bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Bosh
prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organining depozit hisobvarag‘iga to‘lagan
(o‘tkazgan) taqdirda haqli, bu haqda taklifda ko‘rsatib o‘tiladi. Undiruvchi realizatsiya qilinmagan
mol-mulkni o‘zida qoldirish to‘g‘risidagi qarori haqida davlat ijrochisini taklifni olgan kundan
e’tiboran besh kun ichida yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Undiruvchi mol-mulkni o‘zida qoldirishdan voz kechgan yoxud bu haqdagi o‘z qarorini
belgilangan muddatda yozma shaklda taqdim etmagan taqdirda mol-mulk ijro xarajatlari, shu
jumladan mol-mulkni olib qo‘yish, baholash va realizatsiya qilish bo‘yicha qilingan xarajatlar
undirilgan holda qarzdorga qaytariladi. Undiruvchi — talabi realizatsiya qilinmagan mol-mulk bilan
ta’minlangan kreditor realizatsiya qilinmagan mazkur mol-mulkni o‘zida qoldirishdan voz
kechganda yoxud belgilangan muddatda o‘z qarorini yozma shaklda taqdim etmaganda, ijro ishi
yuritish ijro hujjatini undiruvchiga qaytarish bilan tamomlanadi, realizatsiya qilinmagan boshqa
mol-mulk bo‘yicha ijro ishi yuritish esa qarzdorda undiruvga qaratilishi mumkin bo‘lgan o‘zga mol-
mulk mavjud bo‘lmasa, ijro hujjatini undiruvchiga qaytarish bilan tamomlanadi.
Olib qo‘yilgan va realizatsiya qilinmagan mol-mulk qarzdor qarzini va davlat ijrochisi mol-
mulkni olib qo‘yish, baholash va realizatsiya qilish bilan bog‘liq holda qilgan xarajatlarning o‘rni
to‘liq qoplanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni undiruvni amalga oshirayotgan davlat ijrochisiga
taqdim etgan taqdirda ham qarzdorga qaytariladi.
Realizatsiya qilingan mol-mulkni mol-mulkning bahosi to‘liq to‘languniga qadar xaridorlarga
berib yuborish, shuningdek to‘lovni kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) sharti bilan realizatsiya qilish
savdo tashkilotlariga va davlat ijrochilariga taqiqlanadi.
Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni realizatsiya qilish xususiyatlari, shuningdek
ko‘chmas mulkni uzoq muddatga ijaraga olish huquqlarini, qarzdorning yer uchastkalariga,
intellektual faoliyat natijalariga va xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalarga bo‘lgan mulkiy
huquqlarini realizatsiya qilish tartibi ushbu Qonun talablari hisobga olingan holda O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Download 285,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish