Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘G‘risida 1-bob. Umumiy qoidalar


-modda. Qarzdorning mol-mulkini baholash



Download 285,33 Kb.
Pdf ko'rish
bet62/98
Sana13.02.2022
Hajmi285,33 Kb.
#446512
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   98
Bog'liq
258-II-сон 29.08.2001. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida

54-modda. Qarzdorning mol-mulkini baholash
Ro‘yxatga olingan mol-mulkni baholashni tashkil etish qonunchilikda belgilangan tartibda
sud ijrochisi tomonidan bozor qiymati bo‘yicha amalga oshiriladi.
Davlat ijrochisi mol-mulkni baholovchi tashkilotni jalb etadi, ushbu moddaning 
uchinchi
,
to‘rtinchi
 va 
oltinchi qismlarida
 nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Davlat ijrochisi alohida ko‘char mol-mulkning shartnomaviy narxini faqat alohida olingan
mol-mulkning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan, mol-mulkning jami
qiymati esa bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan oshmagan taqdirdagina, baholovchi
tashkilotni jalb etmagan holda mustaqil belgilashi mumkin, avtomototransport vositalari bundan
mustasno.
Kredit bo‘yicha qarzdorlikni so‘ndirish hisobiga undiruv qaratilayotgan garovga qo‘yilgan
mol-mulk qo‘shimcha baholanmaydi hamda tijorat bank va qarz oluvchi o‘rtasida tuzilgan garov
(ipoteka) to‘g‘risidagi shartnomada ko‘rsatilgan narx bo‘yicha realizatsiya qilinadi.
Qimmatli qog‘ozlar, valyuta qimmatliklari, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan
yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa ro‘zg‘or buyumlari, nodir buyumlar, asl tasviriy san’at
hamda haykaltaroshlik asarlari mutaxassislar albatta ishtirok etgan holda qonunchilikda
belgilangan tartibda baholanishi, keyin (uch ish kuni ichida) mas’uliyatli saqlash uchun bankka yoki
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysiga yoxud investitsiya vositachisiga topshirilishi kerak,
muayyan turdagi qimmatliklar muzeyga yoki ularning saqlanish sharoitlarini ta’minlovchi boshqa
ixtisoslashtirilgan muassasaga topshirilishi lozimligi to‘g‘risida qonunchilikda belgilangan hollar
bundan mustasno.
Fond birjasining birja kotirovkasi varag‘iga kiritilgan qimmatli qog‘ozlarning qiymati tegishli
qimmatli qog‘ozlar o‘zida birja kotirovkasi varag‘iga kiritilgan va qonunchilikka muvofiq kotirovka
qilinadigan fond birjasiga qimmatli qog‘ozlar kotirovkalariga doir so‘rov berish orqali sud ijrochisi
tomonidan aniqlanadi.
Agar davlat ijrochisi tomonidan ro‘yxatga olingan qimmatli qog‘ozlar fond birjasining birja
kotirovkasi varag‘iga kiritilmagan bo‘lsa, davlat ijrochisi qimmatli qog‘ozlarni baholash uchun
qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda baholovchi tashkilotni jalb etadi.
Davlat ijrochisi tomonidan mol-mulkni yoki mulkiy huquqni baholash to‘g‘risidagi hisobot
olingan (chiqarilgan) paytdan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay ijro ishi yuritishdagi
taraflarga baholash natijalari haqida bildirishnoma yuboriladi.
Baholash to‘g‘risidagi hisobotda ko‘rsatilgan baholash obyektining qiymati xususida ijro ishi
yuritishdagi taraflar o‘tkazilgan baholash to‘g‘risida o‘zlari xabardor qilingan kundan e’tiboran o‘n
kundan kechiktirmay sudda nizolashishi mumkin.
Davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlarini amalga oshirishda xatlangan mol-mulkni
baholash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda O‘zbekiston Respublikasi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan tasdiqlanadigan 
nizom 
bilan tartibga solinadi.

Download 285,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish