Bog'liq 258-II-сон 29.08.2001. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida
48 -modda. Undiruvni qarzdorga tegishli bo‘lgan mulkiy huquqlarga qaratish Ijro hujjatlari bo‘yicha undiruv qarzdorga tegishli mulkiy huquqlarga, xususan quyidagi
huquqlarga qaratilishi mumkin:
ko‘chmas mulkni uzoq muddatli ijaraga olish huquqi;
yer uchastkasiga doimiy yoki umrbod egalik qilish huquqi, yer uchastkasidan doimiy
foydalanish huquqi yoki yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish huquqi;
intellektual mulk obyektlariga nisbatan mutlaq huquq;
qarzdorga litsenziat sifatida oddiy nomutlaq litsenziya asosida tegishli bo‘lgan intellektual
faoliyat natijalaridan va shaxsiylashtirish vositalaridan foydalanish huquqi.
Qarzdorga tegishli bo‘lgan boshqa shaxslarga nisbatan mulkiy huquqlarga undiruv
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida belgilangan qoidalarga rioya etgan holda
qaratiladi.