Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘G‘risida 1-bob. Umumiy qoidalar



Download 285,33 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/98
Sana13.02.2022
Hajmi285,33 Kb.
#446512
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   98
Bog'liq
258-II-сон 29.08.2001. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida

bilan hamkorligi


Davlat ijrochilari o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni davlat organlari, kredit tashkilotlari va
boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi. Mazkur organlar hamda tashkilotlar
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosini ta’minlashda sud ijrochilariga
ko‘maklashishi shart.
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosini ta’minlash maqsadida:
1) ichki ishlar organlari:
davlat ijrochisining qarori asosida qarzdor jismoniy shaxsni, olib qo‘yilishi lozim bo‘lgan bolani,
shuningdek avtomototransport vositalarini qidirishni amalga oshiradi;
davlat ijrochisi huzuriga kelishdan bo‘yin tovlayotgan shaxslarning belgilangan tartibda
majburiy keltirilishini ta’minlaydi;
ijro harakatlarini amalga oshirishda, shu jumladan davlat ijrochisi tomonidan ijro
harakatlarining amalga oshirilishida biron-bir to‘siq bo‘lganda, jamoat tartibi saqlanishini
ta’minlaydi;
qonunda belgilangan majburiy ijro etish choralarini amalga oshirish uchun, shu jumladan
undiruvni avtomototransport vositasiga qaratish uchun ushbu avtomototransport vositasining
majburiy to‘xtatilishini davlat ijrochisining topshirig‘i asosida ta’minlaydi;
avtomototransport vositasi egasi to‘g‘risidagi, tegishli qarzdorlar nomiga ro‘yxatga olingan
avtomototransport vositalari haqidagi axborotni, shuningdek avtomototransport vositalariga
bo‘lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi
boshqa ma’lumotni davlat ijrochisining yozma so‘rovi asosida uch kunlik muddatda taqdim etadi,
sud ijrochilarining avtomototransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish yoki qayta ro‘yxatdan
o‘tkazishga oid belgilagan taqiqlarini ijro etadi;
qonunchilikda belgilangan hollarda ijro harakatlarini amalga oshirish davomida ro‘yxatga
olingan avtomototransport vositalarini ko‘zdan kechirishda ishtirok etadi;
sudning yoki davlat ijrochisining qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan
chiqishini vaqtincha cheklash to‘g‘risidagi qarori ijrosini ta’minlaydi;
2) O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining organlari:
ko‘chmas mulkka, shu jumladan yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy
huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi, huquq egalari haqidagi ma’lumotlarni,
shuningdek o‘zga kadastr ma’lumotlarini davlat ijrochisining yozma so‘roviga ko‘ra uch kunlik
muddatda taqdim etadi;
sudning yoki davlat ijrochisining qarori yoxud davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlangan
undiruvchi va qarzdor o‘rtasidagi ko‘chmas mulkni topshirish dalolatnomasi asosida ko‘chmas
mulkka, shu jumladan yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni davlat
ro‘yxatidan o‘tkazadi;
qonunchilikda belgilangan tartibda, davlat ijrochisining yozma topshirig‘i asosida kadastr
ishini shakllantiradi hamda ko‘chmas mulkka, shu jumladan yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqi
va boshqa ashyoviy huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi;
ko‘chmas mulkni va yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni boshqa shaxsga o‘tkazishga davlat
ijrochisi tomonidan belgilangan taqiqlarni ijro etadi;
yer uchastkasini olib qo‘yish va berish to‘g‘risidagi ijro harakatlarini amalga oshirishda,
qonunchilikda belgilangan hollarda esa, ijro harakatlarini amalga oshirish davomida ro‘yxatga
olingan boshqa ko‘chmas mulkni ko‘zdan kechirishda ishtirok etadi;
3) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan
birgalikda qarzdorlarning bank hisobvaraqlarini aniqlash uchun Bank depozitorlarining milliy
axborot bazasidan foydalanish tartibini belgilaydi;
4) banklar va boshqa kredit tashkilotlari:
davlat ijrochisining muayyan bank mijozining (vakilining) pul mablag‘lari va o‘zga mol-
mulkiga undiruv qaratish yoki ularni xatlash haqidagi sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv
qarori asosida bergan yozma so‘roviga ko‘ra unga bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni taqdim
etadi;


davlat ijrochisining yozma so‘roviga ko‘ra qarzdorning banki va xatlash mumkin bo‘lgan
hisobvarag‘ini aniqlaydi hamda bu haqda keyingi ish kunidan kechiktirmay davlat ijrochisiga
ma’lum qiladi;
davlat ijrochilarining qarzdordan ijro hujjati bo‘yicha tegishli qarzni, shu jumladan ijro
yig‘imini, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga solingan jarimalarni va ijro xarajatlarini nizosiz
tartibda undirish to‘g‘risidagi topshiriqlarini qonunchilikda belgilangan tartibda bajaradi;
davlat ijrochisining qaroriga muvofiq qarzdorning chet el valyutasini, shu jumladan naqd
chet el valyutasini sotadi yoki sotib oladi;
qarzdorning hisobvarag‘ida saqlanayotgan pul mablag‘larini xatlash haqidagi davlat
ijrochisining qarorini, shuningdek davlat ijrochisining qarorida ko‘rsatilgan qarzdorning
hisobvarag‘idan foydalanishga oid boshqa cheklovlar ijrosini ta’minlaydi;
ijro harakatlarini amalga oshirish davomida qarzdordan olib qo‘yilgan yoki undirilgan,
shuningdek mol-mulkni sotishdan tushgan pul mablag‘lari Majburiy ijro byurosi organining
depozit hisobvarag‘ida vaqtinchalik saqlanishini ta’minlaydi, davlat ijrochisining qaroriga asosan bu
mablag‘larni tegishli undiruvchiga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga, davlat maqsadli
jamg‘armalariga, shuningdek ijro yig‘imini, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga solingan
jarimalarni va ijro xarajatlarini to‘lash uchun o‘tkazadi (beradi);
5) davlat soliq xizmati organlari:
budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlikni
qarzdorning mol-mulki hisobidan undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarining majburiy ijrosini
ta’minlashda davlat ijrochilariga yordam ko‘rsatadi;
davlat ijrochisining topshirig‘iga ko‘ra, qarzdorning soliqlar va budjetga boshqa majburiy
to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik hisob-kitobini amalga oshiradi hamda ularni davlat ijrochisiga taqdim
etadi;
davlat soliq xizmati organlarining ma’lumotlar bazasida qarzdor soliq to‘lovchi to‘g‘risida
mavjud bo‘lgan axborotni davlat ijrochisining yozma so‘roviga ko‘ra uch kunlik muddatda taqdim
etadi;
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlayotgan qarzdorning hisobga
olinmagan daromadlarini aniqlashda davlat ijrochilariga ko‘maklashadi;
realizatsiya qilinmagan mol-mulkning arzonlashtirilishida qonunchilikda belgilangan hollarda
ishtirok etadi;
6) g‘aznachilik organlari:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan yoki yagona g‘aznachilik hisobvarag‘idan pul
mablag‘larini ijro hujjati talablarini bajarish uchun davlat ijrochisining qarori asosida o‘n kunlik
muddatda o‘tkazadi;
davlat ijrochisining qarzdor budjet tashkilotining yagona g‘aznachilik hisobvarag‘ida
saqlanayotgan pul mablag‘larini xatlash to‘g‘risidagi qarorining, shuningdek qarzdorning
mablag‘laridan foydalanishga nisbatan davlat ijrochisining qarorida nazarda tutilgan boshqa
cheklovlarning ijrosini ta’minlaydi;
7) Davlat chegarasini qo‘riqlash organlari:
sudning yoki davlat ijrochisining qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan
chiqishini vaqtincha cheklash to‘g‘risidagi qarori ijrosini ta’minlaydi, sud hujjati yoki boshqa organ
hujjati talablarini bajarishdan bo‘yin tovlayotgan qarzdor jismoniy shaxslar O‘zbekiston
Respublikasidan chiqib ketishining oldini olish choralarini ko‘radi;
O‘zbekiston Respublikasidan chiqishiga vaqtincha cheklov joriy qilingan yoki bunday cheklov
olib tashlangan qarzdor jismoniy shaxslar to‘g‘risida axborotlarning tezkor almashinuvini Majburiy
ijro byurosi organlari bilan birga belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Qonunchilikda davlat ijrochilarining davlat organlari, kredit tashkilotlari va boshqa tashkilotlar
bilan hamkorligining boshqa shakllari ham belgilanishi mumkin.

Download 285,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish