* Byuro shahar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosariga bo‘lim boshlig‘i stavkasidan 5% kam miqdorda.
** Byuroning Toshkent shahar tumanlari, shuningdek tumanlararo bo‘limlari guruhdan tashqari toifaga tegishli.
1-guruh
2-guruh
* Byuro tuman (shahar) bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosariga bo‘lim boshlig‘i stavkasidan 5% kam miqdorda”.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-iyundagi “Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi
1) 1-bandning ikkinchi va beshinchi xatboshilari hamda 2-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin;
ikkinchi — beshinchi xatboshilar quyidagi mazmundagi ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“Jamg‘armani boshqarish va uning mablag‘larini taqsimlash O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari
Kuzatuv kengashi tarkibiga lavozimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi
Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori shuningdek boshqa mas’ul shaxslar ham kiradi.
Jamg‘arma mablag‘lari to‘planishi va sarflanishini tezkor boshqarish O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi o‘rinlarda Byuro deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.”;
oltinchi — to‘qqizinchi xatboshilar tegishincha beshinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
“Jamg‘armaning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi
o‘rinlarda Byuro deb yuritiladi) organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish, shuningdek majburiy ijro
tizimini takomillashtirish va samaradorligini oshirish, Byuro va prokuratura organlari faoliyatini ta’minlashga qaratilgan boshqa
“4. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagilar hisobidan shakllantiriladi:
vakolatli organlar tomonidan olib qo‘yilgan va davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulklarni sotishdan, shuningdek
qarzdorning mol-mulkini sotish hisobiga soliq qarzdorligini (davlat bojidan tashqari) undirishdan tushgan mablag‘larning 8 foizi;
Byuro organlari tomonidan olib qo‘yilgan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-
mulklarni sotishdan tushgan mablag‘larning 8 foizi;
ijro ishi yurituvi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga undirilgan summaning 5 foizi, qarzdorning mol-
mulkini sotish hisobiga undirilgan soliq qarzdorligi bundan mustasno;
davlat ijrochilari tomonidan undiriladigan ijro yig‘imi mablag‘larining 100 foizi;
Byuro xodimlari tomonidan qo‘llaniladigan va undiriladigan jarimalar, shuningdek pul mablag‘larini undirish to‘g‘risidagi
ijro hujjatini ijro etmaganligi uchun bank yoki boshqa kredit tashkilotlariga nisbatan qo‘llaniladigan va undiriladigan jarimalar
summasining 80 foizi;
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Byuro, shuningdek prokuratura organlarining Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan xarid qilingan asosiy vositalarini
sotishdan olingan mablag‘larning 50 foizi, qolgan 50 foizi davlat budjetiga o‘tkaziladi. Byuro va prokuratura organlari tomonidan
asosiy vositalar ommaviy savdolarda sotilgan taqdirda, mablag‘larni taqsimlash ularni baholash va sotish xarajatlari chiqarib
tashlangandan keyin amalga oshiriladi;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa daromadlar”;
g) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagilarga yo‘naltiriladi:
bino va inshootlarini saqlash, foydalanish, qurish va ta’mirlashga;
Byuro organlarini moddiy-texnik jihatdan ta’minlashga, shu jumladan ularni zarur inventarlar, mebel, aloqa, kompyuter
va boshqa orgtexnika hamda boshqa vositalar bilan ta’minlashga, shuningdek kommunal-foydalanish va boshqa joriy
xarajatlarining O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanmagan qismiga;
xizmat va maxsus avtotransport, shuningdek boshqa texnika vositalarini sotib olishga, ularga servis xizmati ko‘rsatish,
ehtiyot qismlari va yoqilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlashga;
Byuro xodimlari mehnatga haq to‘lash fondining Davlat budjetidan moliyalashtirilmaydigan qismini moliyalashtirishga,
shuningdek Byuro xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga va ijtimoiy muhofaza qilishga (xizmat uy-joy qurish, sanatoriya-kurort
va tibbiy xizmat ko‘rsatish, mukofotlar to‘lash, maoshlarga ustamalar belgilash, moddiy yordam ko‘rsatish va hokazo);
qo‘shimcha xodimlarni saqlab turishga, shuningdek tegishli mutaxassislarni fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida
Byuroga ishga jalb qilishga;
belgilangan tartibda Byuro xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijaraga turganlik) uchun to‘lovlarni kompensatsiya
qilishga;
prokuratura organlari xodimlariga uy-joy va avtotransport vositalarini sotib olish bo‘yicha kreditlarning dastlabki
badalini kiritish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foizsiz qarz berishga;
Byuro organlari xodimlariga ovqatlanish va yo‘lkira xarajatlari uchun oylik to‘lovlar to‘lab berishga;
axborot tizimlari, shu jumladan axborot-kompyuter tizimlari, Byuro ma’lumotlar bazasi va axborot resurslarini tashkil
etish, xizmat ko‘rsatish, boshqarish, takomillashtirish va kengaytirish hamda Byuro organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va axborot xavfsizligiga qaratilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirishga;
Byuro xodimlarini, shu jumladan xorijiy davlatlarning ilmiy-tadqiqot, ta’lim va boshqa muassasalarida o‘qitish,
malakasini oshirish hamda stajirovka o‘tashiga;
Byuro vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyuradigan xorijiy davlatlar, xalqaro
tashkilotlar delegatsiyalarining tashriflarini tashkil etishga;
Byuro xodimlarining mamlakat ichkarisidagi va uning tashqarisidagi xizmat safari xarajatlarini to‘lashga;
Byuroning seminarlari, davra suhbatlari, konferensiyalari, amaliy mashg‘ulotlari, treninglari, profilaktika va boshqa
tadbirlarini o‘tkazishga;
Byuro faoliyati uchun zarur bo‘lgan bosma va boshqa materiallar bilan ta’minlashga;
Sud ijrochilarning xalqaro ittifoqi, boshqa ixtisoslashtirilgan xalqaro va regional tashkilotlarda a’zolik uchun badal
to‘lashga;
davlat daromadiga o‘tkazilgan aktivlarni xorijiy davlatlardan qaytarish bilan bog‘liq bo‘lgan qonuniy kuchga kirgan sud
hujjatlarini ijro etilishini ta’minlash uchun Byuro tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlarni, shu jumladan xizmat safarlari
xarajatlarini qoplash, o‘zga tashkilotlarning axborot-maslahat xizmatlari, huquqiy va boshqa xizmatlarni, yig‘im va bojlarni
moliyalashtirishga (qaytarilgan aktivlar yoki ular sotilishidan tushgan mablag‘lar hisobidan ushbu xarajatlarni Jamg‘armaga
qoplash (qaytarish) sharti bilan);
Majburiy ijro tizimi, Byuro organlari va boshqa prokuratura organlari faoliyati samaradorligini ta’minlash va
takomillashtirishga qaratilgan boshqa tadbirlarga”;
d) 8-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin;
e) 9-banddagi “Byuro va prokuratura” va “Jamg‘arma direksiyasi” so‘zlari tegishlicha “Byuroning hududiy boshqarmalari
va boshqa” va “Byuro” so‘zlari bilan almashtirilsin;
yo) 10-banddagi “va prokuratura organlari rahbarlari” so‘zlari “direktori” so‘zi bilan almashtirilsin;
j) 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Xarajatlarni moliyalashtirish Byuro organlari va boshqa prokuratura organlari tomonidan Byuroga taqdim etiladigan
talabnomalar, to‘lovlar jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi”;
z) 13-banddan “Byuro va prokuratura organlari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
i) 14-banddagi “Byuro va prokuratura organlari tomonidan Jamg‘arma Direksiyasiga” so‘zlari “Byuro organlari va boshqa
prokuratura organlari tomonidan Byuroga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
k) 15-banddagi “Jamg‘arma Direksiyasi” so‘zlari “Byuro” so‘ziga almashtirilsin;
l) 17 -band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin;
m) 18-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kuzatuv kengashi tarkibiga lavozimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi
Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy
jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i, shuningdek, boshqa mas’ul shaxslar ham kiradi”;
n) 22-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
1
“22. Jamg‘armaning joriy faoliyatiga rahbarlik, shu jumladan Jamg‘arma mablag‘lari to‘planishi va sarflanishini tezkor
boshqarish Byuro tomonidan amalga oshiriladi”;
o) 24-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“24. Byuro Jamg‘armaning joriy faoliyatiga rahbarlikni amalga oshirish doirasida quyidagi huquqlarga ega”;
uchinchi xatboshidan “Byuro” so‘zi chiqarib tashlansin;
p) 25-bandda:
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“25. Byuro Jamg‘armaning joriy faoliyatiga rahbarlikni amalga oshirish doirasida quyidagilarga majbur”;
oltinchi xatboshida “va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga” so‘zlari “organlari va boshqa prokuratura
organlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
r) 26-27-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin;
s) 28-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“28. Byuro har hisobot choragidan keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmasdan O‘zbekiston Respublikasi Bosh
prokuroriga daromadlari va xarajatlari bo‘yicha ma’lumotlar, shuningdek Jamg‘arma Kuzatuv kengashiga yillik hisobotni taqdim
etadi. Byuro har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishi to‘g‘risida qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda hisobot taqdim etadi”;
t) 29-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin;
5) 3-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Do'stlaringiz bilan baham: