Subyektlar faoliyatini boshqarishni axborotlar bilan ta`minlash va moliyaviy hisobotlardan foydalanish reja



Download 39,46 Kb.
bet1/8
Sana31.08.2021
Hajmi39,46 Kb.
#161163
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Маъруза №2



SUBYEKTLAR FAOLIYATINI BOSHQARISHNI AXBOROTLAR BILAN TA`MINLASH VA MOLIYAVIY HISOBOTLARDAN FOYDALANISH


Reja:

1. Moliyaviy menejmentni tashkiliy va axborotlar ta`minot tizimining tuzilishi.

2. Tadbirkorlik moliyaviy menejmentining tizimida moliyaviy hisobotlar tushunchasi va ularning qo`llanilish xususiyatlari.

3. O`zbekiston Respublikasida moliyaviy hisobotlarni tashkil qilish va yuritishning huquqiy-me`yoriy asoslari

4. Moliyaviy hisobot va uni yuritish talablari.

Tayanch iboralar: moliyaviy hisobotlar, moliyaviy menejment, boshqarish­da axborotlar, moliyaviy resurslar, tadbirkorlik, moliyaviy strategiya, faktoring.

1. Moliyaviy menejmentni tashkiliy va axborotlar ta`minot tizimining tuzilishi.

Har qanday taraqqiy etgan davlat iqtisodiyotini ikkita yirik sektorga bo`lish mumkin – xususiy va davlat sektorlari. O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq iqtisodiyotning xususiy sektorini xo`jalik jamiyatlari va shirkatlari (AJ, MCHJ, QMJ, to`liq shirkat, kommandit shirkat), kooperativlar, xususiy korxonalar, fermer xo`jaliklari kabi tashkiliy-huquqiy shakllarga ega bo`lgan korxonalar namoyon etadi.

Ushbu korxonalar xususiy sektorga tegishli bo`lishiga qaramay, ularning tashkiliy-huquqiy shakllari o`ziga xos xususiyatlarga ega.

Ustav fondi jamiyatning aktsiyadorlarga nisbatan majburiyatlarini tasdiqlovchi aktsiyalarning ma`lum soniga bo`lingan xo`jalik yurituvchi subyekt aktsiyadorlik jamiyati (AJ) deb e`tirof etiladi. AJ davlat ulushiga ega bo`lishi, davlat ulushiga ega bo`lmasligi va qo`shma korxonalar bo`lishi mumkin. Fuqarolik Kodeksiga ko`ra ustav fondi ta`sis hujjatlari bilan belgilangan miqdordagi ulushlarga bo`lingan bir yoki bir necha shaxslar tomonidan ta`sis etilgan jamiyat qo`shimcha mas`uliyatli jamiyat (QMJ) deb e`tirof etiladi. Bunday jamiyat ishtirokchilari uning majburiyatlari bo`yicha o`z mol-mulki bilan jamiyatning ta`sis hujjatlari bilan belgilanib, ular tomonidan kiritilgan ulushlarning qiymatiga nisbatan hamma uchun bir xil bo`lgan katta miqdorda subsidiar javobgarlikka ega.

Ustav fondi (ustav sarmoyasi) ta`sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlar ulushiga bo`lingan bir yoki bir necha shaxslar tomonidan ta`sis etilgan xo`jalik jamiyati mas`uliyati cheklangan jamiyat (MCHJ) deb e`tirof etiladi. Jamiyat ishtirokchilari uning majburiyatlari bo`yicha javob berishmaydi va faqat ular tomonidan kiritilgan ulushlar chegarasida jamiyat faoliyati bilan bog`liq zararlar xatariga ega (O`zbekiston Respublikasining «Mas`uliyati cheklangan va qo`shimcha mas`uliyatli jamiyatlar to`g`risida»gi qonuni, 1-modda).

Aktsiyadorlik va mas`uliyati cheklangan jamiyatlarini boshqarish ma`lum bir tamoyillarga asoslanib amalga oshiriladi:


  1. Mehnat taqsimoti

  2. Vakolatlilik va majburiyat.

  3. Intizom

  4. Boshqaruvda yakkaboshchilik va kollegiallik.

  5. Maqsadning yagonaligi tamoyili

  6. Shaxsiy manfaatlar bilan subyektning manfaatlarini qo`shib olib borish.

  7. Rag`batlantirish tamoyili

  8. Rejalilik.

  9. SHaxsiy tashabbuskorlik.

  10. Javobgarlik va tavakkalchilik.

  11. Boshqaruv etikasiga rioya etish.

  12. Boshqaruvning shakli va usullarini takomillashtirib borish.

Korxonaning moliyaviy resurslari bu xo`jalik subyektlari ixtiyorida bo`lgan va moliyaviy majburiyatlarni, kengaytirilgan ishlab chiqarishni va ishchilarni mod­diy rag`batlantirishni ta`minlaydigan pul daromadlari va tushumlaridir. Moliyaviy resurslarning dastlabki tashkil etilishi korxona tuzilayotgan paytda amalga oshadi.

Korxonalarning boshqa tizimlar bilan o`zaro moliyaviy aloqalarida ikkita muhim o`zgarishni ta`kidlash lozim: sug`urta operatsiyalarining rivojlanishi va qaytarishsiz olinadigan subsidiyalar sohasini qisqarishi.





12.1-rasm.

Bosh strategik maqsadlari va ayrim strategik vazifalarning bajarilishi strategiyasiga (ayrim strategik maqsadlarga erishishlar) qarab bosh va tezkor moliyaviy strategiyaga bo`linadi.




Download 39,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish