Faktori operatsiyalarining afzalligi:
Mol yetkazib beruvchilar uchun:
Faktoring xizmatlari ishlab chiqarish hajmini oshirmoqchi bo`lgan mikrofirma va kichik korxonalar uchun ko`proq samaradorlikka ega;
Mol yetkazib beruvchi tovar etkazib berish, xizmat ko`rsatish, ish bajarishdan so`ng 3 kun ichida talab qilingan mablag`ning asosiy qismini (80% i) qabul qiladi.
Mol yetkazib beruvchi to`lov muddatini aniq biladi, shunga qarab u o`zining to`lovlarini rejalashtirishi mumkin.
Xaridorlar uchun:
Xaridor 90 kungacha tavarni kreditga olish imkoniyatiga ega bo`ladi, bunda xaridor oldindan to`lab borishi ham mumkin.
Faktoring xizmatlari qiymati
Faktoring xizmatlari qiymati mol yetkazib beruvchiga taqdim etilishi lozim summa qiymati hamda bankning joriy stavkalar bo`yicha faktoring komission qiymatidan kelib chiqadi. Faktoring xizmatlar qiymatini hisoblash uchun baza bo`lib talab qilingan summadan foiz va xaridorning kechiktirgan kunlar miqdori hisoblanadi.
Lizing jihozi to`liq qoplanadigan lizing, qoidaga ko`ra, moliyaviy ataladi. Moliyaviy lizing, ya`ni mulk qiymati to`liq to`lanadigan lizing mulki, shu bilan tavsiflanadiki, lizing oluvchiga foydalanish uchun mulk beriladigan muddat davomiyligiga ko`ra lizing beruvchi mulki qiymatining butun yoki ko`p qismi ekspluatatsiyasi va ammortizatsiyasi muddatiga yaqinlashadi. Moliyaviy lizing shartnomasi muddati mobaynida lizing beruvchi lizing to`lovlari orqali mulkning butun qiymatini o`ziga qaytaradi va bitimdan tegishli foyda oladi. Moliyaviy lizing lizingning jahon miqyosida eng ko`p tarqalgan turidir va uning ko`plab xillari bor. Bular o`z mustaqil funktsiya va nomiga ega.
To`liq qoplanmaydigan lizing, odatda, tezkor hisoblanadi, chunki, lizing beruvchining lizing mulkini olishi va saqlashi bilan bog`liq sarflari, qoidaga ko`ra lizing muddat mobaynida to`la qoplanmaydi. Tezkor lizingning moliyaviy lizingdan shu bilan farqlanadiki, bunda sotib olish huquqi bo`lmaydi va lizing to`lovlari lizing beruvchining barcha sarflarini qoplamaydi.
Lizing to`lovlari lizing oluvchi balansida mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga o`tkazish qo`yidagi tatibda amalga oshiriladi. Lizing to`lovlarining umumiy summasi qo`yidagilardan iborat:
qaytariladigan lizing obyektining to`liq summasidan;
lizing shartnomasiga binoan sotib olingan mulk uchun olingan kredit resurslar bo`yicha to`lanma;
lizing beruvchiga to`lanadigan komission to`lanma;
agar lizing beruvchi lizing obyektini sug`urta qilgan bo`lsa, sug`urta to`lovlari ;
lizing shartnomasida nazarda tutilgan lizing beruvchining boshqa xarajatlari.
Nazorat savollari
Moliyaviy menejment qanday axborotlar bilan ta`minlanadi?
Strategik moliyaviy menejment nimani ko`zlaydi?
Korxona moliyaviy resurslari qanday yo`naltiriladi?
Qisqa muddatli moliyalashning asosiy manbaalari nimalardan iborat?
Faktoring operatsiyalarining afzalligi nima?
Do'stlaringiz bilan baham: |