Navoiyni birinchi ustoz hisoblagan. Zamondoshlari Muqimiy, Furqat, Zavqiylar bilan tanish bo‘lgan. She’rlarida ularga murojaat qilgan, ular bilan bahslashgan. O‘zbekcha she’rlari (48 ta) dan devon tuzgan. Undan 41 g‘azal, 4 muxammas, 1 qit’a, 1 masnaviy, 1 mustazod o‘rin olgan. - Navoiyni birinchi ustoz hisoblagan. Zamondoshlari Muqimiy, Furqat, Zavqiylar bilan tanish bo‘lgan. She’rlarida ularga murojaat qilgan, ular bilan bahslashgan. O‘zbekcha she’rlari (48 ta) dan devon tuzgan. Undan 41 g‘azal, 4 muxammas, 1 qit’a, 1 masnaviy, 1 mustazod o‘rin olgan.
- 70 – yillarning boshida shoiraning 40 ga yaqin she’rdan iborat yana bir qo‘lyozma devoni, “Qarolar falsafasi” risolasi, 160 misralik “yakka bayt”lari topildi, tojikcha g‘azallaridan devon tuzish niyati bo‘lgan, ammo bor – yo‘qligi hozircha noma’lum. Anbar Otin she’rlaridan aksariyati ijtimoiy mavzuda. Zamona adolatsizligidan, mehnatkash xalqning og‘ir ahvolidan so‘z ochadi.
- Shoira she’rlarida ma’rifatni ulug‘laydi. “Qarolar falsafasi” asarida ayollarning og‘ir qismati haqida hikoya qiladi. Bundan tashqari, lirikasida sof sevgi tarannum etiladi. Shoira sakkiz yoshidan to o‘n to‘rt yoshgacha odob ta’limiga mashg‘ul bo‘ladi. O‘n to‘rt yoshida esa o‘ratepalik novvoy Zohidxo‘ja ismli yigitga uzatadilar. Zohidxo‘ja she’riyat muxlisi bo‘lib, qo‘qonlik mashhur shoirlarni yaqindan bilar edi. Ular faqirona umr kechirdilar.
“Qarolar falsafasi” risolasi. - “Qarolar falsafasi” risolasi.
-
- Uning axloqiy qarashlari lirik – falsafiy she’rlarida va “Qarolar falsafasi” (1898) risolasida o‘z aksini topgan. Anbar Otin ham inson axloqiy darajasini aql, ilm – ma’rifat bilan bog‘laydi va ijtimoiy taraqqiyotiga aqliy hamda axloqiy yuksaklik orqali erishish mumkin, degan aqidaga amal qiladi. Uning asarlarida axloqsizlik botqog‘iga botib borayotgan jamiyatga nafratni, shariat va tariqat namoyandalari aynib ketganligi, boylardan insof ko‘tarilganligi haqidagi fikrlar ilgari suriladi.
- “Muqimiyga”, “Mingboshi kal Omil hajvi”, “Olimjon hoji ta’rifi” kabi she’rlarida ana shu yo‘nalishni ko‘rish mumkin. Tanqidiy – badiiy shakldagi bu yo‘nalish “Qarolar falsafasi” risolasida falsafiy – tahliliy shakl kasb etadi.
- “Qarolar falsafasi” asari asosan bir – birining ziddi bo‘lmish ikki muammo: ijtimoiy adolat va ijtimoiy zulm tushunchalariga bag‘ishlangan. Risola ko‘p o‘rinlarda falsafiy – majoziy talqinlardan iborat.
- Risola davomida ayniqsa, uning birinchi faslida qora va oq ranglarning majoziy hamda botiniy mohiyati o‘ziga xos tarzda ifodalanadi. Qora mehnati tufayli dunyoni yashnayotgan insonlar qalbining oqligi, oq tana-yu oq bilak kimsalar qilayotgan ishlarning qoraligi ta’kidlanadi va ular shu orqali axloqiy mazmun kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |