Bozor munosabatlari – bu birinchi navbatda pul shaklida namoyon bo‘lgan almashish munosabatlaridir.
Bozor munosabatlarning sub’ektlari bo‘lib mulkka va professional ko‘nikmalarga ega bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek davlat bo‘lishi mumkin. Sotuvchi va xaridordan tashqari bozorda sotuvchi va xaridorni bir-birini topishga yordam beradigan vositachi ham bo‘lishi mumkin.
Jismoniy shaxslar orasida bozor iqtisodiyoti sub’ektlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: tadbirkorlar, o‘z mehnatini sotayotgan xodimlar va ishchilar, oxirgi iste’molchilar, ssuda kpitali egalari, qimmatli qog‘oz egalari, savdogarlar, bozorga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar va shu kabilar. YUridik shaxslar ichida bozor sub’ektlari bo‘lib uy xo‘jaliigi, korxona (firma), bank va davlat hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |