Bozor iqtisodiyoti – bu tizimli tushuncha bo‘lib, quyidagilarni anglatadi:
Bozor munosabatlari iqtisodiyotning barcha jabhalariga singib ketgan va ularni qamrab oladi.
Bozor munosabatlari iqtisodiyot faoliyatini tashkillashtirishning asosiy shakliga aylanadi.
Bozor munosabatlari jami ijtiomiy mahsulotning hosil qilish elementiga aylanadi.
Bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari:
xususiy mulk, uning asosida tovar ishlab chiqaruvchilarining iqtisodiy alohidaligi vujudga keladi;
qaysi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanishni tanlash erkinligi;
shaxsiy manfaat – shaxsiy foyda olish omili;
narxlar tizimiga tayanish;
monopolizmni istisno qiluvchi tovar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat;
davlatning xo‘jalik faoliyatida ishtirok etishining cheklanganligi.