O‘tish iqtisodiyoti – o‘zgarishlar holatida bo‘lgan, ham bitta turdagi xo‘jalik doirasida bitta holatdan boshqasiga o‘tish, ham ham bitta xo‘jalik turidan boshqasiga o‘tish holatida bo‘lgan iqtisodiyotdir.
Aralash iqtisodiyotning eng mashhur milliy modellariga fatoriga amerika modeli, shvetsiya modeli, yaponiya modellari kiradi.
Amerika modeli xususiy mulkchilikning ustivorlik qilishiga, tadbirkorlik faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga, mehnatning yuqori unumdorligi va shaxsiy muvaffaqiyatga erishishni ommaviylashtirishga asoslangan. Davlatning iqtisodiyotga ta’siri bunda asosan barqaror kon’yunktura va iqtisodiy muvozanatni qo‘llab quvvatlashga qaratilgan. Bunda ijtimoiy muvozanatni ta’minlash vazifasi qo‘yilmaydi.
YAponiya modeli davlat tomonidan kapitalni har tomonlama boshqarish, uning to‘planishini rag‘batlantirish va korporativ boshlanishning alohida ijtimoiy ahamiyatiga asoslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |