Struktura uchebnika soderjit razdelы, raskrыvayuщie evolyusiyu ekonomicheskoy mыsli, mikroekonomiku, makroekonomiku I teoreticheskie osnovы vneshney torgovli


Iqtisodiy tanlov va ishlab chiqarish imkoniyatlarining chegaralari



Download 455,4 Kb.
bet16/93
Sana11.02.2022
Hajmi455,4 Kb.
#444064
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   93
Bog'liq
Замонавий иктисодий назария лотин

Iqtisodiy tanlov va ishlab chiqarish imkoniyatlarining chegaralari.

Nima, qanday va kim uchun ishlab chiqarish kerak? Ishlab chiqarishini rivojlantirmoqchi bo‘lgan istalgan davlat o‘z oldiga uchta asosiy savolni qo‘yishi lozim: 1) boyliklar orasidan nimani ishlab chiqarish? 2) uni qanday ishlab chiqarish? 3) uni kim uchun ishlab chiqarish?
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqaruvchi o‘z oldiga mumkin qadar ko‘proq foyda olishni maqsad qiladi va ishlab chiqarish uchun eng mos bo‘lgan moddiy boyliklarni tanlab oladi. Bu birinchi savol – nima ishlab chiqarish kerak degan savolga javob bo‘ladi.
Ishlab chiqariladigan tovarlarni aniqlagandan so‘ng, firmalar bozor iqtisodiyotida ishlab chiqarishga eng kam xarajatni ta’minlovchi texnologiyalarni tanlaydi. SHu tarzda bozor iqtisodiyotning ikkinchi fundamental savoliga javob beradi – tovar va xizmatlarni qanday ishlab chiqarish?
CHeklangan iste’molchilik resursi hisoblangan pul daromadiga ega aholi, aholi turli tovarlarning narxini shaxsiy imkoniyatlari bilan taqqoslab, nimani va qanday narxda xarid qilishni tanlaydi. Tabiiyki, boxor iqtisodiyotida tovar iste’molchi uchun ishlab chiqariladi.
Kamyoblik qonuni. Bozor iqtisodiyotida resurslar nafaqat shunchaki cheklangan, ular kamyob hisoblanadi, ya’ni ular barchaga ham etavermaydi va shuning uchun odamlar ulardan foydalanish huquqi uchun kurashishga majbur.
Xo‘jalik amaliyotida resurslarning cheklanganligi, ularning kamyobligi va insonlarning nimani ishlab chiqarish, nimadan voz kechish o‘rtasida tanlash o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik ro‘y berib turadi. SHuning uchun iqtisodiyotda kamyoblik qonuni mavjud. Uning mohiyati cheksiz o‘sayotgan ehtiyojlarni qondirishning imkoni yo‘qligida ifodalanadi, bu esa odamlarni ushbu ehtiyojlarni qondirishda navbat va qondirilish darajasi o‘rtasida tanlovni amalga oshirishga, shuningdek ularni ushbu holatda resurslardan oqilona foydalanishga majbur qiladi.
Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘i. Kamyoblik qonunining ishlashini ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘i orqali tasvirlash mumkin. U tovar yoki xizmat ishlab chiqarilishining qanday maksimal hajmi, boshqa tovarni ishlab chiqarishning ushbu hajmida olinishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘i iqtisodiy bo‘shliqni ikki qismga bo‘ladi: mumkin bo‘lgan va ishlab chiqarish darajalarining resurslar bilan ta’minlanmaganligi tufayli mumkin bo‘lmagan imkoniyatlar. Ushbu egri chiziqning o‘zi ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirgan yoki cheklagan holda siljib (o‘zgarib) turishi mumkin.
Egri chiziqning progressiv siljishi ikki vaziyatda ro‘y beradi:

  1. ilmiy-texnik taraqqiyot ta’siri ostida (ixtirolar, yangi texnologiyalar va sh.k.);

  2. resurslarning o‘sishi natijasida (yangi konning ochilishi, mehnatga qodir aholi sonining o‘sishi va sh.k.).

Omillarning muvozanatli nisbatida istiqbolda ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘ining siljishi teng ravishda amalga oshadi.
Muqobil qiymat tushunchasi.
Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘i resursning bir tovarni ishlab chiqarishdan muqobil qiymat shaklidagi boshqasiga o‘tish narxini ko‘rsatadi. Muqobil qiymat – bu tovarning qo‘shimcha birligini ishlab chiqarish uchun voz kechish lozim bo‘lgan muqobil tovar miqdori.
Gap ishlab chiqaruvchi tomonidan qo‘ldan boy berilgan – muqobil xarajatlar deb ataluvchi imkoniyatlarni qayd etish haqida ketmoqda.
Ishlab chiqarish funksiyasi. Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘ining siljishi iqtisodiyot qanchalik ko‘p hajmdagi resurslarga ega bo‘lsa, u shunchalik katta natijalarga erishishini yaqqol ko‘rsatib turibdi.
Ishlab chiqarishning foydalanilgan omillari va mahsulotni ishlab chiqarishning eng ko‘p hajmi o‘rtasidagi bunday bog‘liqlik ishlab chiqarish funksiyasi deb ataladi.
Istalgan firma o‘zining ishlab chiqarish funksiyasiga ega.
Umumiy ko‘rinishda uni quyidagicha yozish mumkin:
u = f (a1,a2,…an), (4.1)
bu erda, u – mahsulot ishlab chiqarish hajmi; a1, a2… an – qo‘llanilgan ishlab chiqarish omillari.
Milliy iqtisodiyotda faoliyat yuritayotgan barcha firmalarning ishlab chiqarish funksiyalarini jamlar ekanmiz, bitta umumiy qo‘shilgan ishlab chiqarish funksiyasini olish mumkin. Unda shaxsiy ishlab chiqarish funksiyalarining barcha qirralari uchta katta agregatga bo‘linadi – mehnat, kapital, er:
u=f (L, K, N), (4.2)
bu erda u – ishlab chiqarish hajmi;  L – mehnat; K – kapital; N – er.


Download 455,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish