Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida mulk shakllarning ko‘pligi, ularni o‘zgartirish yo‘llari va usullari.
Mulk shakli – ijtimoiy ishlab chiqarish natijalari va moddiy omillarining uning asosiy sub’ektlariga tegishliligining o‘ziga xos hususiyati.
Xususiy mulk ishlab chiqarish vositalari va natijalari alohida shaxslarga tegishli bo‘lgan holatda mavjud bo‘ladi.
Jamoa (guruh) mulki mehnat va mulkning jamoaviy birligi, ya’ni jamoaning har bir a’zosi ishlab chiqarish vositalari va ishlab chiqarilgan mahsulotning mulkdori bo‘lgan holatni ifodalaydi.
Jamoat mulki birgalikda boylikdan foydalanish, u yoki bu ob’ektning butun jamiyatga tegishli ekanligini anglatadi. Ushbu mulk shakli, qoidaga ko‘ra, davlat mulki shaklida namoyon bo‘ladi.
“O‘zbekiston Respublikasida mulk to‘g‘risidagi” Qonunga muvofiq (1990 yil) mulk shakllari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
Xususiy mulk – ishlab chiqarish vositalari va natijalari alohida shaxslarga tegishli bo‘ladi;