Gaz va gazkondensat quduqlarini tubidan suyuqliklarni chiqarish usullari va jihozlari Gaz quduqlarida gaz va qatlamning tubi zonasidan kirib keladigan suvlarni va
bugʼsimon suvlarni kondensatsiyalanishi sodir bоʼladi. Gazkondensat quduqlarida bu
suyuqlikka qatlamdan kirib keladigan va quduq stvolida paydo bоʼladigan
uglevodorodli kondensat qоʼshiladi. Uyumlarni ishlatishni boshlangʼich davrida katta
tezlikda quduqning tubiga kirib keladigan kichik miqdordagi suyuqlik miqdori gazning
oqimi bilan birgalikda yer ustiga olib chiqiladi.
Quduqning tubiga kirib keladigan
gazning tezligini pasayishi va suyuqlik sarfining kоʼpayishi, quduqning tubiga
оʼtkazuvchan suvlangan qatlamlardan suyuqlikni kirib tоʼplanishi va gʼovaklik
muhitini kondensatga tоʼyinish hajmini kuchayishi natijasida suyuqlik tоʼliq olib
chiqilmaydi va quduq tubida suyuqlik ustunini tоʼplanishi sodir bоʼladi. Buning
ta‘sirida qatlamga qarshi bоʼlgan bosim kuchayadi, quduqning debitini amaliy
kamayishga olib keladi, past оʼtkazuvchan qatlamlardan gaz oqimin kirib kelishi
tоʼxtaydi va quduqning ishini tоʼliq tоʼxtashishi bilan tugallanadi.
Bunday sharoitda
quduqlarni samarali ishlatishning har xil metodlari ishlangan.
Quduqqa suyuqlikni kirib kelishini oldini olishda quduq tubidan gazni olish
sharoitini ushlab turish uchun qatlamda quduq tubi zonasida suvni va suyuq
uglevodorodlarni kondensatsiyalanishiga, tub suvlarni konussimon yoki quduqqa
chetki suvlarni til kоʼrinishida yorib kirishiga yоʼl qоʼyilmaydi. Bundan tashqari
quduqqa chetki va qatlam suvlarini kirib kelishi izolyatsiya qilinadi.
Xulosa
Gaz quduqlarining konstruksiyasi asoslangan, gazning fizik xossalari
toʻgʻrisidagi ma‘lumotlar, gaz quduqlarining yer usti jihozlari mustahkamlash quvurlar
birikmasining yuqori uchini va favvora quvurlarini biriktirish, quvurlar oralig‗idagi
fazosini va jihoz detallarining birikish oraliqlarini germetiklash, quduqni ishlatishni
texnologik rejimini boshqarishni va nazorat boʼyicha tadbirlarni amalga oshirish kabi
ma‘lumotlar, yuqori debitli quduqlarni yer usti jihozlaridagi qiyinchilar toʻgʻrisidagi
ma‘lumotlar izohlangan, gaz quduqlarida qоʼllaniladigan NKQlarning diametrini
aniqlash bоʼyicha tushunchalar bayon qilingan. Quduqqa suyuqlikni kirib kelishini
oldini olishda quduq tubidan gazni olish sharoitini ushlab turish uchun qatlamda quduq
tubi zonasida suvni va suyuq uglevodorodlarni kondensatsiyalanishiga, tub suvlarni
konussimon yoki quduqqa chetki suvlarni til kоʼrinishida yorib kirishiga yоʼl
qоʼyilmaydi. Bundan tashqari quduqqa chetki va qatlam suvlarini kirib kelishi
izolyatsiya qilinadi.
Quduqning tubidagi suyuqlik tоʼxtovsiz yoki davriy ravishda chiqarilib turiladi.
Quduqlardan suyuqliklarni tоʼxtovsiz chiqarish uchun uni yuqori tezlikda ishlatish, yer
usti ajratgichlariga quduq tubidan suyuqlikni chiqishini ta‘minlash, suyuqlikni
quduqqa tushirilgan sifonli yoki favvora quvurlarni gazlift yordamida ishlatish orqali
olish, plunjerli lift yoki quduq nasoslari yordamida ishlatish yordamida yer ustiga
chiqariladi. Gaz quduqdan suyuqlik bilan birgalikda past bosimli gazni yigʼish
kollektoriga tоʼplanadi, ajratgichlarda suvdan ajratiladi va siqib haydashga yoki
mash‘alaga yoqishga beriladi.