•Stress- so’zi ingliz tilidan olingan bo’lib



Download 21,19 Kb.
bet1/3
Sana24.12.2022
Hajmi21,19 Kb.
#895595
  1   2   3
Bog'liq
stress — копия


Stress
Stress — inson organizmining haddan tashqari zo’riqish, salbiy emotsiyalar yoki oddiygina zerikishga bo’lgan javob reaktsiyasidir. Stress chog’ida inson organizmi yechim izlashga undaydigan adrenalin gormoni ishlab chiqaradi. Kichik miqdordagi stress hamma uchun kerak, chunki bu kishini fikrlashga, muammodan chiqish yo’lini topishga undaydi, stresssiz hayot zerikarli bo’lar edi. Boshqa tomondan, agar stress juda ko’p bo’lsa, tana zaiflashadi, kuchsizlanadi va muammolarni hal qilish qobiliyatini yo’qotadi. Ushbu muammoga bir qancha ilmiy tadiqotlar bag’ishlangan. Stressning paydo bo’lish mexanizmlari batafsil o’rganilib chiqilgan va juda murakkabdir: ular bizning gormonal, asab va qon tomir tizimlarimiz bilan bog’liq.
•Stress- atamasi birinchi bo’lib avstraliyalik vrach Gans Sele tomonidan fanga kiritilgan.
•Stress- so’zi ingliz tilidan olingan bo’lib bosim degan ma’noni bildirib , kuchli qo'zg'aluvchi ta’sirida yuzaga keladigan ruhiy holatdir.
•Stress- inson organizmi va psixikasining tashqi muhitdan kelayotga sarbiy tasirga javob reaksiyasi . Oddiy qilib aytganda, stress inson hayotida vujudga kelgan muamoni yecha olmayotganidan aziyat cherish xisini paydo bo'lishi.
Stress- og’ir , murakkab yoki mushkul sharoitlarda yuzaga keluvchi psixikaning yuzada kelishidir .
Stress- inson organizmining tashqi muhitga reaksiyasi . Inson miyasi tanning barcha a'zolarga ko’p garmonlarni yuboradi . Natijada yurak tez-tez uradi,qon bosim oshadi , o’pka qisqaradi yoki kengayadi, mushaklar taranglashadi. Inson nima bo'lganini hali to’liq tushunmagan xolda , organizm harakat qilishga tayyor turadi. Stressli vaziyat o‘tib ketgach, organizm yuqori tayyorlik holatidan chiqib, me’yoriy faolligiga qaytadi.
Garchi stress hammaga bir xil ta’sir qilmasa-da, u ko‘pgina kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Stress inson tanasining deyarli barcha a’zolariga ta’sir qiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, og’ir stresslar sog’liqqa ta’sir qiladi. Stress immunitetni pasaytiradi va ko’plab kasalliklarga sabab bo’ladi (yurak-qon tomir, oshqozon-ichak va boshqalar). Shuning uchun stressli vaziyatga qarshi tura olish va hayotga ijobiy qaray olishni o’rganishga to’g’ri keladi.
STRESSNING BUTUN TANNA A’ZOLARGA TA’SIRI.
ASAB TIZIMI.
Asab tizimining faolligi tufayli organizmingizda adrenalin va kortizol nomli gormonlar ishlab chiqariladi. Oqibatda yurak tez ura boshlaydi, qon bosimi hamda qondagi glyukoza miqdori oshadi. Bular esa xavf-xatarga tezda reaksiya qilishingizga imkon beradi. Kuchli stress quyidagilarga olib keladi:
jizzakilik, tashvishlanish, depressiya, bosh og‘rig‘i, uyqusizlik.
Suyak-mushak tizimi
Sizni zarardan himoyalash uchun mushaklaringiz taranglashadi. Kuchli stress quyidagilarga olib keladi:
tanadagi og‘riqlar, zo‘riqish bosh og‘rig‘i, mushaklar tortishib qolishi.
Nafas tizimi
Ko‘proq havo olish uchun tez-tez nafas olasiz. Kuchli stress quyidagilarga olib keladi:
O‘pkaning giperventilyatsiyasi va hansirash, shuningdek, moyilligi bor kishilarda vahimaga tushish holatlari kuzatiladi. Yurak-tomir tizimi
Tanangiz bo‘ylab qon yugurishi uchun yuragingiz tezroq va kuchliroq ura boshlaydi. Organizmning qonga ko‘proq ehtiyoji bo‘lgan joyiga, masalan, mushaklaringizga qon yetkazib berish uchun qon tomirlari kengayib-torayadi. Kuchli stress quyidagilarga olib keladi:
yuqori qon bosimi, yurak xuruji, insult
Endokrin tizimi
Tanangizdagi bezlar adrenalin va kortizol nomli gormonlarni ishlab chiqaradi. Ular esa organizmingiz stressga reaksiya qilishiga ko‘maklashadi. Sizga quvvat berishi uchun jigaringiz qondagi qand miqdorini oshiradi. Kuchli stress quyidagilarga olib keladi:
diabet kasalliklari, immunitet pasayishi va kasalliklar kuchayishi, kayfiyat o‘zgarib turishi, ortiqcha vazn
Oshqozon-ichak tizimi
Ovqat hazm qilish jarayoni buziladi. Kuchli stress quyidagilarga olib keladi:
ko‘ngil aynishi, qayd qilish, ich ketish, qabziyat
Reproduktiv tizim
Stress jinsiy maylga hamda jinsiy a’zolarning faoliyatiga ta’sir qiladi. Kuchli stress quyidagilarga olib keladi:
mijoz sustligi (impotensiya), hayz siklining buzilishi .
Stress Psixologik qarashlar va izlanishlar natijasida 2 xil turga bo’lingan:
- Eustress (foydali stress)
- Distress (zararli stress)

Eustresslar («foydali» stresslar). Muvaffaqiyatli yashash uchun har birimiz stressning biroz miqdoriga muhtojmiz. Bu bizning rivojlanishimizning asosiy omili. Bu holatni «uyg‘onish reaksiyasi» deb atash mumkin. Bu uyqudan uyg‘onish kabidir. Ertalab ishlashga borish uchun avvalo yotoqdan turish va uyg‘onishingiz kerak. Ish faolligiga erishish uchun sizga turtki — kichik dozada adrenalin kerak. Eustress aynan shu vazifalarni bajaradi.
Distresslar (zararli stresslar) keskin zo‘riqishlarda yuzaga keladi. Stressning aynan shu turi barcha tushunadigan stressni ifodalaydi.
Stress oqibatlari:

Download 21,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish