3. Ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish va tartibga solish. Ushbu funksiya firmaning strategik rejasida ko’zda tutilgan maqsadlariga erishishi uchun tarkibiy o’zgarishlarni (korxonalar, ishlab chiqarish, sexlar) kuchaytirishdan iborat. Korxona strategiyasi o’zaro bog’liq maqsad va vazifalarning murakkab tizimini qamrab oladi. Shuning uchun strategik rejaning barcha qismlari resurslar, tarkibiy bo’linmalar va ijrochilar o’rtasida o’zaro bog’liq bo’lishi shart. Bu bog’liqlik rejalashtirish ko’rsatkichlarini shakllantirish tizimi, shuningdek, korxona boshqaruv apparatida uyg’unlikka javob beruvchi bo’linma yoki ijrochining mavjudligi bilan ta’minlanadi. Ichki ishlab chiqarish operasiyalari muvofiqlashtirish va tartibga solishning ob’ektlari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |