2. Strategik rejalashtirishning tarkibiy tuzilishi. - Strategik rejalashtirishni boshqarishning bir-biridan kelib chiquvchi, o’zaro bog’liq oltita jarayon yig’indisi sifatida ko’rib chiqish mumkin. Shu bilan bir vaqtda barqaror qarama-qarshi bog’liqlik va har bir jarayonning qolganlariga ta’sir etishi amal qiladi.
1. Tashkilot missiyasini aniqlash. Bu jarayon tashkilot mavjudligini, uning ixtisoslashuvini, bozor iqtisodiyotidagi roli va o’rnini belgilashdan iborat. Bozor talablaridan, iste’molchilarning xohishidan, mahsulotning xususiyati va raqobatbardoshlik jihatlarining mavjudligidan kelib chiqib, firmalar biznesdagi o’z yo’nalishini belgilaydi, tashkilot missiyasini aniqlash firmaning ushbu yo’nalishini tavsiflab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |