234
KIRISH
―Strategik menejment‖ fanining ishchi-o‘quv dasturi mamlakatimizda bozor
iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida eng dolzarb masalalardan biri strategik
rejalashtirish va strategik boshqaruv jarayonidir.
Ya‘ni mamlakatimiz xalq xo‘jaligining asosiy bo‘g‘inlari bo‘lgan ishlab
chiqarish korxonalarni va xizmat ko‘rsatish kompaniyalarini strategik boshqarish,
buning natijasida jahon bozorida o‘z mavqeiga ega bo‘lish, raqobatchilikda yutib
chiqish, mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirishdir.
―Strategik menejment‖ fanining mazkur ishchi o‘quv dasturi O'zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi ―O‗zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bo‗yicha Harakatlar strategiyasi to‗g‗risida‖gi PF-4947-
sonli Farmoni, 2017 yil 20 apreldagi ―Oliy ta‘lim tizimini yanada rivojlantirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida‖gi PQ-2909-sonli Qarori,
2017 yil 27 iyuldagi
―Oliy
ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va
tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida‖ PQ-
3151
-son Qarori hamda
2018 yil 5 iyundagi
―Oliy ta‘lim muassasalarida ta‘lim
sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli
islohotlarda faol ishtirokini ta‘minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar
to'g'risida‖gi
PQ-3775-sonli Qarorlarining asosiy qoidalariga muvofiq ishlab
chiqilgan va unda «Iqtisodiyot nazariyasi» fanini o`qitishda zarur bo`lgan asosiy
jihatlar yoritilgan.
I.
O„quv fanning dolzarbligi va oliy kasbiy ta‟limdagi o„rni
―Strategik menejment‖ fani zamonaviy iqtisodiyotning muhim ajralmas
qismi hisoblanadi. Jamiyatimizdagi boshqaruv jarayoni va strategik boshqaruv
munosabatlarining mavjudligi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarining uzluksizligini
ta‘minlash imkonini beradi. Shuningdek iqtisodiyotni rivojlantirishda mamlakatda
faoliyat yuritayogan korxona va tashkilotlarning amalga oshirayotgan ishlari va
ko‗rsatayotgan xizmat turlari asosan strategic menejmentni talab qiladi, bu esa
muhim ahamiyatiga ega. O‗z navbatida, iqtisodiyotda tarmoqlarini rivojlantirishda
korxona va tashkilotlar asosiy bo‗g‗indir. Shunga ko‗ra, iqtisodiyotda faoliyat
yuritadigan kadrlarga alohida talablar qo‗yiladi.
―Strategik menejment‖ fani tarmoq va soha fani hisoblanib, iqtisodiyot
bo‗g‗inining ajralmas qismi hisoblangan korxona va tashkilotlarlarga kadrlar
yetkazib berishda muhim rol o‗ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: