Firmaning raqobat pozitsiyasidagi kuchli va zaif jixat belgilari
6-jadval
Ustunlik belgilari
Zaiflik belgilari
Muxim farq qiluvchi ustunliklar
Real farq qiluvchi ustunliklarning
yuqligi
Bozor ulushining kattaligi (yoki bozorda
peshqadamlik)
Bozordagi asosiy raqiblarga nisbatan
yuqotishlar
Izchil yoki ajralib turuvchi strategiya
Aniq strategiyarategiyaning yuqligi
Iste‘molchilar sonining usishi va ularning
sodiqligi
Iste‘molchilar oldida obruning
pasayishi
Peshqadamlarning strategik guruxida bulish
O‘z pozitsiyalarini qo‘ldan boy
berayotgan strategik guruxga tushib qolish
Tez usib borayotgan bozor segmentlarida
kontsentratsiyalanish
Bozor potentsiali eng katta bulgan
soxalardagi zaiflik
Narxdagi ustunlik
Tannarxi yuqori bulgan tovarlar ishlab
chiqarish
Daromad urtachadan yuqori
Daromadlarning usishi urtachadan past
Marketing maxorati urtachadan yuqori
Bozorda muvaffaqiyat qozonishning
asosiy omillari kam
Texnologik va innovatsion qobiliyatlar
urtachadan yuqori
Maxsulotlar ishlab chiqishda sustlik,
sifatning yaxshi emasligi
Xavf-xatarlarga
tashabbuskor,
tadbirkorlarcha yondashuv
Vujudga kelayotgan taxdidlarga
nisbatan yaxshi pozitsiyaning yuqligi
Qulay
imkoniyatlarni
kupaytirish
pozitsiyasi
Asosiy raqiblarga nisbatan yuqotishlar
Amaldagi strategiya qay darajada samarali ?
Strategiya qanchalik yaxshi amalga oshirilayotganini baxolash uchun
quyidagilar muxim:
1)kompaniyaning raqobatchilar orasidagi o‘rnini aniqlash;
2)kompaniyaning tarmoqdagi raqobat chegaralarini aniqlash;
67
3)kompaniyaning ishlab chiqarish, marketing, moliya va kadrlar soxasidagi
funktsional strategiyalarini baxolash;
Kompaniya strategik va moliyaviy xolatining ko‘rsatkichlari quyidagilardan
iborat:
1)kompaniyaning bozordagi ulushi va tarmoqdagi o‘rni;
2)foyda xajmi oshadimi, kamayadimi va u raqobatchilarning shunday
ko‘rsatkichlariga nisbatan qanday;
3)sarmoyalar sof foydasining o‘zgarish tendentsiyasi;
4)kompaniyaning sotuvlari umumiy bozordagiga nisbatan tez o‘syaptimi yoki
sekin o‘syaptimi;
5)kreditlar xajmi;
6)firmaning xaridorlar nazaridagi obro‘si, uning imidji;
7)kompaniyaning texnologiya, innovatsiya, sifat va xaridorlarga xizmat
ko‘rsatishda etakchiligi va xokazo.
Qullanilayotgan strategiyani baxolash.
Qullanilayotgan strategiyani baxolash uchun
kompaniya qanday strategiyaga
amal qilayotganligni tushunib olish lozim - bu:
- arzon narx vositasi bilan peshqadamlik qilish;
- raqobatchilardan farq qilib turish;
-
iste‘molchilarning tor guruxlariga yoki marketing bushliqlariga
ixtisoslashish.
Tarmoqdagi raqobatli vaziyatning yana bir xarakteristikasi vertikal
integratsiyalanish darajasi va bozorning geografik kulamidir. Bu erda ishlab
chiqarish, marketing, moliya, ishchi kuchidan foydalanish soxalaridagi yordamchi
strategiyalarni taxlil qilish lozim.
Bunga qo‘shimcha ravishda kompaniya strategiyasining ayrim raqobatli
ustunliklarni ta‘minlash maqsadida raqobatli pozitsiyani yaxshilashga imkon
beradigan sunggi amaliyotini taxlil qilib chiqish kerak.
Strategik faoliyatning eng aniq kursatkichlari quyidagilardan iborat:
- firma nazorat ostiga olgan bozor ulushining kattalashishi yoki kichrayishi;
- firma oladigan daromad xajmining usishi yoki usmayotganligi xhamda bu
daromadning raqobatchilarga nisbatan qay darajada ekanligi;
- firmada sof foyda tendentsiyalari xamda investitsiyalarning qaytish tezligi
qanday;
- firmada savdo xajmining bozordagi umumiy usishga nisbatan tez yoki sekin
usayotganligi va xokazo.
Tabiiyki, eng yaxshi strategiya xech qanday radikal uzgarishlarni talab
qilmaydigan strategiyadir.
68
Do'stlaringiz bilan baham: |