Strategik menejment


Zamonaviy marketing konsepsiyasining chizmasi



Download 5,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/208
Sana26.03.2022
Hajmi5,08 Mb.
#511463
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   208
Bog'liq
strategik menezhment umk 2020

Zamonaviy marketing konsepsiyasining chizmasi.
 
3-jadval 
Boshlang‗ich 
nuqtasi 
Vositalar 
Bozordagi faoliyatning 
maqsadlari 
Xaridorlarning, 
maqsadli guruhlarning 
ehtiyojlari, afzal 
ko‗rgan narsalari 
Marketing sohasidagi 
tadqiqotlar (marketing-
miks) 
Xaridorlar ehtiyojlarini barqaror 
qondirish evaziga foyda olish 
Qo‗yilgan maqsadlarga erishishda firma dastlab o‗zining resurs potensialining 
bozor imkoniyatlaridan kelib chiqishi kerak, ya‘ni ishlab chiqarish, texnologiyalar 
darajasi, moliya, sotish kabi hal qiluvchi sohalarda o‗zining kuchli va kuchsiz 
tomonlarini hisobga olishi kerak
4

Oxirgi 
paytlarda 
marketing 
yordamida 
echiladigan 
masalalarning 
murakkablashuvi sharoitida uning baynalmilallashuvi bilan bog‗liq bo‗lgan global 
marketing haqida tobora ko‗proq gapira boshladilar. Bu jarayon, ayniqsa, 
transmilliy kompaniyalar uchun xosdir. Ular tomondan bozor alohida segmentlar 
kabi 
emas, 
ko‗proq 
ehtiyojlarning 
gomogenizatsiyasi 
jarayoni 
va 
iste‘molchilarning mashhur va tanilgan tovar markalarini olishga juda 
ishtiyoqmandligiga ko‗ra yagona bozor sifatida qaraladi. Shuni ta‘kidlash joizki, 
global marketing asosida innovatsion tovarni ehtiyojlarni qondirishning 
standartlashgan va iste‘molchilarning keng segmentlari uchun qulay va arzon 
4
Philip Kotler., Gari Armstrong. ―Prinsiples of marketing‖2014.719p 


46
bo‗lgan usuliga aylantirish g‗oyasi yotadi. 
Bozorning globallashuvi mamlakatlar va ayrim hududlarning o‗z 
chegaralaridan tashqarida faoliyat ko‗rsatishga intilishiga aytiladi. Bu haqda 
savdoning liberallashuvi, investitsion to‗siqlarning olib tashlanishi, erkin 
tadbirkorlikning paydo bo‗lishi va boshqalar dalolat beradi. Yirik korxonalar 
doirasida esa globallashuv ichki bozor chegaralaridan chiqish va jahon bozorini 
o‗zlashtirishga umumiy yondashuvning shakllanishini bildiradi. Bularning 
hammasi shunday xulosaga olib keladiki, zamonaviy marketing yo‗nalishlari va 
tendensiyalari korxona darajasida muvaffaqiyatli amalga oshirish uni boshqarish 
konsepsiyasi sifatida qabul qilish, funksiyalararo koordinatsiyaning rivojlanishi va 
qarorlarni qabul qilish, korporativ madaniyatni takomillashtirish bo‗yicha 
funksiyalararo guruhlarning yaratilishini talab qiladi. 
Ishonchimiz komilki, marketing kelajagi aynan ana shu konsepsiya bilan 
bog‗liq. Ba‘zi bozorlarda esa u allaqachon ustunlik qilmoqda. Dorilar, 
o‗yinchoqlar, oziq-ovqat mahsulotlari, sport jihozlari, kompyuterlar va boshqalarni 
ishlab chiqarishni misol sifatida keltirishimiz mumkin
5

Bundan buyon iste‘molchilar bozorda uyushgan kuch tarzida namoyon 
bo‗ladilar. Bu esa tovar ishlab chiqaruvchilar faoliyatida ancha qiyinchiliklarga 
olib keladi. Konsyumerizm, qisqacha qilib aytganda, iste‘molchilarning o‗z 
huquqlarini himoya qilishi yo‗lidagi harakati deb tushuntiriladi. Bunda 
iste‘molchilarning harakati iqtisodiy evolyusiyaning mahsuli sifatida, ishlab 
chiqaruvchilar iqtisodiyotidan iste‘molchilar iqtisodiyotiga, sotuvchilar bozoridan 
xaridorlar bozoriga o‗tish sifatida qaraladi. Konsyumerizm marketing 
konsepsiyasiga ishonchsizlik bildirmaydi, balki uning amaliyotda real tadbiq 
etilishini talab qiladi. 
Tabiiy resurslarning cheklanganligani anglab olish va iste‘mol va 
marketingning 
atrof-muhitga 
ta‘siridan 
tashvishlanishni 
ifodalovchi 
environmentalistik harakat rivojlanib bormoqda. Shu bilan birga ekologik 
muammolarga e‘tibor kuchaymoqda. Ekologiya firma tashqi muhitining omili 
sifatida qaralmoqda. «YAshil marketing» harakati rivojlanmoqda, bu esa ekologik 
jihatdan toza bo‗lgan mahsulotni ishlab chiqarishni kengaytirishga ko‗maklashadi. 

Download 5,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish