Strategik menejment


Zamonaviy marketing konsepsiyasining chizmasi



Download 4,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/488
Sana14.01.2022
Hajmi4,87 Mb.
#365215
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   488
Bog'liq
Strategik menejment uzb

Zamonaviy marketing konsepsiyasining chizmasi.

 

3-jadval 

Boshlang‘ich 

nuqtasi 

Vositalar 

Bozordagi faoliyatning 

maqsadlari 

Xaridorlarning, 

maqsadli guruhlarning 

ehtiyojlari, afzal 

ko‘rgan narsalari 

Marketing sohasidagi 

tadqiqotlar (marketing-

miks) 

Xaridorlar ehtiyojlarini barqaror 



qondirish evaziga foyda olish 

Qo‘yilgan  maqsadlarga  erishishda  firma  dastlab  o‘zining  resurs  potensialining 

bozor  imkoniyatlaridan  kelib  chiqishi  kerak,  ya’ni  ishlab  chiqarish,  texnologiyalar 

darajasi,  moliya,  sotish  kabi  hal  qiluvchi  sohalarda  o‘zining  kuchli  va  kuchsiz 

tomonlarini hisobga olishi kerak

4



Oxirgi 

paytlarda 

marketing 

yordamida 

echiladigan 

masalalarning 

murakkablashuvi  sharoitida  uning  baynalmilallashuvi  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  global 

marketing haqida tobora ko‘proq gapira boshladilar. Bu jarayon, ayniqsa, transmilliy 

kompaniyalar  uchun  xosdir.  Ular  tomondan  bozor  alohida  segmentlar  kabi  emas, 

ko‘proq ehtiyojlarning gomogenizatsiyasi jarayoni va iste’molchilarning mashhur va 

tanilgan  tovar  markalarini  olishga  juda  ishtiyoqmandligiga  ko‘ra  yagona  bozor 

                                                           

4

 

Philip Kotler., Gari Armstrong. “Prinsiples of marketing”2014.719p 




34 

sifatida  qaraladi.  Shuni  ta’kidlash  joizki,  global  marketing  asosida  innovatsion 

tovarni  ehtiyojlarni  qondirishning  standartlashgan  va  iste’molchilarning  keng 

segmentlari uchun qulay va arzon bo‘lgan usuliga aylantirish g‘oyasi yotadi. 

Bozorning globallashuvi mamlakatlar va ayrim hududlarning o‘z chegaralaridan 

tashqarida  faoliyat  ko‘rsatishga  intilishiga  aytiladi.  Bu  haqda  savdoning 

liberallashuvi, investitsion to‘siqlarning olib tashlanishi, erkin tadbirkorlikning paydo 

bo‘lishi va boshqalar dalolat beradi. Yirik korxonalar doirasida esa globallashuv ichki 

bozor  chegaralaridan  chiqish  va  jahon  bozorini  o‘zlashtirishga  umumiy 

yondashuvning  shakllanishini  bildiradi.  Bularning  hammasi  shunday  xulosaga  olib 

keladiki,  zamonaviy  marketing  yo‘nalishlari  va  tendensiyalari  korxona  darajasida 

muvaffaqiyatli  amalga  oshirish  uni  boshqarish  konsepsiyasi  sifatida  qabul  qilish, 

funksiyalararo  koordinatsiyaning  rivojlanishi  va  qarorlarni  qabul  qilish,  korporativ 

madaniyatni takomillashtirish bo‘yicha funksiyalararo guruhlarning yaratilishini talab 

qiladi. 

Ishonchimiz  komilki,  marketing  kelajagi  aynan  ana  shu  konsepsiya  bilan 

bog‘liq. Ba’zi bozorlarda esa u allaqachon ustunlik qilmoqda. Dorilar, o‘yinchoqlar, 

oziq-ovqat  mahsulotlari,  sport  jihozlari,  kompyuterlar  va  boshqalarni  ishlab 

chiqarishni misol sifatida keltirishimiz mumkin

5



Bundan  buyon  iste’molchilar  bozorda  uyushgan  kuch  tarzida  namoyon 

bo‘ladilar. Bu esa tovar ishlab chiqaruvchilar faoliyatida ancha qiyinchiliklarga olib 

keladi.  Konsyumerizm,  qisqacha  qilib  aytganda,  iste’molchilarning  o‘z  huquqlarini 

himoya  qilishi  yo‘lidagi  harakati  deb  tushuntiriladi.  Bunda  iste’molchilarning 

harakati 

iqtisodiy 

evolyusiyaning 

mahsuli 


sifatida, 

ishlab 


chiqaruvchilar 

iqtisodiyotidan  iste’molchilar  iqtisodiyotiga,  sotuvchilar  bozoridan  xaridorlar 

bozoriga  o‘tish  sifatida  qaraladi.  Konsyumerizm  marketing  konsepsiyasiga 

ishonchsizlik bildirmaydi, balki uning amaliyotda real tadbiq etilishini talab qiladi. 

Tabiiy resurslarning cheklanganligani anglab olish va iste’mol va marketingning 

atrof-muhitga  ta’siridan  tashvishlanishni  ifodalovchi  environmentalistik  harakat 

rivojlanib  bormoqda.  Shu  bilan  birga  ekologik  muammolarga  e’tibor  kuchaymoqda. 

Ekologiya  firma  tashqi  muhitining  omili  sifatida  qaralmoqda.  «YAshil  marketing» 

harakati  rivojlanmoqda,  bu  esa  ekologik  jihatdan  toza  bo‘lgan  mahsulotni  ishlab 

chiqarishni kengaytirishga ko‘maklashadi. 




Download 4,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   488




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish