Strategik menejment


Ijtimoiy va madaniy ehtiyojlar



Download 4,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/488
Sana14.01.2022
Hajmi4,87 Mb.
#365215
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   488
Bog'liq
Strategik menejment uzb

Ijtimoiy va madaniy ehtiyojlar.

 Ular turli tuman bo‘lib, ko‘pgina hollarda o‘ta 

muhim  hisoblanadi  va  odamlarni  butun  ongli  hayotida  yo‘ldosh  bo‘ladi.  Ularni 

xususiyati  shundaki,  tug‘ma  etiyojlardan  farqli  o‘laroq,  ko‘pgina  hollarda  madaniy 

muhit ta’sirida shakllanadi va shaxsni ijtimioy statusi, ma’lumot darajasi va umumiy 

rivojlanishi bilan bog‘liq. 

SHuning  bilan  birga  ijtimioy  madaniy  ehtiyojlarni  ma’lum  qismi,  masalan 

fiziologik  ehtiyojlar  kabi  o‘ta  zarur  emas.  Bir  qism  ijtimoiy-madaniy  ehtiyojlar 

ko‘pgina  hollarda  boshqalarga  taqlid  qilish  yoki  ijtimioy  muhitni  maqsadli 

yo‘naltirilganligi ta’siri sababli paydo bo‘ladi. Xususan ko‘p hollarda odam ijtimoiy 

informatsiya, moda va reklama ta’siriga moyil. 

Servis  faoliyati  keng  spektrdagi  birlamchidan  (jismoniy,  fiziologik)  tortib  eng 

murakkab (bilish, ma’naviy rivojlanish) insoniy ehtiyojlarga hozir javob bo‘ladi. 

2012-2016  yillarda  xizmat  ko'rsatish  sohasini  rivojlantirish  dasturini  qabul 

qilindi.  

O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2012  yil  10  maydagi  "2012-2016 

yillarda  O'zbekiston  Respublikasida  xizmat  ko'rsatish  sohasini  rivojlantirish  dasturi 

to'g'risida"  qarori  doirasida  yaqin  besh  yil  mobaynida  barcha  xizmatlarning 




165 

solishtirma  og'irligi  YAIM  dagi  ulushini  55%  ga  yetkazish  belgilab  olindi. Hujjatda 

qayd  etilganidek,  xizmat  ko'rsatish  sohasining  yalpi  ichki  mahsulotdagi  ulushi  2005 

yildagi  38,7  foizdan  2011  yilda  50,5  foizga  o'sgan.  Buning  natijasida  avvalambor 

kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda 1,1 mln. yangi ish joylari yaratildi. Axborot-

kommunikatsiya,  bank,  sug'urta,  lizing,  sayyohlik-ekskursiya  va  boshqa  zamonaviy 

yuqori  texnologik  va  bozor  iqtisodiyotiga  mos  xizmat  turlari  ildam  sur'atlar  bilan 

rivojlanishiga e'tibor qaratildi.  

Yangi  dastur  2016  yilgacha  mamlakatimizning  yalpi  ichki  mahsulotida  xizmat 

ko'rsatish  sohasining  ulushni  bosqichma  –  bosqich  oshirilishini  nazarda  tutadigan 

2012-2016  yillarda  O'zbekiston  Respublikasi  bo'yicha  xizmat  ko'rsatish  sohasining 

asosiy  turlarini  rivojlantirishning  maqsadli  parametrlarini  o'z  ichiga  qamrab 

oladi. Xizmat ko'rsatish sohasi respublikada 13 ta asosiy turlar bo'yicha taqsimlanadi. 

Ular: aloqa va axborotlashtirish, kompyuterni dasturlashtirish, moliya (bank, sug'urta 

xizmatlari  va  moliyaviy  lizing)  transport,  qurilish,  texnologik  uskunalarga  texnik 

xizmat  ko'rsatish va ularni  ta'mirlash  bo'yicha, qishloq xo'jalik  texnikalari, savdo  va 

umumiy  ovqatlanish  xizmatlari,  ta'lim  va  sog'liqni  saqlash,  turistlik,  maishiy  va 

boshqa xizmat turlari kiritilgan.  

Yaqin  kelajakda  kompyuterni  dasturlashtirish,  shuningdek  savdo  hamda 

umumiy  ovqatlanish  xizmatlari  bo'yicha  eng  yuqori  o'sish  sur'ati  2,4  barobar  ortishi 

kutilmoqda.  Sog'liqni  saqlash,  turistlik,  maishiy  va  texnologik  uskunalarga  texnik 

xizmat  ko'rsatish  va  ularni  ta'mirlash  bo'yicha  xizmatlar  sohasida  o'sish  2,3  barobar 

bo'lishi  prognoz  qilinmoqda. Dastur  shuningdek  O'zAAA  ko'rsatuvchi  yangi 

xizmatlar turlarini prognozlashtirilgan rivojlantirish parametrlarini ham qamrab oladi. 

Ular  qatoriga  kommunikatsiya  (kompyuter  va  abonentlik  terminallarini  ta'mirlash), 

interaktiv  televidenie,  videotelefoniya,  kompyuter  texnikasini,  mobil  telefonlarni  va 

boshqalarni ta'mirlash sohasidagi korxonalarda texnik xizmat servislari kiradi.  

O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  "O'zbekiston  Respublikasida  2006-

2010  yillarda  xizmat  ko'rsatish  va  servis  sohasini  rivojlantirishni  jadallashtirish 

chora-tadbirlari to'g'risida" 2006 yil 17 apreldagi qarorida belgilangan mikrofirmalar 

va  kichik  korxonalar  uchun  foyda  solig'i  hamda  yagona  soliq  to'lovi  bo'yicha 

imtiyozlarning  amal  qilish  muddati  2017  yilning  1  yanvarigacha  uzaytirildi.  Shu 

munosabat bilan yangi xizmatlar ro'yxati tasdiqlangan bo'lib, unga ko'ra ko'rsatilgan 

soliq imtiyozlari ta'sir qiladi.  

2012  yilning  II  choragidan  boshlab  qishloqjoylardagi  mahallalar  hududida 

maishiy  xizmat  ko'rsatish  bilan  shug'ullanuvchi  yakka  tartibdagi  tadbirkorlar 

(sartaroshlar,  tikuvchilar,  poyafzal  maishiy  texnika  ta'mirlash  bo'yicha  ustalar  va 

boshqalar)  qat'iy  belgilangan  soliq  to'lashdan  3  yil  muddatga  ozod  etiladi.  Qarorga 

muvofiq "Mikrokreditbank" OATB mablag'lari hisobidan 2012-2016 yillarda xizmat 

ko'rsatish  sohasini  rivojlantirishga  yo'naltiriladigan  imtiyozli  kreditlar  189,9  mlrd. 




166 

so'm  deb  belgilandi.  Ajratiladigan  imtiyozli  kredit  resurslari  xizmat  ko'rsatish 

sohasining  yangi  obyektlarini  barpo  etishga,  shuningdek  xizmat  ko'rsatishga 

ixtisoslashtirilgan  amaldagi  tadbirkorlik  sub'ektlarini  texnik  va  texnologik 

jihozlashga (qayta jihozlashga) maqsadli tarzda yo'naltiriladi.  

Davlat statistika qo'mitasi bergan ma'lumotlarga ko'ra, 2012 yilning I choragida 

iqtisodiy  faoliyatning  barcha  turlari  bo'yicha  bozor  xizmatlarining  umumiy  hajmi 

10,8  trln.  so'mni  tashkli  etgan  bo'lib,  bu  o'tgan  yildagi  davrga  qaraganda  12,5  % 

o'sishga  ega  bo'lgan. Mazkur  sohaning  bozor  islohoti  tahlili  transport  sektoridagi 

xizmatlarning eng yuqori joylashuvini ko'rsatmoqda. Joriy yilning I choragida uning 

solishtirma og'irligi umumiy hajmda 29,5% ni tashkil etdi. Ekspertlar buni davlatimiz 

Prezidentining  2010  yil  21  dekabr  sansidagi  "2011-2015  yillarda  infratuzilma, 

transport  va  kommunikasiyalar  qurilishini  rivojlantirishni  jadallashtirish  dasturi 

to'g'risida  "  gi  qarorining  O'zbekiston  transport  tizimini  rivojlantirishga  qo'shimcha 

impuls  deya  baholamoqdalar.  Transport  infratuzilmasiga  kiritilishi  rejalashtirilgan 

($6,9 mlrd.) qo'yilmaning 48,9%  - avtotransport infratuzilmasini, 22,9%  - temir  yo'l 

infratuzilmasini  va  9,4  %  -  aviasion  transportni  modernizatsiyalashga  sarflanishi 

prognozlashtirilgan.  

Hukumat 

qarori 


doirasida 

avtomobil 

va 

temir 


yo'llari, 

ko'priklar 

modernizatsiyalanmoqda, avtotransport vositalari parklari, temir yo'l lokomotivlari va 

vagonlar  parklari  yangilanmoqda,  yangi  o'rta  va  uzoq  masofaga  parvoz  etuvchi 

yo'lovchi  kemalar  o'zlashtirilmoqda. I  chorakda  19,5%  ulushga  ega  transport, 

shuningdek  savdo  va  umumiy  oqatlanish  xizmatlariga  O'zbekistonda  ko'rsatilgan 

bozor  xizmatlarining  qariyb  yarimi  to'g'ri  keldi. 2012  yilning  I  choragida  chakana 

tovar  aylanmasi  hajmini  11%  oshirilishi oziq  – ovqat  mahsulotlari, kundalik  extiyoj 

mollariga bo'lgan talabning ortishi bilan izohlanadi.  

Davlat statistika qo'mitasi bergan ma'lumotlarga ko'ra, o'tgan yilda respublikada 

98,4  ta  chakana  savdo  ob'ekti  hiobdan  o'tgan.  Supermarket,  do'kon  va  savdo 

pavilonlarining soni 32 dan 35 ortgan. Chakana savdo obyekti va umumiy oqatlanish 

sohasiga  65  mingdan  ortiq  korxona  va  tashkilotlar  jalb  etilgan. Ekspertlarning  qayd 

etishicha  mamlakatda  chakana  savdo  hajmining  ortib  borishining  yana  bir  omili 

sifatida  plastik  kartalar  orqali  to'lovlarni  amalga  oshirish  tizimi  dinamik  sur'atlari 

bilan rivojlanishi bilan izohlamoqdalar.  

Bandlikning  dinamik  rivojlanishi  saqlanib  qolgan  soha  –  aloqa  va 

axborotlashtorish  xizmatidir.  I  chorakda  ko'rsatilgan  bozor  xizmatlaridagi  umumiy 

hajmining  6,8%  ni  tashkil  etdi.  O'sish  esa  2011  yildagi  muvofiq  davrga  nisbatan 

33,2% ni tashkil etgan.  

 

Xizmat ko'rsatish va servis (2017 yil I-chorak)  



 


167 


Download 4,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   488




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish