Strategik menejment


Servis faoliyatini xo‘jalik amaliyotidagi o‘rni



Download 4,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/488
Sana14.01.2022
Hajmi4,87 Mb.
#365215
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   488
Bog'liq
Strategik menejment uzb

 

7.2. Servis faoliyatini xo‘jalik amaliyotidagi o‘rni 

Sobiq  ittifoq  davrida  xo‘jalik  iqtisodiy  amaliyoti  ishlab  chiqarish  va  noishlab 

chiqarish sohalariga bo‘linar edi.  Oxirgisini doirasida xizmatlar sohasi (yoki xizmat 

ko‘rsatish sohasi) ajratilar edi.



 

  Sobiq  ittifoq  iqtisodini  xizmat  ko‘rsatish  sohasi,  chegaralari  aniq  bo‘lgan  bir 

butun  tarmoq  sifatida,  davlat  tomonidan  nazorat  qilingan  va  aholiga  ma’lum 

xizmatlarni  ko‘rsatish  bilan  band  bo‘lgan  davlat  korxonalari  va  tashkilotlarini  o‘z 

ichiga  qamrab  olgan.  Ushbu  korxonalar  va  tashkilotlar  qatoriga  asosan  aholiga 

maishiy va shaxsiy xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lganlari tegishli edi (turar joy, 

kommunal  idoralar,  maishiy  te’xnika  va  shaxsiy  transportni  ta’mirlash  tashkilotlari, 

sartaroshxonalar  va  boshqalar).  Ushbu  soha  ne’matlarni  jamiyat  qayta  taqsimlash 

prinsiplari asosida faoliyat yuritar edi, ya’ni ko‘pgina xizmatlar iste’molchilar uchun 

pulsiz edi, ammo xizmatlarni qisman to‘lash amaliyoti ham mavjud edi.  

  O‘sha 

vaqtda  jamiyat  xizmat  ko‘rsatishlini  meditsina  va  sanitar 

sog‘lomlashtirish  tashkilotlari,  ta’lim  tizimi,  madaniyat  tashkilotlari  va  boshqalar 

xizmatlar sohasiga tegishli emas edi. 

  Zamonaviy  amaliyotda  xizmatlar  sohasi  (yoki  “servis  sohasi”)  xizmatlar 

iste’molchilari  va  servis  tashkilotichilarini  kontaktli  ro‘y  beradigan  iqtisodiy  va 

ijtimoiy o‘zaro ta’sirlarni keng oblasti sifatida namoyon bo‘ladi.  

  Demak, xizmatlar  sohasi  servis  faoliyatini  amalga  oshirishning  keng  maydoni 

hisoblanadi. 

  Bugungi  kunda  xo‘jalikni  sohalarga  bo‘lishni  ba’zi  prinsiplari  faoliyat 

yuritayotgan bo‘lib, ular milliy iqtisodni rivojlanishini kuzatish imkonini beradi.  Bu 

tarmoqlar strukturasi quyidagi birliklarni o‘ziga qamrab oladi: 

 

birlamchi tarmoqlar: qazib olish, sanoat va qishloq xo‘jaligi; 



 

ikkilamchi sohalar – ishlov beruvchi sanoat; 



 

uy-joy  qurilishi,  transport,  savdo,  huquqni  himoyalash,  ishlab  chiqarish  va 



aholiga xizmat ko‘rsatish; 

 



boshqaruv, fan va fan xizmatlari. 


160 

Xo‘jalikni geoterritorial joylashuvi doirasida ko‘rib chiqilishida qishloq xo‘jaligi 

va sanoatdan tashqari yana ikkita infrastruktura bo‘g‘inlari ajratiladi:  

 



ishlab  chiqarish  infrastrukturasi,  ya’ni  ishlab  chiqarish  va  ijtimoiy  sohalarni 

faoliyatini  ta’minlovchi  xo‘jalik  ob’ektlarini  majmuasi  (trasnport,  aloqa,  energiya 

ta’minoti, material-texnik ta’minoti va savdosi, kapital qurilish va boshqalar): 

 



ijtimoiy  infrastruktura,  ya’ni  odamlarni  jamiyat  va  yakka  ehtiyojlarni 

qondirishga qaratilgan xo‘jalik ob’ektlari va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar majmuasi. 

Bunga mehnat resurslari, aholi, odamlarni hayot darajasi va ularga xizmat ko‘rsatish 

(uy xo‘jaligi, savdo va boshqalar tegishli. 

Xo‘jalik  amaliyotini  bo‘linishining  ikkala  variantlari  zamonaviy  xizmatlar 

sohasini chegaralari haqida ma’lumot bermaydi. 

Servis sohasining u yoki bu davlat umumxo‘jalik mexanizmidagi o‘rnini yanada 

aniqroq belgilashida davlat statistik hisobida ishlatiladigan yondoshuv ishlatiladi. 

Milliy hisoblar tizimiga ko‘ra: 

 



birlamchi sektorga qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarilishi, baliq ovlash, ovchilik, 

o‘rmonchilik  tegishli.  Bu  erda  ishchilar  biotabiiy  resurslar  bilan  o‘zaro  ta’sirga 

kirishib  jamiyat  uchun  zarur  bo‘lgan  bioxom-ashyo,  o‘simlik  materiallari  va 

mahsulotlarini etkazib berishadi; 

 

ikkilamchi  sektorga  industrial  tarmoqlar  tegishli,  ya’ni  qazib  oluvchi,  sanoat, 



shuningdek  qurilish  industriyasi,  elektr,  suv  va  gaz  resurslarini  ishlab  chiqarish  va 

jo‘natish.  Bunda  ishchilar  qator  tabiiy  boyliklarni  ishlab  chiqarish  va  ijtimoiy 

ehtiyojlar  uchun  tayyorlash  va  o‘zgartirish  bilan  ish  ko‘rishadi,  sanoat  ishlab 

chiqarilishida ishtirok etib, mexanizmlar, kundalik talab tovarlarini yaratishadi, oziq-

ovqat  mahsulotlari  ishlab  chiqarishadi,  turli  texnik  inshootlar,  sanoat  komplekslari 

qurishadi va boshqalar; 

 

uchlamchi  sektor  –  xizmatlar  sohasi.  Bu  erda  ishchilar  odamlar  va  ishlab 



chiqarish kollektivlari bilan o‘zaro ta’sirda bo‘lishadi, ishlab chiqarish bilan bog‘liq 

bo‘lgan va bog‘liq bo‘lmagan o‘ziga xos ehtiyojlarni qondirishga mo‘ljal olishadi. Bu 

holda  uchlamchi  sektorga  quyidagilar  tegishli:  transport  va  aloqa,  savdo,  davlat 

ma’muriyati,  ta’lim,  huquqni  himoyalash,  muxandislik  maslahat  xizmatlari,  aholiga 

ko‘rsatiladigan maishiy xizmatlar va boshqalar. 

Servis  faoliyatini  ba’zi  segmentlarini  xarakteri  noma’lum  bo‘lib,  ularni  ham 

uchlamchi, ham ikkilamchi sektorga tegishli deb topish mumkin. Masalan, transport, 

qurilish,  elektr  va  suv  ta’minoti,  aloqa  kabi  infrastruktura  bo‘g‘inlarini  tasniflash 

murakkab  muammo  bo‘lib,  ular  ham  ishlab  chiqarishda,  ham  ijtimoiy  xizmat 

ko‘rsatishda bir xil muhim ahamiyatga ega. 

Oxirgi  yillarda  xizmat  ko‘rsatish  amaliyoti  uchlamchi  sektorni  kengayishi,  uni 

deferensiatsiyalanishi,  unda  yangi  segmentlar  paydo  bo‘layotganligidan  dalolat 

bermoqda. Bu sektorni kengayishi natijasida 4 va 5 sektorlar ajratilmoqda. 



161 

To‘rtlamchi  sektor  -  ilmiy-tadqiqot,  informatsion,  telekommunikatsion 

xizmatlar. 

Beshlamchi sektor – yuqori intellektual ijodiy mehnat bilan bog‘liq. 

SHunday  qilib,  iqtisodi  rivojlangan  zamonaviy  jamiyat  iqtisodiy  amaliyotidagi 

servis faoliyati qator yirik yo‘nalishlar, segment va guruhlarga bo‘linadi va ulardagi 

mehnat o‘z xarakteri va boshqa sifatlariga ko‘ra sezilarli farqlanadi. Masalan, bank, 

pochta,  uy-joydan  foydalanish,  tibbiyot  tashkilotlari  yoki  dafn  marosimlarini 

o‘tkazish  kontoralari  ishchilari  mehnati  bir-biridan  shunchalik  farqlanadiki,  ular 

faoliyatini  yaxlit  kasb,  mehnat,  ijtimoiy  yoki  ma’naviy-psixologik  sifatlardan  kelib 

chiqqan  holda  o‘zaro  taqqoslash  juda  qiyin.  Ammo  yuqorida  sanab  o‘tilgan  har  bir 

mehnat turlarini farqli xususiyati shundaki, u fuqarolar va mehnat jamoalariga xizmat 

ko‘rsatish  bilan  bog‘liq,  ya’ni  avvalo  jamiyat,  guruh  va  yakka  ehtiyojlarni 

qondirishga yo‘naltirilgan. 

YUqorida aytib o‘tilganlar, servis faoliyatini sinflar, yo‘nalishlar, turlar bo‘yicha 

bo‘lish murakkabligidan dalolat beradi. Quyida servis faoliyatini yanada aniqroq va 

mantiqan jiddiy tasniflash sxemasini keltiramiz. Ammo ushbu tasniflash varianti ham 

hamma turli-tuman servis mashg‘ulotlarini qarab olaolmaydi: 

 

ishlab  chiqarish servisi (texnikani  ta’mirlash xizmatlari, yuqori  texnologiyalar 



asosidagi xizmatlar, jumladan sotuv oldi va sotuvdan keyingi xizmatlar ham); 

 



jamiyatni  qurish  sohasi  servisi  (himoyalash,  jamiyat  tartibini  saqlash,  milliy 

moliya tizimini rivojlantirish va boshqa xizmatlar); 

 

ijtimoiy-madaniy  servis  (jamiyat  ahamiyatidagi  va  shaxslar  uchun  zaruriy 



darajalarda bo‘lishi mumkin). Bularga maktabgacha tarbiya, sayyohlik, badiiy-estetik 

va boshqa xizmatlar tegishli

 

intellektual servis (ta’lim sohasidagi yuridik, moliyaviy, informatsion servis va 



boshqalar); 

 



tovar  va  xizmatlarni  aylanishi  sohasidagi  servis  (savdo,  umumiy  ovqatlanish, 

kommunikatsion va transport xizmatlari, omborxona xo‘jaligi xizmati va boshqalar); 

 

xo‘jalik-maishiy  servis  (shahar  xo‘jaligi,  aholiga  maishiy  xizmat  ko‘rsatish, 



jumladan fuqarolarni yakka ehtiyojlarini qondirish xizmatlari). 

Servisni ishlab chiqarish bilan yaqinlashtiradigan qator xususiyatlar mavjud: 

 

servis  faoliyati  sub’ektlarini  iste’molchilarga  nisbatan  amalga  oshiriladigan 



mehnat va foydali intilishlari ularni tovar ishlab chiqarish darajasidagi xizmat ishlab 

chiqaruvchilarga aylantiradi

 

xizmat  ishlab  chiqaruvchilarni  foydali  intilishlari  servis  iste’molchilariga 



qaratilgan  bo‘lib,  ularga  ma’lum  ne’mat,  foyda,  qulaylik  beradi.  Bunda  ishlab 

chiqarilgan  xizmatlar  iste’mol  qiymatiga  ega  bo‘lib,  u  jamiyat  mehnatiga  teng.  Bu 

holda  xizmatlar  tovar  sifatida  namoyon  bo‘lib,  servis  faoliyatini  muhim  elementi 

hisoblanadi; 




162 

 



zamonaviy  jamiyatdagi  servis  faoliyatini  turli  turlari  va  yo‘nalishlari  sanoat 

ishlab chiqarilishini natijalari bilan juda yaqin birlashadi. CHunonchi, servis faoliyati 

sub’ektlari  quyidagilarni  iste’molchilarga  etkazishadi  (sotishadi),  so‘ngra  esa  ko‘p 

hollarda ularni ta’mirlashadi va ularga xizmat ko‘rsatishadi: 

- maishiy texnika, shaxsiy transport vositalari; 

- kiyim-kechak, interer predmetlari

- sanoat mollari; 

- o‘qitish va shaxsni rivojlantirish uchun foydalaniladigan tovarlar   

  (kitoblar, kompyuterlar); 

-  ko‘ngil  ochish  va  dam  olish  uchun  tovarlar  (kompakt-disklar,  musiqa 

sintezatorlari, o‘yin avtomatlari) va boshqalar. 

SHuning  bilan  birgalikda  ikkilamchi  sektor  ishlab  chiqarilishini  (qurish  ishlari, 

elektr-, suv va gaz ta’minoti) yakuniy bosqichi, shuningdek oziq-ovqat, engil sanoat, 

avtomobilsozlik  va  boshqalarda  yaratiladigan  tovarlar  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  xizmatlar 

sohasi bilan bog‘langan. 

 



Servisni  sanoat  bilan  bog‘liqligi,  yuqorida  sanab  o‘tilgan  tovarlarni  sotish, 

ularga  xizmat  ko‘rsatish  va  ta’mirlash  bilan  chegeralanib  qolmasdan,  xizmat 

sohasidagi  mehnat  ham  ko‘p  hollarda  texnik  moslamalar  va  avtomatlar  majmuasi 

vositasida  amalga  oshiriladi.  Oxirgi  o‘n  yilliklarda  xizmatlar  sohasi  tadbirkorlari 

servis  ishlab  chiqarilishi  ishchilari  mehnatini  tashkil  etishida,  shuningdek  servis 

korxolnasini  boshqaruvida  sanoat  ishlab  chiqarilishini  mehnat  elementlari  va 

menedjmentini joriy etish borasida ko‘pgina ishlar qilishdi. 

YUqorida  ta’kidlanganlarni  hammasi  sanoat  ishlab  chiqarilishi  va  xizmatlar 

o‘rtasida yaqin aloqalarni shakllantiradi va srevis korxonalaridagi mehnat va xizmat 

ko‘rsatishni ko‘pgina hollarda industrial ishlab chiqarish tipida tashkil etilishiga olib 

keladi.  Bunday  industrial  ishlab  chiqarilishi  yirik  sanoat  komplekslari  doirasida 

amalga oshiriladi va ulardagi mehnat yuqori texnikaviy qurollanganlik darajasi bilan 

farqlanib  turadi.  Bu  esa  mehnat  unumdorligini  bir  necha  marotaba  oshirish  va 

ommaviy talablarni qondirish imkonini beruvchi katta hajmdagi ishlab chiqariladigan 

mahsulot olinishiga imkon yaratadi. 

Aholiga  xizmat  ko‘rsatish  bilan  bog‘liq  industrial  ishlab  chiqarishlar  misollari 

sifatida shaxsiy kottedjlarni va ko‘p xonali uylarni ommaviy qurilishi, yo‘lovchilarni 

havo,  temir  yo‘l,  avtotransportda  tashishni  va  boshqalarni  ko‘rsatish  mumkin.  Bu 

barcha xizmatlar turlari sanoat ishlab chiqarilishi bilan taqqoslanishi mumkin bo‘lgan 

muhim  parametrlarni:  texnik-texnologik  tavsiflar,  material  va  yoqilg‘ini  sarfi, 

moliyaviy harajatlar va boshqalarni o‘zida mujassam etgan. 

Shunday qilib, zamonaviy servis faoliyati shaxsiy xarakterga ega bo‘lmoqda va 

iste’molchilarni  yakka  va  guruh  ehtiyojlarini  qondirishga  yo‘naltirilgan.  Bularni 

hammasi rivojlangan davlatlarda servis xizmatini ishlab chiqarish haqida yoki ularda 




163 

servis  industriyasi  mavjud  ekanligi  haqida  gapirish  imkonini  beradi.  Hozirgi  vaqtda 

“tashish industriyasi”, “sayyohlik industriyasi”, “ko‘ngil ochish industriyasi”, “ta’lim 

olish  industriyasi”  haqida  haqli  gapirish  mumkin.  Bu  ko‘rsatilgan  servis  faoliyati 

yo‘nalishlari  texnika  va  mehnatni  sanoat  ishlab  chiqarilishi  tipi  bo‘yicha  tashkil 

etishga  tayangan  holda  qisqa  muddat  ichida  minglab  va  millionlab  iste’molchilarga 

xizmat ko‘rsatishga qodir. 


Download 4,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   488




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish