Strategik menejment


-MAVZU. SERVIS XIZMATLARI MENEJMENTI



Download 4,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/488
Sana14.01.2022
Hajmi4,87 Mb.
#365215
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   488
Bog'liq
Strategik menejment uzb

 

11-MAVZU. SERVIS XIZMATLARI MENEJMENTI 

 

Reja: 

 

1.

 

Servis faoliyati tushunchasi. 

2.

 

Servis faoliyatini xo‘jalik amaliyotidagi o‘rni 

3.

 

Servis faoliyati ehtiyoj sifatida 

 

Mamlakatimizda  xizmat  ko‘rsatish  va  servis  sohasi  rivojlanishiga 



mustaqillikning  dastlabki  yillaridan  boshlab  davlat  siyosatining  ustuvor  yo‘nalishi 

sifatida qaralmoqda. Mamlakatimizda xizmatlar bozori xizmatlarning yangi istiqbolli 

turlari  –  turizm,  bank–moliya,  sug‘urta,  axborot-kommunikatsiya  va  boshqa 

xizmatlarni  rivojlantirish  hisobidan  takomillashib  bormoqda.  Oilalarni  murakkab 

maishiy  texnika,  kompyuter  va  shaxsiy  avtotransport  bilan  ta’minlashni  keskin 

oshirish  ularga  ko‘rsatilayotgan  xizmatlarning  tobora  ko‘payishiga  imkon 

yaratdi.SHu  bilan  birga,  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  mazkur 

yo‘nalishga  taalluqli  qonun  va  kodekslari,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 

turizmga oid qator farmonlari ishlab chiqilib, hayotga tadbiq etildi. Mamlakatimizda 

turizm  sohasiga  katta  e’tibor  berilib,  ko‘plab  ommaviy  axborot  vositalarida  ham 

turizm  to‘g‘risida  ko‘rsatuv  va  materiallar  berilayotganiga  guvoh  bo‘lishimiz 

mumkin. 


Ayniqsa,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2012  yil  10  mayda  qabul 


156 

qilingan  "2012-2016 yillarda  O‘zbekiston Respublikasida xizmat  ko‘rsatish  sohasini 

rivojlantirish  dasturi  to‘g‘risida”  gi  qarori  ushbu  sohani  yanada  rivojlantirish  va 

kuchli  turtki  bo‘ldi.  Prezidentimiz  Islom  Karimovning  2012yilda  mamlakatimizni 

ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  yakunlari  hamda  2013yilga  mo‘ljallangan  iqtisodiy 

dasturning  eng  muhim  ustuvor  yo‘nalishlariga  bag‘ishlangan  Vazirlar 

Mahkamasining  majlisidagi  ma’ruzasida  2012-yilda  xizmat  ko‘rsatish  sohasi  ham 

yuqori sur’atlar rivojlani va ushbu yilda aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi qariyb 

15  foizga  o‘sgani,  sohaning  mamlakatimiz  yalpi  ichki  mahsulotidagi  ulushi  esa 

bugungi kunda 52 foizdan ziyodni tashkil etgani ta’kidlab o‘tildli. 

Rivojlangan  mamlakatlar  tajribasidan  ma’lumki,  turizm  taraqqiyoti  uchun 

faqatgina  jozibador  maskanlarning  mavjud  bo‘lishining  o‘zi  etarli  emas.  Mahalliy 

turistik infratuzilmani ham etarli rivojlantirish lozim, ya’ni hududda ichki turizmning 

ham o‘rni katta bo‘lib, undan daromad olish, mahalliy aholi talablarini qondirib, unga 

xizmat  ko‘rsatish,  aholining  saviyasini  oshirish,  odamlarni  ish  o‘rinlari  bilan 

ta’minlash imkoniyatlarini rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. 

Davlat  miqyosida  amalga  oshirayotgan  chora-tadbirlar  tufayli  O‘zbekiston  yil 

sayin  turizm  o‘lkasiga  aylanmoqda.  Bu,  o‘z  navbatida,  xalqaro  aloqalarni 

rivojlantirish, xalqimizning boshqa millatlar bilan hamkorligini kuchaytirish imkonini 

bermoqda.  O‘zaro  hamkorlikning  kuchayishi  esa  mamlakatimizga  jalb  etilayotgan 

xorijiy investitsiyalar hamda turistik xizmat eksportining o‘sishiga xizmat qiladi.  

Servis faoliyati iqtisodiy faoliyati turi bo‘lib, bozor munosabatlari doriasida va 

ishchilarni malakaviy tayyorgarligi asosida jamiyat ne’matlarini yaratishga, xizmatlar 

ko‘rsatishga,  servis  mahsulotlarini  ishlab  chiqarishga  qaratilgan.  Servis  faoliyati 

ixtisoslashgan  xizmat  ko‘rsatish  strukturalari,  ya’ni  uni  sub’ektlari  tomonidan 

generatsiya  (ishlab  chiqariladi,  sotiladi)  qilinadi.  Bu  sub’ektlar  jamiyat  ehtiyojlari 

masshtab  va  xususiyatini  baholagan  holda    hamma  hohlovchilarga  o‘z  xizmatlarini 

taklif etish va ularni qondirishga intilishadi. Sub’ektlar sifatida aniq tadbirkorlar yoki 

servis  tashkilotlari  jamoalari  bo‘lishlari  mumkin.  Bunday  tashkilotlar  ro‘yxatini 

keltiramiz 

 

firmalar, jumladan ixtisoslashganlar uchun, sayyohlik, mehmonxona, davolash 



firmalari; 

 



korxonalar, jumladan ixtisoslashganlar transport, aviatsiya, ta’mirlash, savdo; 

 



byuro, kontoralar – yuridik, informatsion – reklama, uy-joy foydalanish; 

 



muassasalar  (huquqni  muhofaza  qilish,  madaniy  muassasalar  va  boshqalar)  – 

militsiya bo‘linmalari, kinoteatrlar, teatrlar, muzey, kutubxonalar; 

 

tashkilotlar – prokat,  bank, omborxona, sug‘urta, muhofaza, san’at sohasidagi 



va boshqalar. 

Servis  faoliyati  sub’ektlarini  faoliyati  to‘liq  yoki  qisman  bozor  almashinuvi 

tomoyillariga asoslangan, shuningdek huquqiy va adminstrativ-tashkiliy xarakterdagi 



157 

ko‘rsatmalarga  buysindirilgan.  Xizmatlar  sohasidagi  biznes  ko‘pgina  hollarda 

kommersiya  (tijorat)  asosida  amalga  oshirilib  yuqori  mehnat  unumdorligiga,  past 

tannarh  va  xizmat  raqobatbardoshligiga  erishish  maqsad  qilib  qo‘yiladi.  Ayni  shu 

vaqtda  ko‘pgina  davlat  tashkilotlari  aholiga  aralash  asosda  (qisman  tijorat  asosida; 

qisman jamiyat ne’matlarini bepul taqsimlash mexanizmi asosida) xizmat ko‘rsatadi. 

Umuman olganda servis faoliyati keng jamiyat va shaxsiy ehtiyojlarni qondirilishini 

ta’minlaydi  va  zamonaviy  iqtisodiy  va  ijtimoiy  munosabatlarni  samarali 

rivojlantiradi. 

Xizmat ko‘rsatishdagi mehnat qator bozorga xos bo‘lmagan elementlarga boy. 

Xizmat  ko‘rsatishdagi  mehnat  foydali  qazilmalar  qazib  olish  yoki  sanoat  va 

qishloq  xo‘jalik  ishlab  chiqarish  mehnatidan  farq  qiladi.  Keyingi  holatda  ishchi 

fizikaviy materiallarni qayta o‘zgartiradi yoki bioresurslar bilan ishlaydi. Tabiiy xom-

ashyolarni qazib olishda, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etishtirishda, sanoat tovarini 

yaratishda odam ancha energiya sarflaydi, bu sarfni esa oson hisoblash va mehnatga 

to‘lov  sifatida  qoplash  mumkin.  Bu  jarayonda  ishchi  boshlang‘ich  materialni 

o‘zgartirib oxirida tovar sifatiga ega bo‘lgan yangi xom-ashyo yoki mahsulot (yarim 

tayyor mahsulot, hosil, mashina, maishiy predmetlar yoki kiyim-bosh) oladi. Olingan 

mahsulot  shakl,  og‘irlik,  hajm  va  boshqalarga  ega  bo‘lib,  uni  narh  sifatlarini 

aniqlashni osonlashtiradi. 

Xizmat sohasidagi mehnat ko‘p hollarda boshqacha tavsifga ega. Bu erda ishchi 

eng  avvalo  odam,  uni  ehtiyojlari  va  hohishlari  bilan  ish  ko‘radi.  Xizmatlar  o‘rab 

turgan  dunyoda,  odamni  qiyofasida  yoki  uni  ongida  ma’lum  o‘zgarishlarni  sodir 

etsada, ammo bu o‘zgarishlar yaqqol seziluvchan predmet  – moddiy xarakterga ega 

bo‘lmaydi. Xizmat ishlab chiqaruvchilari va iste’molchilari harakat qilyotgan vaziyat, 

ularni birgalikdagi tirishishlarisiz amalga oshmaydi. 

Servis  xizmatchisi  xizmatni  amalga  oshira  turib,  aniq  narsalarni  o‘ta  nozik 

xususiyatlari,  ijtimoiy  aloqalar,  odamlarni  psixologiyasi  va  ongi  bilan  ish  ko‘radi. 

Xizmatlar ishlab chiqarishdagi harakatlar xarakteri ob’ektiv sifati(strukturasi)ga ko‘ra 

murakkab bo‘lib, bu esa uni natijalarini baholashni qiyinlashtiradi. 

SHunga qaramasdan xizmat bilan bog‘liq mehnat o‘zini bozor narxiga ega. 

Servis faoliyatini ko‘rsatkichlari milliy statistikani, to‘laqonli komponentni deb 

tan olingan. 

Servis faoliyatiga o‘ziga xos xususiyatlar bag‘ishlovchi xizmatlar belgilari: 

 

xizmat  ko‘rsatish  jarayoni  shunday  faoliyatki,  unda  ishlab  chiqaruvchi  va 



iste’molchini  sheriklik  o‘zaro  ta’siri  xos;  ushbu  faoliyat  natijasi  sifatida  xizmat 

iste’molchisi uchun muhim bo‘lgan foyda, ne’mat yaratiladi va shu sababli u xizmat 

ishlab chiqaruvchisi mehnatini bozor narxlarida to‘laydi; 



158 

 



ko‘rsatiladigan  xizmatlar  sezilmaydigan,  nomoddiy  xarakterga  ega,  ammo 

xizmatlarni  amalga  oshirish  uchun  material  resurslar,  moddalar,  texnika,  maxsus 

jihozlar zarur bo‘ladi; 

 



xizmatlar ular ko‘rsatilgunga qadar mavjud bo‘lmaydi, ularni saqlash va taxlab 

qo‘yish  mumkin  emas.  Xizmatlarni  ishlab  chiqish  jarayoni  ularni  iste’mol  qilinishi 

bilan bir vaqtda kechadi; 

 



iste’molchi  ko‘p  hollarda  xizmat  ko‘rsatish  jarayonida  to‘g‘ridan-to‘g‘ri 

ishtirok  etadi.  Ammo  qator  xizmatlarni  ishlab  chiqish  iste’molchini  ishtirokisiz 

boshlanishi  mumkin,  iste’molchi  esa  xizmat  ko‘rsatishni  ma’lum  bosqichida  paydo 

bo‘lishi  mumkin.  Iste’molchi  xizmat  ko‘rsatish  jarayonida  albatta,  paydo  bo‘lishi 

kerak, chunki u siz xizmat yakuniy tavsifiga ega bo‘lmaydi; 

 



xizmat  iste’molchisi  uni  mulkdori  bo‘la  olmaydi.  Ammo  bu  xizmat 

ko‘rsatilayotgan narsalarga tegishli emas (ta’mirlangan dazmol, tikilgan kiyim); 

 

xizmat ko‘rsatish faoliyatdir, shuning uchun iste’molchi tomonidan to‘lanmay 



turib baholanishi mumkin emas; 

 



aniq  xizmat  o‘zini  iste’mol  qiymatiga  ma’lum  vaqt  davomida  aynan  shu 

yo‘nalishga ega bo‘ladi, bu esa uni bozorda almashinishi imkoniyatini chegaralaydi. 

Bu  xususiyatlar  xizmatlar  va  servis  faoliyatini  ishlab  chiqaruvchidan  mahorat, 

hayotiy tajriba, tashabbuskorlikni, odamlar bilan ishlay olishni talab etuvchi iqtisodiy 

faollik bo‘lishini ta’minlaydi. 

SHu  bilan  birga  turli  xizmatlar  bir-biriga  nisbatan  o‘zaro  to‘ldiruvchilik 

xarakterida  bo‘lishadi,  busiz  servis  faoliyati  amalga  oshmaydi.  Misol  uchun, 

metropolitendagi  transport  xizmatlari  doimiy  ravishda  elektr  toki  berilishi  bilan 

(energetiklar  xizmati),  informatsion  xizmatlar,  stansiya  va  o‘tish  yo‘llaridagi 

tozalikni  saqlash  xizmatlari,  birinchi  tibbiy  yordam  ko‘rsatish,  savdo  xizmatlarini 

mavjud bo‘lishi bilan kechadi. 

Servis  sub’ektlari  o‘zaro  ta’sir  etishib  va  bir-birlarini  faolligini  to‘ldirib  servis 

mahsulotini yaratishadi. Servis mahsuloti aniq xizmatga nisbatan ancha murakkab va 

hajmli hodisalar. Ushbu mahsulot quyidagi komponetlarni harakati yig‘indisi sifatida 

qaraladi: 

 



ushbu  xizmat  turini  ishlab  chiqarishga  aloqador  barcha  servis  faoliyati 

sub’ektlari mehnati (aniq servis korxonalari va qo‘shni korxonalar); 

 

mahsulot yaratishga jalb etilgan yordamchi mexanizmlar, texnologik jihozlarni 



ishi; 

 



xizmatda foydalaniladigan material moddalar, predmetlar va tovarlar. 

Qator  servis  mahsulotlari  ishlab  chiqarishda  tabiiy  resurslar  (sayyohlikda, 

sanatoriyada)  qo‘lda  barpo  etilgan  ob’ektlar  (ekskursion  xizmat  ko‘rsatishda) 

foydalaniladi  va  ularsiz  odamlarni  o‘ziga  xos  talablarini  qondirish  mumkin  emas. 




159 

Servis mahsulotni yaratishda xizmatga sezilmaydigan komponentlarni (iste’molchiga 

nisbatan  firmada  yaratilgan  umumiy  muhit,  aniq  ishchilarni  kayfiyati,  xizmat 

ko‘rsatish  xonasidagi  shinamlik)  ahamiyati  katta  bo‘lib,  aniq  korxonani  servis 

mahsulotini shakllantiradi. 

Umuman servis mahsuloti servis faoliyatini kompleksli tabiatini, shuningdek uni 

turli yo‘nalishlari va turlarini o‘zaro to‘ldiruvchanlik xarakterini aks ettiradi. 

Turli  servis  mahsulotlari  nafaqat  tashkilot  va  firma  darjasida,  balki  tarmoq, 

region,  milliy  amaliyot  darajasida  ham  ishlab  chiqarilishi  mumkin.  Masalan,  milliy 

turistik mahsulotni yaratilishi. 




Download 4,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   488




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish