Strategik marketing



Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/279
Sana05.09.2021
Hajmi3,22 Mb.
#165463
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   279
Bog'liq
1547-Текст статьи-3979-1-10-20200627

 
 


 
33 
 
 
2 –BOB. MARKETING VA EHTIYOJLARNING QONDIRILISHI 
 
2.1. Inson ehtiyojlari 
 
Ehtiyoj  tushunchasi  shunday  atamaki,  uning  ustida  tinimsiz  bahs  boradi, 
chunki  unda  ba’zan  axloq  yoki  mafkuraga  asoslangan  sub’ektiv  fikrlash  elementlari 
mavjuddir. 
Ehtiyoj  biror  narsani  tanlashdan  avval  his  qilinishi  lozim.  Buning  ma’nosi 
shuki,  mantiqan  qaraganda,  biror  narsani  afzal  ko‘rish  samarali  tanlash  jarayonidan 
avval  yuz  beradi.  Agar  shaxs  tafakkur  jihatdan  etuk  va  aqlli  bo‘lsa,  uning  xulq-
atvorini  oldindan  aytib  berish  mumkin  bo‘ladi,  chunki  xulq-atvor  oqilona  hisob-
kitobning natijasi bo‘ladi. 
Ehtiyoj  -  individ  shaxsining  madaniy  darajasiga  asosan  o‘ziga  xos  shaklga 
kirgan muhtojlikdir. F. Kotler ehtiyojga “Hayot sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lgan va 
his  qilinadigan  qoniqmaslik  holati”  deb  ta’rif  bergan  edi.  Bu  mohiyat  jihatdan  asliy 
ehtiyojga  berilgan  ta’rifdir.  Insonlarning  turmush  tarzini  belgilab  beruvchi 
tendensiyalarning  har  biriga  mos  keladigan  asliy  ehtiyojni  tasavvur  qilish  mumkin, 
bunda  ushbu  tendensiyalar  soni  cheklangandir.  SHuning  uchun  asliy  ehtiyojni  inson 
tabiati  belgilaydi,  va  binobarin,  jamiyat  yoki  marketing  tomonidan  vujudga 
keltirmaydi,  u  talab  yuzaga  kelishdan  avval  ham  yashirin  yoki  ifodalangan  holda 
mavjud bo‘ladi. 
F. Kotler ehtiyojlar, istaklar va talab o‘rtasidagi tafovutlarni o‘rnatadi. Istaklar 
ehtiyojlarni  chuqurroq  qondirishning  maxsus  vositalaridir.  Asliy  ehtiyojlar  barqaror 
va kam sonli bo‘ladi, istaklar esa ko‘p bo‘lib, o‘zgarib turadi, ularga ijtimoiy kuchlar 
doim  ta’sir  qilib  turadi.  Istaklar  sotib  olish  qobiliyati  va  xohishi  bilan 
mustahkamlansa,  maxsus  tovarlarga  bo‘lgan  potensial  talablarga  aylanib  boradi. 
Kotlerning  fikricha,  marketing  istak  va  talablarga  ta’sir  qilishga  urinadi  hamda 
tovarning o‘ziga jalb qiluvchi va arzon bo‘lishini ta’minlaydi. Marketing ehtiyojlarni 
hosil qilmaydi; ehtiyoj marketologlar paydo bo‘lishidan avval ham bor edi. 
F.  Kotler  marketing  iste’molchining  ijtimoiy  maqomdagi  ehtiyojni  muayyan 


 
34 
 
 
rusumdagi avtomobil qondirishini aytib beradi. U ijtimoiy maqomdagi ehtiyojni hosil 
qilmaydi, balki uni qondirish vositasini taklif qiladi deb ta’kidlagan. 
Ehtiyoj, istak va talabni ko‘pincha bir-biri bilan adashtirib yuborishadi, holbuki 
bu  uch  konsepsiya  o‘rtasida  jiddiy  farqlar  bor.  Ammo  marketingning  ijtimoiy  roli 
haqidagi  bahsni  yopishga  bu  tafovutlarning  o‘zi  kamlik  qiladi.  Ko‘rinib  turibdiki, 
ehtiyojlar  ilgaridan  mavjud  bo‘lsa-da,  marketing  ularga  ta’sir  ko‘rsatishi  mumkin. 
Buning  ustiga,  xarid  qilish  qobiliyatining  etarli  bo‘lmaganligi  uchun  talabga 
aylantirib  bo‘lmaydigan  istaklarning  hosil  bo‘lishi  iqtisodiyotdagi  uzilishlar  va 
emirishlarning  muhim  manbaidir.  Marketing  aynan  shu  narsa  uchun  bevosita 
javobgardir  va  aynan  shu  narsa  uni  qo‘llashda  cheklashlar  qo‘yish  zarurligini 
izohlaydi. Ehtiyojlarni bir necha turlarini ko‘rsatish mumkin. 

Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish