Faol marketing bosqichida strategik marketing rivojlanadi va uning roli
kuchayib boradi. Bu rivojlanishning zamirida uchta omil yotadi:
-texnologik taraqqiyot tarqalish tezligining ortishi;
-bozorlarning etukligi va asosiy bozor ehtiyojlarining progressiv to‘yinishi;
-xalqaro savdo yo‘lidagi to‘siqlarning birin-ketin bekor qilinishi oqibatida
bozorlarning yanada baynalminallashuvi.
O‘zgarishlarning uchta omilini, shuningdek ularning marketing funksiyasiga
ta’sirini ko‘rib chiqamiz.
Texnologik taraqqiyotga kelsak, bu davrni ixtirolar davridan ko‘ra
innovasiyalar davri deyish to‘g‘riroq bo‘ladi. Innovasiya bilan ixtiro o‘rtasidagi
farqni ajratib olish muhim. Ixtiro - innovasiyaning zamirida yotuvchi ijodiy ishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |