Strategik marketing



Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/279
Sana05.09.2021
Hajmi3,22 Mb.
#165463
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   279
Bog'liq
1547-Текст статьи-3979-1-10-20200627

Maqsadli  narx  -  texnikaviy  narxga  ba’zi  qo‘shimchalar  orqali  hamda 
investitsiya qilingan kapitalga qarab qo‘yiladigan narxdir. 
Korxona  narxni  belgilar  ekan,  xarajatlarning  jami  manzarasi  ko‘rib 
chiqiladigan, zarar ko‘rmaslikni ta’minlaydigan tahlil usulidan foydalaniladi. Bunday 
tahlil  narxlarni  belgilashda  foydali  vosita  hisoblanadi,  ammo  tor  ishlab  chiqarish 
ixtisoslashuv  sharoitida  o‘zgaruvchan  xarajatlarni  oson  hisoblash  mumkin  bo‘lgan 
paytlarda  uni  qo‘llash  yaxshi  natija  beradi.  Zarar  ko‘rmaslikni  tahlil  qilishda  asosiy 
e’tibor  mahsulot  sotish  hajmi  nuqtasiga,  to‘liq  daromad  to‘liq  xarajatlarga  teng 
bo‘lgan,  ya’ni  na  foyda,  na  zarar  bo‘lmagan  nuqtaga  qaratiladi.  Marketologlar  bir 
qator  har  xil  narxlarni  tadqiq  etadilar,  so‘ngra  har  bir  narx  uchun  zaruriy  hajmlar 
qiyoslanadi. 
Asosan narxni o‘zgartirish yo‘li bilan talabga ta’sir ko‘rsatish raqobatning narx 
bilan bog‘liq ustunliklarini yaratadi. Narx bilan bog‘liq bo‘lmagan raqobat usullarida 
firmalar  o‘z  mahsulotining  o‘ziga  xos  xislatlariga  zo‘r  beradi,  mahsulot  sotish, 
tovarlar harakati, reklama, mahsulotni joylashtirish, servis kabi marketing qismlariga 
katta e’tibor beradi. 
Narxni  chegaraviy  xarajatlar  bo‘yicha  belgilash  usulini  qo‘llash  bilan  firma 


 
177 
 
 
mahsulotining qo‘shimcha  hajm birligini bu  mahsulotni  ishlab chiqarishning alohida 
qiymatiga  sotadi,  bu  holda  xarajatlarning  faqat  bir  qismi  qoplanadi,  foyda  amalga 
oshmaydi. Narx belgilashning bu strategiyasi agar firma  ishni to‘xtatish xavfi ostida 
qolgan va ishchi kuchini saqlab qolishni xohlagan sharoitlarda naf keltirish mumkin.  
Savdoda  do‘konlarga  xaridorlarning  kelishini  ko‘paytirish  uchun  sotuvchilar 
ayrim  tovarlarni  to‘liq  xarajatlaridan  pastroq  baholab,  “jalb  etuvchi”  narxlar 
yaratadilar. Xaridorlar oqimi ko‘payadi, ular arzon narxdagi tovarlar bilan birga narxi 
me’yorda bo‘lgan tovarlarni ham xarid qiladilar. 
Tovarning  “qabul  qilinadigan  qiymati”  tushunchasi.  Tovarning  “qabul 
qilinadigan 
qiymati” 
tovarning 
pirovard 
iste’molchi  tomonidan  qanday 
foydalanilishini to‘liq bilish va tushunishga asoslanadi. Ushbu yondashuvning asosiy 
g‘oyasi  shuki,  xaridor  tovarni  sotib  olishdan  oldin  xaridning  ustunliklarni  va  unga 
ketadigan  xarajatlarni  solishtirib  ko‘radi.  Bu  g‘oya  bir  tomondan  oddiy  ko‘rinsada, 
uning amalda qo‘llanishi doim ham oson bo‘lavermaydi. 
Xaridor  tovar  uchun  qanday  narxni  to‘lashga  tayyor  ekanligini  ilishi  uchun 
tovar ta’minlaydigan qoniqish hissi yoki u ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan xizmatlarning 
turli  shaklalrini  hamda  uni  sotib  olishga  ketadigan  xarajatlarni  yaxshi  bilishi  kerak 
bo‘ladi. 
SHu  erda  maksimal  maqbul  narx  tushunchasini  kiritish  maqsadga  muvofiqdir. 
Maksimal  maqbul  narx  bu  xarajatlardan  tejash  nolga  teng  bo‘lgan  narxdir.  Narx 
ushbu  chegaradan  ko‘tarilgan  sari,  tovar  xaridor  uchun  qimmatlashib  boradi  va 
aksincha,  narx  ushbu  ko‘rsatkichdan  kamaysa,  xaridorning  unga  bo‘lgan  qiziqishi 
ortadi.  Ushbu  yondashuvda  quyidagi  harakatlar  ketma-ketligiga  rioya  qilish  taklif 
qilinadi: 
•  tovarning qanday maqsadda va qanday sharoitlarda ishlatilishini aniqlash; 
•  tovarning xaridor uchun narxga bog‘liq bo‘lmagan ustunliklarini aniqlash; 
•  xaridorning  tovardan  foydalanishdagi  narxga  bog‘liq  bo‘lmagan  barcha 
(ob’ektiv va sub’ektiv) xarajatlarni  aniqlash; 
•  “ustunlik-xarajatlar”  muvozanatining  maksimal  maqbul  narxga  to‘g‘ri 
keladigan darajasini belgilash. 


 
178 
 
 
Agar  maqsadli  bozor  segmentlangan  bo‘lsa,  bunday  tahlil  barcha  xaridorlar 
guruhlari uchun olib borilishi  kerak. 

Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish