Strategik marketing



Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/279
Sana05.09.2021
Hajmi3,22 Mb.
#165463
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   279
Bog'liq
1547-Текст статьи-3979-1-10-20200627

Marka  bu  -  bitta  yoki  bir  nechta  tovar  ishlab  chiqaruvchining  (sotuvchining) 
mahsulotlarini  identifikatsiya  qilish  va  uni  raqobatchilar  tovarlaridan  farqlash 
maqsadida  foydalaniluvchi  nom,  belgi,  simvol,  rasm,  atama  yoki  ularning 
kombinatsiyasidir. Marka bozorda tovarni tanib olish, boshqa tovarlardan farqlash va 
differensiatsiya  qilish  uchun  xizmat  qiladi.  Marka  o‘z  ichiga  marka  nomi,  marka 
belgisi va tovar belgisini kiritishi mumkin. 
Marka nomi bu markaning ovoz chiqarib o‘qish mumkin bo‘lgan so‘z, harf va 
ularning birikmasi hisoblanadi. 
Marka  nomi  bu  markaning  tanib  olinadigan,  lekin  o‘qilmaydigan  kismidir.  U 
simvol  yoki  rasmdan  iborat  bo‘lib,  ajralib  turuvchi  rang  va  o‘ziga  xos  shrift  bilan 
bezaladi. 
Tovar  belgisi  marka  yoki  uning  huquqiy  jihatdan  himoyalangan  qismi  bo‘lib, 
sotuvchiga  marka  nomi  va  marka  belgisidan  mutlaq  foydalanish  huquqini  beradi. 
Tovar  belgisi  markaning  himoyasi,  reklamasi,  individualligi  va  sifat  kafolati 
vazifasini  bajaradi.  Tovar  qaysi  marka  ostida  sotilishiga  qarab  ikki  turga  bo‘linadi  - 
ishlab chiqaruvchi markasi va xususiy marka. 


 
150 
 
 
Ishlab  chiqaruvchi  markasi  bu  ishlab  chiqaruvchi  tomonidan  yaratilgan  yoki 
boshqa  ishlab  chiqaruvchidan  ijaraga  olingan  markadir.  Tovarni  markalashtirishda 
ishlab chiqaruvchi quyidagilardan foydalanishi mumkin: o‘z mahsulotlarining har bir 
turi uchun individual marka nomlari tanlash; barcha mahsulotlar uchun yagona marka 
nomi belgilash;  mahsulotlarning turli  guruhlari  uchun alohida  marka  nomlari berish; 
ishlab  chiqaruvchi  kompaniya  nomini  alohida  mahsulotlar  marka  nomiga  qo‘shib 
ishlatish. 
Xususiy  marka  bu  savdo  (ulgurji  yoki  chakana)  korxonalari  tomonidan  ishlab 
chiqilgan  markalardir.  Ba’zida  u  vositachilar  markasi,  distribyuterlar  markasi  yoki 
diler  markasi  deb  ham  ataladi.  Faoliyat  sohasiga  ko‘ra  ular  quyidagilarga 
taqsimlanadi: individual (aspirin); guruhli (Maggi); firma (Nestle); hududiy (“Stepan 
Razin” pivosi); milliy (“Jiguli” avtomobili); xalqaro (Coca-Cola) markalar. 
Marka  o‘ziga  xos  shartli  belgi  bo‘lib,  uni  tovar  yoki  xizmat  bilan  bog‘lash 
vositasida iste’molchiga tovarning iste’mol tavsifnomalari to‘g‘risida xabar beradi. U 
xaridorlarni  mazkur  tovarni  sotib  olishda  xuddi  avvalgidek  sifatga  ega  bo‘lishlariga 
ishontirishga harakat qiladi. 
Marka faqat tovar nomi sifatidagina emas, balki uning bir nechta xususiyatlari 
yig‘indisi sifatida kompleks ravishda ko‘rib chiqilishi lozim. 
F.Kotler  markani  tovar  tavsifnomasi,  foyda,  tovarning  qimmatliligi,  undan 
foydalanish  madaniyati  (uyushqoqlik,  tartiblilik,  samaradorlik,  yuqori  sifat), 
tovarning  individualligi  va  foydalanuvchi  turini  aks  ettiruvchi  olti  pog‘onali  simvol 
sifatida ta’riflagan. Markaning eng barqaror xususiyatlari (qimmatlilik, madaniyat va 
individuallik) uning mohiyatini belgilab beradi. 
Marketologning  tovar  markalarini  boshqarishda  qabul  qilishi  lozim  bo‘lgan 
qarorlar  quyidagicha  -  tovar  markasining  zarurati  haqida,  tovar  markasini  qo‘llab-
quvvatlash  haqida,  marka  strategiyasi  haqida,  markaning  pozitsiyasini  o‘zgartirish 
haqida bo‘lishi lozim. 
Tovar  markasini  qo‘llashning  samarasi  yuqori  bo‘ladi,  chunki  undan 
foydalanish  buyurtmalarning  shakllanishi  va  tovarlarni  etkazib  berish  jarayonini 
engillashtiradi;  tovarning  o‘ziga  xos  xislatlarini  raqobatchilar  tomonidan  noqonuniy 


 
151 
 
 
imitatsiya  qilinishidan  huquqiy  himoyalashni  ta’minlaydi;  xaridorlarning  barqaror 
kontingentini 
jalb 
qilish 
imkoniyatini 
yaratadi; 
bozor 
segmentatsiyasini 
engillashtiradi;  korporativ  imidjni  kuchaytiradi  va  yangi  markalarni  joriy  kilishni 
osonlashtiradi. 
Tovar  markalari  shuningdek,  bozor  hokimligini  egallab  olish  va  firmaning 
moliyaviy  pozitsiyalarini  mustahkamlash  vositasi  sifatida  ham  xizmat  qiladi.  SHu 
sababli  markalarni  boshqarishning  vazifalaridan  biri  tovar  markasini  rivojlantirish, 
uning  hatti-harakatlarini  kengaytirish  hisoblanadi.  Buning  uchun  quyidagi  marka 
strategiyalari  ishlab  chiqiladi:  tovar  qatorini  kengaytirish  strategiyasi  (mavjud 
markani  yuzaga  kelgan  tovar  nomenklaturasiga  tarqatish);  tovar  markasi 
chegaralarini  kengaytirish  strategiyasi  (mavjud  markani  yangi  tovarlarga  tarqatish); 
ko‘p  markalilik  strategiyasi  (bitta  mahsulot  liniyasi  uchun  ikki  yoki  undan  ortiq 
markani ishlab chiqish). 
Shuni  ham  e’tiborga  olish  kerakki,  faqat  ba’zi  markalargina  uzoq  vaqt 
davomida  muvaffaqiyatga  erishishi  mumkin.  Moliyaviy  to‘siqlarning  mavjudligi, 
shuningdek,  xaridorlarni  yangi  kiritilgan  markaga  ko‘niktirish  zarurati  yangi  tovar 
markasini  tayyorlash  va  rivojlantirish  uchun  sarflanuvchi  xarajatlarni  qoplash  uchun 
doimiy ravishda mablag‘lar qidirishni talab qiladi. 
 

Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish