Strategik marketing


Tez  sarflanadigan  iste’mol  tovarlariga  bo‘lgan  talab



Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/279
Sana05.09.2021
Hajmi3,22 Mb.
#165463
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   279
Bog'liq
1547-Текст статьи-3979-1-10-20200627

Tez  sarflanadigan  iste’mol  tovarlariga  bo‘lgan  talab.  Uzoq  muddat 
foydalaniladigan  tovarlarga  bog‘liq  bo‘lmagan  iste’mol  tovarlariga  bo‘lgan  talabni 
quyidagi ma’lumotlardan kelib chiqqan holda aniqlash mumkin: 
-potensial iste’mol qiluvchi birliklar soni; 
-real  foydalanuvchilarning  potensial  iste’mol  qiluvchi  birliklar  ichidagi  ulushi 
(qamrov darajasi); 
-bitta  real  xaridorga  to‘g‘ri  keladigan  birlik  iste’mol  darajasi  (kirib  borish 
darajasi). 
“Qamrov darajasi” bilan “kirib borish darajasi” o‘rtasidagi  farq bozorga ta’sir 
ko‘rsatishning  ustuvor  maqsadlarini  aniqlab  olish  uchun  muhimdir:  maqsad  yo 
foydalanuvchilar  sonini  oshirish  yoki  bir  foydalanuvchiga  to‘g‘ri  keladigan  iste’mol 
hajmini oshirishdir. 
Bozorning  mutlaq  salohiyati  qamrov  darajasi  100  %ga  teng,  kirib  borish 
darajasi  esa  har  bir  foydalanish  holati  uchun  maqbul  deb  olingan  holda  aniqlanadi. 
Talabning  joriy  darajasi  xarid  paytidagi  barqaror  ko‘nikmalarni  kuzatish  orqali 
aniqlanishi  mumkin.  Zarur  ma’lumotlarni  ba’zan  professional  uyushmalardan  yoki 
rasmiy  statistika  axborotlaridan  ham  olish  mumkin.  Biroq,  ko‘pincha,  iste’molchilar 
komissiyalaridan  («panellaridan»)  olingan  dastlabki  ma’lumotlarni  chetlab  o‘tib 
bo‘lmaydi. 
Agar  iste’mol  tovari  uzoq  muddat  foydalaniladigan  tovar  bilan  bog‘liq  bo‘lsa 


 
86 
 
 
(masalan,  kir  yuvish  kukuni  va  kir  yuvish  mashinasi),  iste’molchilarning  qamrov 
darajasi  uzoq  muddat  foydalaniladigan  shu  tovarning  qamrov  darajasi  bilan 
almashtiriladi.  Bu  erda  qo‘shimcha  ko‘rsatkichni  tovarga  qilinadigan  murojaatlar 
orasidagi vaqtni ham kiritish zarurdir. Natijada biz quyidagi ko‘rsatkichlar to‘plamiga 
ega bo‘lamiz: 
- sarflanayotgan tovar birligining potensial miqdori; 
- uzoq muddat foydalaniladigan tovarning qamrov darajasi; 
- uzoq muddat foydalaniladigan tovarga murojaatlar tezligi; 
-  sarflanayotgan  tovarning  uzoq  muddat  foydalaniladigan  tovarga  nisbatan 
birlik murojaatga to‘g‘ri keladigan iste’mol hajmi (texnik koeffitsient). 
Sarflanayotgan 
tovarlarning 
potensial 
iste’moli 
ular 
bajarayotgan 
funksiyalardan  kelib  chiqqan  holda  aniqlanadi.  Qolgan  zarur  ma’lumotlar  so‘rovlar 
yoki  kuzatishlar  orqali  olinishi  lozim,  bunga  bir  murojaatdagi  sarf  hajmi  kirmaydi, 
chunki u texnik sabablar bilan belgilanadi. 
- uzoq muddat foydalaniladigan tovarga bo‘lgan talab. 
Bu  holda  birlamchi  talab  bilan  almashuvga  bo‘lgan  talab  o‘rtasidagi  muhim 
farqni  ajratib  olish  zarur.  Uzoq  muddat  foydalaniladigan  tovarga  bo‘lgan  birlamchi 
talab quyidagi ko‘rsatkichlar asosida aniqlanadi: 
- aniq iste’mol qiluvchi birliklar soni va ularning uzoq muddat foydalaniladigan 
tovarlari bilan jihozlanganlik darajasining ortishi; 
- yangi  iste’mol  qiluvchi  birliklar  soni  va  ularning  uzoq  muddat 
foydalaniladigan tovarlari bilan jihozlanganlik darajasining ortishi. 
Uzoq  muddat  foydalaniladigan  tovarlarning  maqsadli  xaridorlar  orasida 
diffuziyalanish  tezligi  ham  muhim  ko‘rsatkichdir.  Uni  aniqlash  uchun  o‘xshash 
tovarlarning avvalgi davrlarda bozorga kirib borish egri chiziqlari juda foydalidir. 
Almashtirishga bo‘lgan talabni baholash birmuncha qiyinroqdir; buning  uchun 
quyidagi ma’lumotlar kerak bo‘ladi: 
-uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarning mavjud miqdori; 
-ularning xizmat qilish muddati bo‘yicha taqsimlanishi; 
-tovarning  xizmat  qilish  muddati  bo‘yicha  taqsimlanishi  (jismoniy,  iqtisodiy 


 
87 
 
 
yoki ma’naviy eskirish); 
-tovarni almashtirish tezligi; 
-almashtiriladigan  yangi  muqobil  tovarlarning  (yangi  texnologiyalar)  paydo 
bo‘lish samarasi; 
-iste’mol qiluvchi birliklarning yo‘qolish samarasi. 
Almashtirishga  bo‘lgan  talab  uzoq  muddat  foydalaniladigan  tovarlarning 
miqdori  va  xizmat  qilish  muddatiga  bevosita  bog‘liqdir.  Almashtirish  tezligi  xizmat 
muddatining  tugash  tezligi  bilan  mos  kelishi  shart  emas,  bunda  iste’moldan  chiqib 
ketadigan uzoq muddat foydalaniluvchi tovarlarning ulushi tushuniladi. Har bir narsa 
eskirishi mumkin, chunki uning iqtisodiy ko‘rsatkichlari qoniqarsiz bo‘lib qoladi yoki 
foydalanuvchilarning fikricha, u modadan qolgan bo‘ladi. 
Umuman  olganda,  xizmat  muddatining  tugash  tezligi  bu  muddatning 
uzoqligiga  teskari  proporsionaldir.  Masalan,  o‘rtacha  xizmat  muddati  12  yilga  teng 
bo‘lsa, bu muddatning o‘rtacha tugash tezligi 8,3 %ni tashkil qiladi. 
Xizmat  muddatining  yana  davom  ettirilishi  birlamchi  talabga  taalluqli  bo‘lgan 
baholarga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. 
Masalan,  Fransiyada  avtomobillarning  real  xizmat  muddati  10-11  yilni  tashkil 
qiladi. Agar bu muddat 12,5 yilga etsa, xizmat muddatining tugash tezligi taxminan 8 
%ga teng bo‘ladi, bu esa 1,7 mln.ga  yaqin  mashinani almashtirishga bo‘lgan talabga 
to‘g‘ri keladi. Agar, aksincha, o‘rtacha xizmat muddati 9 yildan oshmaydi, deb faraz 
qilsak, xizmat muddatining tugashi taxminan 11,1 %ni tashkil qiladi, bu esa 2,1 mln. 
mashinani almashtirishga bo‘lgan talab, demakdir. 
Avtomobil  bozorida  texnologik  xizmat  muddati  uzluksiz  ortib  boradi. 
Shvetsiyada 
o‘tkazilgan 
tadqiqotlarning 
ko‘rsatishicha, 
ba’zi 
rusumdagi 
avtomobillarning xizmat muddati 1965 yildan buyon 65 %ga uzaygan. 
Talabni  baholash  uchun  zarur  bo‘lgan  ba’zi  ma’lumotlar,  masalan,  mavjud 
tovarlar  miqdori  va  ularning  muddatlar  bo‘yicha  taqsimlanishi  haqidagi 
ma’lumotlarni  o‘tgan  yillardagi  savdo  faoliyatini  tahlil  qilish  natijasida  olish 
mumkin.  Masalan,  xizmat  muddati  bo‘yicha  taqsimlanishning  bahosi  o‘zlaridagi 
buyumni  almashtirish  bilan  band  bo‘lgan  tovar  egalarini  tanlab  olish  yo‘li  bilan 


 
88 
 
 
aniqlanishi  mumkin.  Bunday  yo‘l  bilan  aniqlangan  almashtirish  tezligi  eskirishning 
tovarni  almashtirishga  sabab  bo‘ladigan  turli  turlarini  farqlashga  imkon  bermasligi 
tabiiydir.  Texnik  jihatdan  yaroqli  bo‘lgan  tovar  iqtisodiy  (masalan,  agar  yangi 
tovarlarning  ekspluatasiya  xarajatlari  keskin  kamaygan  bo‘lsa)  yoki  hissiy  (masalan, 
agar  foydalanuvchi  yangi  modellarning  estetik  xususiyatlariga  katta  ahamiyat  bersa) 
sabablarga  ko‘ra  almashtirilishi  mumkin.  Undan  tashqari,  almashtirish  paytida 
foydalanuvchi  shu  funksiyani  bajaruvchi,  biroq  boshqa  texnologiyaga  asoslangan 
tovarga murojaat qilishi mumkinligini ham esdan chiqarmaslik kerak. 
Tejamliroq “past haroratli” qozonlar ishlab chiqilishi natijasida markaziy isitish 
sohasida  katta  taraqqiyotga  erishildi,  bu  esa  iqtisodiy  sabablarga  ko‘ra  almashtirish 
sur’atlarining  tezlashishiga  olib  keldi.  Ayni  paytda  boshqa  texnologiyalar,  masalan, 
issiqlik  nasoslari  ham  rivojlandi  va  ular  ko‘p  hollarda  ba’zi  maxsus  sohalarda 
mazutda ishlaydigan qurilmalarning o‘rnini egalladi. 
Uzoq  muddat  foydalaniladigan  tovarlar  sektoridagi  savdo  hajmlarining  katta 
qismi  almashtirishga  bo‘lgan  talabga  to‘g‘ri  keladi,  bu  ayniqsa,  uy  xo‘jaliklarining 
bunday  tovarlar  bilan  jihozlanish  darajasi  juda  yuqori  bo‘lgan  hamda  aholi  sonining 
o‘sish darajasi past bo‘lgan g‘arb mamlakatlarida kuzatiladi. 

Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish