Strategik marketing


-rasm. Maqsadli bozorning mezonlari



Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/279
Sana05.09.2021
Hajmi3,22 Mb.
#165463
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   279
Bog'liq
1547-Текст статьи-3979-1-10-20200627

 
3.1-rasm. Maqsadli bozorning mezonlari 
 
Funksiyalar  yoki  funksiyalar  yig‘indisi.  Bu  erda  gap  tovar  yoki  xizmat 
qondirishi  kerak  bo‘lgan  ehtiyojlar  haqida  bormoqda.  Bunday  funksiyalarga 
uylarning  ichki  jihozlanishini,  xalqaro  yuk  tashishni,  tomning  suv  o‘tkazmasligini, 
zangdan  himoyalash, tishlarni tozalash, chuqur  va  yuza burg‘ulash, tibbiy tashxis  va 
shu kabilarni misol qilib keltirish mumkin. 
Funksiyalarni  shu  funksiya  bajariladigan  usullar  (ya’ni  texnologiyalar  bilan) 
bilan  adashtirib  yubormaslik  kerak.  “Funksiyalar”  va  “foydalar”  o‘rtasidagi  farq, 
ayniqsa  tor  sohadagi  funksiyalar  yoki  ularning  yig‘indisida  har  doim  ham  aniq 
ko‘rinib  turavermaydi.  Masalan,  tishlarni  tozalash  va  ularni  turli  kasalliklardan 
himoyalash,  qazg‘oqqa  qarshi  shampunlar  va  hokazo.  Demak,  funksiyalarga 
iste’molchilarning  turli  guruhlari  qidirayotgan  foydalar  to‘plami  sifatida  ham  ta’rif 
berish mumkin. 
Iste’molchilar  guruhlari.  Potensial  iste’molchilarning  turli  guruhlarini 
ajratishda  eng  ko‘p  qo‘llaniladigan  mezonlar  quyidagilardan  iborat:  oila  yoki 
tashkilot,  ijtimoiy-iqtisodiy  sinf,  geografik  hudud,  faoliyat  turi,  firmaning  moliyaviy 
imkoniyatlari, texnologik saviya, pirovard  mahsulotlarning  ishlab chiqaruvchisi  yoki 
iste’molchisi, xarid markazi va hokazo. 
Makrosegmentlashda,  ayniqsa    sanoat  tovarlari  haqida  gap  ketganda,  faqat 


 
59 
 
 
umumiy  tavsifnomalar  hisobga  olinadi.  Iste’mol  tovarlari  uchun  ko‘pincha  yosh 
guruhlari, qidirilayotgan  foydalar,  xulq-atvor  yoki  turmush tarzi kabi  mezonlar talab 
qilinadi. Ularni aniqlash esa mikrosegmentlashning vazifasidir. 
Texnologiyalar.  Bu  erda  xilma-xil  funksiyalarning  bajarilishini  ta’mirlovchi 
“nou-xau”  shaklidagi  turli  texnologiyalar  ko‘rib  chiqiladi.  Masalan,  uy-joylarning 
shinamlik funksiyasi uchun bo‘yoqlar yoki gulqog‘ozlar, tovarlarni xalqaro tashishlar 
uchun  avtomobil,  havo,  temir  yoki  dengiz  yo‘llari,  tomlarning  suv  o‘tkazmaslik 
uchun  bitum  yoki  plastmassa  plyonkalar,  tibbiy  tashxis  funksiyasi  uchun  rentgen 
nurlari, ultratovush va kompyuter tomografiyasi va hokazolar. 
Yuqorida 
aytib 
o‘tilgandek,  texnologik  mezonlar  dinamik  bo‘lib, 
mukammalroq  texnologiyalar  vaqt  o‘tishi  bilan  hozirgi  ilg‘or  texnologiyalarning 
o‘rnini  egallaydi.  Buni  tibbiy  tashxisda  yadro  magnit  rezonansi,  axborot  uzatishda 
elektron pochta, teletaypga nisbatan esa faks misolida ko‘rish mumkin. 
Asosiy bozorning tuzilishi. Bayon etilgan yondashuvdan foydalangan holda biz 
uch xil tuzilmalarni: - “tovar bozori”, “bozor” va “sanoat tarmog‘i”ni farqlay olamiz. 
Tovar  bozori  -    iste’molchilar  guruhi  va  muayyan  texnologiyaga  asoslangan 
funksiyalar majmuasining kesishmasida joylashgan; 
Bozor  -  iste’molchilarning  bir  guruhi  va  bir  funksiyani  bajarish  uchun 
mo‘ljallangan texnologiyalar majmuasining qamrab oladi; 
Sanoat  tarmog‘i  -  texnologiya  bilan  (u  bilan  bog‘liq  funksiyalar  yoki 
iste’molchilar guruhidan qat’iy nazar) belgilanadi. 
Bundan  asosiy  bozorga  berish  mumkin  bo‘lgan  va  har  biri  o‘zining  ustun 
tomonlarini va kamchiliklariga bo‘lgan uch xil ta’rif kelib chiqadi. 
“Sanoat tarmog‘i” tushunchasi an’anaviy  tushuncha bo‘lib,  ayni paytda  u biz 
uchun  kamroq  to‘g‘ri  keladi,  chunki  u  bozor  talabiga  emas,  taklifga  yo‘naltirilgan. 
Shu bilan birga, ko‘rinib turibdiki, u bir-biri  bilan mutlaqo bog‘liq bo‘lmagan xilma-
xil funksiyalar va iste’molchilar guruhlarini qamrab olishi mumkin.  
Masalan,  uy-jihozlari  tarmog‘i  qisqa  to‘lqinli  pechlar  va  dazmollar,  ya’ni 
xaridorlar  xulq-atvori tavsifnomalari  va o‘sish salohiyati  nuqtai  nazaridan qaraganda 
mutlaqo turlicha bo‘lgan ikki tovarni o‘z ichiga olish kerak. 


 
60 
 
 
Binobarin,  bu  tushuncha  ko‘rib  chiqilayotgan  funksiyalar  va  iste’molchilar 
guruhi  faqat  yuqori  darajada  bir  jinsli  bo‘lgan  taqdirdagina  qiymatga  egadir.  SHuni 
qayd  qilib  o‘tish  lozimki,  amaliyotda  tarmoq  konsepsiyasiga  murojaat  qilinishi 
muqarrardir,  chunki  sanoat  va  xalqaro  savdo  sohasidagi  statistik  ma’lumotlarning 
ko‘pchiligi aynan shu mezonga asoslangan. 
“Bozor”  tushunchasi  asliy  ehtiyoj  konsepsiyasiga  juda  yaqindir  va    shu  yo‘l 
bilan  bir  funksiya  uchun  mo‘ljallangan  turli  texnologiyalarning  bir-birining  o‘rnini 
bosa  olishini  ta’kidlaydi.  Texnologik  innovasiya  bozorning    mavjud  chegaralarini 
mutlaqo  o‘zgartirib  yuborishi  mumkin.  Asosiy  bozorning  bunday  ta’riflanishi 
o‘rinbosar  texnologiyalarni  kuzatib  borishni  engillashtiradi.  Bu  erda  asosiy 
qiyinchilik  shundaki,  nazorat  qilinishi  kerak  bo‘lgan  texnologiyalar  g‘oyatda  xilma-
xil bo‘lishi va ayni paytda bir-biridan juda uzoq bo‘lishi mumkin.  
Yana  sanoat  binolari  va  uy  joylarning  ichki  bezaklariga  qaytamiz.  Bu  erda 
gulqog‘ozlar,  bo‘yoqlar  va  devoriy  matolar  muqobil  texnologiyalardir.  Gap  bir  xil 
funksiyani  bajaruvchi,  ammo  bir-biridan  mutlaqo  farq  qiluvchi  tarmoqlar  to‘g‘risida 
bormoqda.  
“Bozor”  tushunchasiga  murojaat  qilish  strategik  tahlilning  yo‘nalishini 
aniqlash,  hamda  tadqiqot  ishlanmalarning  yo‘nalishlarini  tanlashda  ayniqsa 
muhimdir. 
“Tovar  bozori”  tushunchasi  eng  katta  marketing  yo‘nalishiga  egadir.  U 
strategik biznes-birlik tushunchasiga mos keladi hamda talab va  taklifning voqelikka  
juda    yaqin  darajada    javob    beradi.  Bozorning  bu  ta’rifidan    tezkor  ravishda  
firmaning    o‘z    strategik    hatti-harakatlaridagi    to‘rt    hal  qiluvchi    elementi    kelib  
chiqadi: 
- ehtiyojlarni qoniqtirish kerak bo‘lgan xaridorlar; 
- bu xaridorlar qidirayotgan foydalar to‘plami; 
- engib o‘tish kerak bo‘lgan raqobatchilar; 
- sotib olish va o‘zlashtirish kerak bo‘lgan resurslar. 
Asosiy  bozorning  shu  tarzda  tovar  bozorlariga  ajratilishi  bozorlarni  tanlash 
bo‘yicha qarorlar qabul qilish  va tegishli tashkiliy  tuzilma  uchun asos bo‘lib xizmat 


 
61 
 
 
qiladi.  Bu  tushuncha  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  qiyinchilik  ko‘pincha  tegishli  bozorning 
kattaliklarini  o‘lchash  muammosidan  iborat  bo‘ladi:  rasmiy  statistik  ma’lumotlar 
bozorlarga emas, tarmoqlarga asoslanadi. 

Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish