Strategik marketing


Tovarni  bozorga  chiqarishda



Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/308
Sana12.01.2022
Hajmi3,22 Mb.
#338563
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   308
Bog'liq
1547-Текст статьи-3979-1-10-20200627

Tovarni  bozorga  chiqarishda
  quyidagilarni  aniqlash  zarur:  tovarni  bozorga 
qachon,  qay  vaqtda  olib  chiqish  lozim?  tovarni  qaerda,  qaysi  bozorga  olib  chiqish 
mumkin?  tovar  qaysi  iste’molchilar  guruhiga  taklif  qilinishi  lozim?  tovarni  bozorga 
olib chiqish chora-tadbirlarini qanday qilib tashkil etish va tartibga solish kerak? 
Tovarni  bozorga  chiqarish  vaqti  tovarni  bozorga  raqobatchilarning  xuddi 
shunday  tovarni  bozorga  chiqarishlaridan  oldin,  ular  bilan  birga  yoki  ulardan  keyin 
chiqarish  zarurati  va  imkoniyatlari  bilan  kelishgan  holda  amalga  oshirilishi  zarur. 
Bunda,  ayniqsa,  iste’mol  tovarlari  uchun  tovarning  mavsumiyligi  hal    qiluvchi  omil 
vazifasini  bajaradi.  Istalgan  holda  ham  tavakkalchilik  darajasini  baholash,  tovarni 
bozorga chiqarishning har bir variantida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan ijobiy va salbiy 
oqibatlarni hisobga olish kerak. 
Yangi  tovarni  taklif  qilish  maqsadga  muvofiq  bo‘luvchi  bozor  turi  va  joyini 
aniqlash  uchun  mavjud  bozorlarni  ularning  jozibadorligi  nuqtai  nazaridan  tahlil 
qilish,  ya’ni  bozorning  salohiyati,  kompaniyaning  mo‘ljallanayotgan  bozordagi 


 
154 
 
 
imidji,  zarur  xarajatlar  miqdori,  har  bir  bozor  uchun  marketingni  belgilash, 
raqobatchilarning bozorga kirib borish darajasi va ularning mazkur bozorda egallagan 
ulushi hajmini aniqlash zarur. 
Tovarni  bozorga  chiqarish  asta-sekinlik  bilan  yoki  blits-kompaniya  shaklida 
amalga  oshirilishi  mumkin  bo‘lib,  ikkinchi  usul  kichik  kompaniyalar  uchun  ko‘proq 
ma’qul  keladi.  Kompaniya  rivojlangan  distribyuterlar  tarmog‘i  va  xalqaro  sotuv 
kanallariga  ega  bo‘lsa,  bu  unga  tovarni  milliy  va  xalqaro  bozorlarga  ularning  o‘ziga 
xos xususiyatlarini inobatga olgan holda bir vaqtda olib chiqish imkonini beradi. 
Maqsadli  bozorni  tanlash  yangi  tovarning  bo‘lajak  xaridorlari  tarkibini 
aniqlashga  xizmat  qiladi.  U  bo‘lajak  xaridorlar  tuzilishi  va  ixtisoslashishini  hisobga 
olgan  holda  amalga  oshirilib,  ular  yangi  tovarni  sinovdan  o‘tkazish  bosqichida 
baholanadi. 
Agar  ishlab  chiqarish-texnika  tovarlari  uchun  bo‘lajak  xaridorlar  guruhi 
qoidaga  ko‘ra  ma’lum  va  bu  tovarlarni  ishlab  chiqarish  bo‘yicha  shartnomalarni 
imzolashda  aniqlanadigan  bo‘lsa,  ommaviy  iste’mol  tovarlari  uchun  esa  maqsadli 
bozor  bazasini  firmaning  mavjud  xaridorlari  va  ularning  izdoshlari  tashkil  etishi 
mumkin.  Bu  xaridorlar  firmaning  yangi  tovarlarini  sotib  olishda  liderlik  qilishi  va 
tovarlarning boshqa xaridorlar nazarida ijobiy imidjini yaratishi mumkin. 
Bu  maqsadda
  tarmoqli  rejalashtirish  uslubi 
ko‘proq  ishlatiladi.  Bu  uslubning 
mohiyati yangi tovarni bozorga olib kirish bo‘yicha amalga oshirish mumkin bo‘lgan 
barcha  ishlar  tarmog‘ini  ularni  bajarish  uchun  sarflanuvchi  vaqt  va  boshqa  resurslar 
xarajatlarini  inobatga  olgan  holda  yaratish,  bozorga  kirib  borguncha  bosib 
o‘tiladigan,  amalga  oshirish  zarur  bo‘lgan  hatti-harakatlarni  va  barcha  ishlarni 
bajarish  muddatini  ko‘rsatuvchi  yo‘lni  izlab  topishdan  iborat.  Bu  yo‘lni,  uning 
realligi  va  davom  etish  muddatini  baholash  yangi  tovarni  bozorga  olib  kirishga 
to‘sqinlik  qiluvchi  barcha  sabablarni  yo‘qotish  uchun  chora-tadbirlarni  qabul  qilish 
va tovarni bozorga olib kirish vaqtini bashorat qilishga asos vazifasini bajaradi.  
Tarmoqli  rejalashtirish  uslubidan  foydalanish  yordamida  yangi  tovarning 
bozorga  chiqishda  muvaffaqiyatsizlikka  uchrashining  oldini  olish  mumkin,  chunki 
mahsuldorlik yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan quyidagi muvaffaqiyatsizliklar sababini 


 
155 
 
 
tahlil qilish imkoniyatini yaratadi: 

 
tovarni bozorga olib chiqish davri va vaqtini noto‘g‘ri tanlash;

Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish